295
“Keys-stadi” yordamida o’qitishda muammolar aniqlanadi,
yechimlar to’iladi, tavsiyalar ishlab chiqiladi.
Sifatli keys-stadilar,
ularni tayyorlash, rasmiylashtirish va tekshirish
uchun ko’p vaqt talab etadi. SHu bilan birga to’g’ri tuzilgan va o’quv
faniga
kiritilgan keys-stadi, fanni o’zlashtirishda ko’zlangan
natijalarga erishishga
imkoniyat beradi.
Ishchan keys-stadilar tuzishning quyidagi ketma-ketligiga rioya qilinish
tavsiya etiladi:
Keysni o’rganish maqsad va
vazifalarini ishlab chiqish
Keysning maqsad va vazifalariga muvofiq materiallar tanlash
Materiallarni birlamchi qayta ishlash va tahlil etishdan iborat.
Keys turini aniqlash
Keys maqsadi va vazifasiga
muvofiq materialni moslash
Keys matni va unga qo’yiladigan savollarini texnik tuzish.
Keys a’robatsiyasi (sinab ko’rish).
Muayyan vaziyat usuli a’robatsiyasi doirasida tahsil oluvchining keys
bilan ishi quyidagilardan iborat:
keys-stadini individual
tahlil qilish;
keys-stadini kichik guruhda tahlil qilish;
keys-stadini auditoriyada pedagog bilan muhokama qilish.
A’robatsiyada keys-stadi bilan tanishishni bir necha bosqichda o’tkazish
maqsadga muvofiqdir.
Birinchi marta butun keys-stadini juda tez o’qib chiqish kerak. Bunda o’qish
tezligi, uni qayta aytib berish imkoniyati bilan aniqlanishi zarur.
Keysning ikkinchi o’quvi, ancha diqqat va ehtiborli bo’lishi lozim, uning
tezligi esa o’qilganga nisbatan anglashni amalga oshirish orqali belgilanadi. Katta
keys-stadi uchun bu ikki soatdan to’rt soatgacha davom etishi mumkin. Keys-
stadining tahlili, aynan shu bosqichda baholanadi.
Keys-stadini uchinchi o’qishi yakuniy hisoblanadi. Buni mashg’ulotdan
oldingi kunning kechasi bajarish yaxshidur. Keys-stadini
avval boshlanishini
o’qish, so’ng oxiridan boshlab hammasini oldinga “qaytarib” dalil va voqealarni
kichik guruhda muhokama qilgandan keyin, qayta tekshirish va aniqlash foydadan
xoli bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: