291
“Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan
muammoning murakkabligi
o’quvchilarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Bu metod qo’llanilganda
o’quvchilar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab
va oqibatlarini tahlil
qilishni, uning yechimini topishni o’rganadilar.
7. ESSE
O’quvchilar bilimini baholash uchun turli metodlardan foydalanish mumkin:
ESSE yozish, testlarni yechish, tarqatma materiallardan foydalanish, savolnomalar
va sh.k.
ESSE – bu o’quvchilar bilimini tekshirish uchun o’tilgan mavzuning bir
qismi bo’yicha mashg’ulotning yakuniy qismida qisqa bayon (insho)
yozishga
vazifa berishdir. Bunga 5-10 minut vaqt ajratiladi. ESSE yozish uchun ajratilgan
vaqt tugaganidan so’ng bayonlar yig’ib olinadi va baholanadi.
Quyida
“
Keramzit
”
mavzusini ESSE yozish tartibi ko’rsatilgan.
ESSE
Mavzu: Kerаmzit
Issiqlikni izolyatsiya qiluvchi devorbop pаnellаr, monolit devorlаr vаhаr xil
yuk ko’tаruvchi konstruktsiyalаr tаyyorlаshdа engil g’ovаk to’ldiruvchilаrni
ishlаtib, sаmаrаli engil betonlаr olish imkonini berаdi. Og’ir to’ldiruvchilаrni
engil to’ldiruvchilаrgа аlmаshtirish nаtijаsidа betonning xususiyatlаrini kerаkli
dаrаjаdа o’zgаrtirish, zichligini kаmаytirish, issiqlik o’tkаzuvchаnligi vа
boshqаlаrni yaxshilаsh mumkin. SHuningdek аyrim g’ovаk to’ldiruvchilаrni etаrli
mustаҳkаmligi аsosidа yuqori mustаҳkаmlikdаgi konstruktsion engil betonlаr
tаyyorlаnаdi.
Do'stlaringiz bilan baham: