11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
Savol:
1. Beton to’ldirgichlarining yaroqliligini tekshirishda uning qanday asosiy xossalarini bilish zarur Keys N o 3 Qurilishda beton uchun yaroqli to‘ldiruvchilar zaxirasi sifatida sanoat chiqindilarini aytish mumkin, lekin bu maxsulotlardan xali to‘liq foydalanilgan emas. Tog‘ kon materiallarni qayta ishlash va ularni o‘zlashtirishda xamma vaqt “keraksiz deb hisoblanadigan” turli tosh jinslarni xam qayta ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu tabiiy konlarni ochishda ikkilamchi tosh jinslari hajmi yuqori bo‘ladi. Ko‘pincha foydali kon materiallarining umumiy hajmi 10....15% ni tashkil etsa, ikkilamchi tosh jinslarning xajmi 90% ni tashkil etadi. SHu sababli ikkilamchi materiallar qurilishda yaroqli bo‘lishga qaramay chiqindilar tashlanadigan joylarda ko‘miladi. Olib borilgan izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, temir-ruda konidan chiqadigan ikkilamchi kvartsitlar asosidagi chaqiq tosh bevosita granit chaqiq toshi o‘rnini bosadi. SHu bilan birga uning tannarxi uzoqdan keltiriladigan granit chaqiq toshiga nisbatan 2....3 barobar arzon bo‘ladi. Kvartsit chaqiq toshining mustahkamlik chegarasi 30-35MPa ga teng betonlarda qo‘llash mumkin. Demak, bu sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar texnik talablar va shartlarga javob bera oladimi degan savol tug‘iladi. Birinchidan, beton to‘ldiruvchilari uchun texnik talablar u olinadigan xom ashyoni qamrab oladi va shu bilan birga bu talablar sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilar uchun xam taaluqlidir. Davlat standartlari faqat maxsulotning texnik taraflarini emas, balki uning iqtisodiy jihatlarini xam qamrab oladi. Masalan, agar mavjud tabiiy xom ashyolarni qayta ishlashda olinadigan to‘ldiruvchilar uncha sifatli bo‘lmasa va ularni betonda qo‘llash qo‘shimcha mablag‘ni talab etsa, u xolda bunday tabiiy konni qayta ishlash maysadga muvofiq bo‘lmaydi. SHuning uchun sanoat chiqindilarini qurilishda qo‘llashda, ular 301 asosidagi to‘ldiruvchilardan samarali foydalanishga ruxsat beradigan yangi davlat standartlari yoki texnik shartlari tasdiqlanadi. Ko‘p hollarda tabiiy konlarni qayta ishlashda chiqadigan ikkilamchi materiallar beton uchun yaroqli to‘ldiruvchi emas, balki ular uchun xomashyo materiallar sifatida qo‘llaniladi. Masalan, Rossiyaning “Kursk magnit anomaliyasi” konidan chiqadigan ikkilamchi metamorfik gilli slanetslar keramzit olishda xomashyo sifatida ishlatiladi. Tabiiy konlarni o‘zlashtirishda dastlabki ochiladigan tog‘ jinslari hamma vaqt alohida qayta ishlanmay, bahzida asosiy materiallar bilan birgalikda olinadi. Asosiy materiallar bilan birga olinadigan bunday tog‘ jinslarini turli boyitish vositalarida ajratiladi. Natijada bo‘sh jinslar chaqiq tosh yoki qum-chaqiq tosh shaklida hosil bo‘ladi. Masalan, tog‘-kon boyitish kombinatlarining chiqindilari o‘zida temir- kvartsitlari asosidagi chaqiq tosh ko‘rinishida uchraydi. Uning tarkibida 70% gacha kremnezyom va 14-18% gacha temir uchraydi. SHu bilan bir qatorda mayda qum (yiriklik moduli 1,64gacha) ko‘rinishida olinadi. Izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday sanoat chiqindilari asosidagi to‘ldiruvchilardan yuqori mustahkamligi va chidamli betonlar olib bo‘lmaydi. Yurtimizdagi toshko‘mir konlaridan ko‘mir olish va boyitishda chiqindi omborlaridagi chiqindi terrikonlar yig‘ilib qolgan. Ular o‘zida bo‘sh jinslarni va ko‘mirni mujassamlashtiradi. Terrikonlarda ko‘mirning yonishidan yongan jinslar xosil bo‘ladi. Izlanishlar natijasi shuni ko‘rsatadiki, bunday yongan jinslar asosidagi g‘ovak chaqiq tosh va qumlarning uyilma zichligi 800-1000 kg/m 3 ni tashkil etadi. Ulardan maxalliy arzon to‘ldiruvchi sifatida mustaxkamlik chegarasi 10-20MPa ga teng yengil betonlar olish mumkin va bunda tsement sarfini keskin kamaytirish imkonini beradi. Ko‘mirni boyitish chiqindilari asosidagi xomashyo materiallar sun’iy g‘ovak to‘ldiruvchi agloporit shag‘ali olishda ishlatiladi. Agloporitni gilli jinslardan olish mumkin, lekin yoqilg‘i sarfi (toshko‘mir) keskin ortadi. SHu sababli ko‘mir boyitish chiqindilarini qo‘llashda yoqilg‘i iqtisod qilinadi. Natijada chiqindi tarkibidagi ko‘mir miqdori aglomeratsiya jarayoni uchun yetarli hisoblanadi. Metallurgiya sanoatida chiqindi omborlariga xar yili katta miqdorda domna Shlаklari tashlanadi. Yahni po‘lat etishda asosiy maxsulotdan tashqari 0,5-1 t Shlаk chiqadi. Bunda massa bo‘yicha emas balki hajm bo‘yicha 2-3 barobar ko‘p miqdorda Shlаk chiqadi. SHu sababli Shlаklarni shartli ravishda chiqindi deyiladi. Aslida bu qimmatli ikkilamchi mahsulot hisoblanadi. 302 Metallurgiya Shlаklaridan noto‘g‘ri foydalanishda asosiy olinadigan maxsulot narxiga xam tasir etadi, yahni Shlаklarni olib kelish, chiqindi omborlariga ko‘mish ortiqcha harajatga olib keladi. Metallurgiya Shlаklarining kimyoviy tarkibi turlichadir. Domna Shlаklari asosan quyidagi oksidlardan iborat bo‘ladi: SaO - 3O-50%; SiO 2 - 30-40%; Al 2 O 3 - 10-30%; temir, magnit va marganets birikmalari. Sanoat chiqindilaridan qurilishda foydalanish yo‘llari: 1. Domna Shlаki tsement sanoatida ishlatiladi. Uning bir qismi Shlаkli tola va quyma buyumlar olishda ishlatiladi. 2. Asosan Shlаkning ko‘p miqdori to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Eski chiqindi omborlaridan olinadigan Shlаklarni maydalash va saralash natijasida beton uchun yaroqli shag‘al ishlab chiqariladi. CHiqindi omborlaridagi Shlаklarning tarkibi va fizik, mexanik xususiyatlari bo‘yicha bir jinsli emas. Ularning sovish darajasiga qarab kristallanishi turlicha kechadi. Mustahkamligi va g‘ovakligi xam turlicha bo‘ladi. SHu sababli tanlagan holda eski chiqindi omborlarini ochish va olingan shag‘alni boyitish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Hozirda xalq xo‘jaligi sohasida birinchi navbatda o‘zlashtirilgan tabiiy xom ashyoni qurilishda qo‘llash asosiy vazifa xisoblanadi. Bu tabiatni muhofaza qilishda xam samarali hisoblanadi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling