11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
«Muammoli vaziyat» metodining kamchiliklari
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
«Muammoli vaziyat» metodining kamchiliklari: talabalarda yuqori motivatsiya talab etiladi; qo’yilgan muammo talabalarning bilim darajasiga mos kelishi kerak; ko’p vaqt talab etiladi. 5. «Aqliy xujum» metodi «Aqliy xujum» Amerika olimlari tomonidan ishlab chiqilishi ehtirof etilsa- da, bu metod mualliflari bizning ajdodlarimizdir. Xali Amerika kashf etilmagan bir davrda o’z aql mashhalasi bilan dunyoni yoritgan qomusiy olimlarimizni (Axmad al Farg’oniy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy va boshqalar) olasizmi, yoki yetti iqlimni zabt etgan shoxu sultonlarimizni olasizmi, ular o’z muammolarini yechishda ana shu metoddan keng foydalanishgan. Bobokolonlarimiz bu metodni boshqacha nomlashgan, yahni: «kengash», «mashvarat», «maslaxat» deb atashgan. Misol uchun, Sohibqiron Amir Temur saltanat oldida turgan muammolarni yechishda mashvarat chaqiribbarcha saroy axlining, vaziru-ulamolarning, farzandlarining fikrlarini diqqat bilan eshitgan va ular asosida yagona xukm chiqargan. Bu xolatlar ko’proq xarbiy yurish oldidan chaqirilgan mashvaratlarda namoyon bo’ladi. «Agar (g’anim ustiga) lashkar tortmoqchi bo’lsam, urush- yarashdan o’rtaga so’z tashlab, amirlarimning bu ikkovidan qay biriga moyilligini bilishga intilardim. Agar yarashdan so’z ochsalar, buning foydasini urush ziyoniga solishtirib ko’rardim, agar urushga moyil bo’lsalar, uning naf va foydasini yarash ziyoniga taqqoslab ko’rardim, qaysi biri foydaliroq bo’lsa, shuni ixtiyor qilardim». Bugun ana shular haqida o’yga tolib, «g’arb sharqdan o’rgangan»ligiga yana bir 289 karra ishonch xosil qilamiz.Aqliy xujum-g’oyalarni generatsiya (ishlab chiqish) qilish metodidir. «Aqliy xujum» metodi biror muammoni yechishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to’’lab, ular orqali ma’lum bir yechimga kelinadigan eng samarali metoddir. Aqliy xujum metodining yozma va og’zaki shakllari mavjud. Og’zaki shaklida pedagog tomonidan berilgan savolga -talabalarning har biri o’z fikrini og’zaki bildiradi. Talabalar o’z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar. Yozma shaklida esa berilgan savolga talabalar o’z javoblarini qog’oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko’rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki «‘inbord» doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. «Aqliy xujum» metodining yozma shaklida u javoblarni ma’lum belgilar bo’yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod turi va ijobiy qo’llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nestandart fikrlashga o’rgatadi. Aqliy xujum metodidan foydalanilganda talabalarning barchasini jalb etish imkoniyati bo’ladi, shu jumladan, talabalarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Talabalarda o’z fikrini faqat og’zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko’nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlarning baholanmasligi talabalarda turli g’oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod talabalarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. «Aqliy xujum» metodi pedagog tomonidan qo’yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi: 1. Talabalarning boshlangich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo’yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi. 2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog’lash maqsad qilib qo’yilganda-yangi mavzuga o’tish qismida amalga oshiriladi. 3. O’tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo’yilganda-mavzudan so’ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling