11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/49
Sana21.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1371236
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
11 Мавзу



147 
11-MAVZU.TO‘LDIRUVCHILARNI ISHLAB CHIQARISH VA
QO‘LLASHNING IQTISODIY SAMARADORLIGI. 
Reja: 
1.Mablag‘lar iqtisodi 
2.Tabiiy qum, shag‘al, chaqiq tosh 
3.G‘ovakli to‘ldiruvchilar 
4.G‘ovakli to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda sanoat chiqindilardan
foydalanish 
5.To‘ldiruvchilarni fraksiyalash va boyitish 
 
Muhandis har qanday texnikaga oid masalalarni yechmasin, u yoki boshqa 
yechim iqtisodiy samaradorlik bilan belgilanadi. Shu sababli texnik hisob ishlari 
bilan birgalikda iqtisodiy taxlil bajariladi. 
Yechim taxlili , ishlab chiqarishdagi konkret sharoitni hisobga olishni va pul 
vositalarini tejash optimallik kriteriyasi bilan birgalikda mehnat unumdorligini 
oshirish hamda tashish hajmini qisqartirishni nazarda tutadi.
Mablag‘lar iqtisodi – to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarishda va beton uchun
qo‘llashda juda muhim talab hisoblanadi. 
To‘ldiruvchilar beton va temir-beton konstruksiyalarning 30….50 % narhini, 80-
85% hajmini tashkil qiladi. Kapital va umuman qurilishdagi asosiy masala, bu
to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashni takomillashtirish, sifatini yaxshilash 
hamda to‘ldiruvchilar ishlab chiqarish texnologiyasida ilmiy-texnik yutuqlarni 
qo‘llashdir. 
Beton qorishmaning eng qimmat qismi sement emas, balki to‘ldiruvchilar – oddiy 
tabiiy qum, shag‘al, chaqiq toshdir. 
Birinchidan, beton uchun to‘ldiruvchilar sementga nisbatan ko‘p sarflanadi. Oxirgi 
yillarda beton mustahkamligiga talablar oshmoqda, lekin 1m
3
betonga sement sarfi
o‘rtacha kamaymoqda, to‘ldiruvchilar sarfi esa oshmoqda. Buni, yig‘ma temir-beton 
ishlab chiqarish texnologiyasini takomillashishi natijasida buyumlarni bikir beton 
qorishmasidan qoliplash, sement faolligi oshishi va boshqa omillar bilan tushintirish 
mumkin. 
Ikkinchidan, to‘ldiruvchilar tannarxi xanuz yuqori bo‘dib qolmoqda. Sement 
tannarxini kamaytirishga sanoatda erishilgan bo‘lsada, to‘ldiruvchilar tannarxini 
kamaytirish uchun katta zahiralar ishlatilmagan. Bu muammoni xal qilish uchun,
birinchi navbatda to‘ldiruvchilar sifatida sanoat chiqindilari va ikkilamchi 
resurslardan keng foydalanishdir.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling