11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja
Savol: Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ jinslari qanday sinflarga bo‘linadi?
Download 1.33 Mb. Pdf ko'rish
|
11 Мавзу
Savol: Kelib chiqishi bo‘yicha tog‘ jinslari qanday sinflarga bo‘linadi?
Keys N o 6 Turli g‘ovak tog‘ jinslaridan yengil betonlar uchun yaroqli to‘ldiruvchilar ishlab chiqariladi. Bu to‘ldiruvchilar xam kerakli mustahkamlikka ega bo‘lib, zich tog‘ jinslariga nisbatan mustahkamligi past bo‘lishiga qaramay beton olish uchun keng qo‘llaniladi. G‘ovak to‘ldiruvchilar donasi yirikligi bo‘yicha qum (5mm gacha) va shag‘alga bo‘linadi. SHag‘al esa quyidagi fraktsiyalarga bo‘linadi: 5...10mm, 10...20mm va 20...40 mm. SHag‘al quyidagi yiriklik bo‘yicha xam ruxsat etiladi: 5...20mm yoki 5...40mm. G‘ovak to‘ldiruvchilarning markalari uyilma zichligi bo‘yicha o‘rnatiladi. Agar uning uyilma zichligi 400 - 500kg/m 3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 500 markaga mos keladi, uyilma zichligi 600 kg/m 3 bo‘lsa, bu to‘ldiruvchi 600 markaga mos keladi va boshqa. QMQ bo‘yicha: 1. G‘ovak shag‘alning markasi 300,350,400 va hokazo 1200gacha 100kg/m 3 oraliqda o‘rnatiladi. 2. G‘ovak qumning markasi 500...1400 kg/m 3 ni tashkil etadi. Bundan tashqari, yirik g‘ovak to‘ldiruvchilarning markasi uning mustahkamligi bo‘yicha ham o‘rnatiladi, yahni tsilindrda maydalanishdagi mustahkamligi bo‘yicha aniqlanadi. G‘ovak to‘ldiruvchining mustahkamligini betonda sinash yaxshi samara beradi. Standart bo‘yicha g‘ovak to‘ldiruvchilarni turli markalari bo‘yicha yengil betonlarda qo‘llash tavsiya etilgan. SHu sababli to‘ldiruvchilarning asosiy xususiyatlari va ularni betonlarda qo‘llash bir-biri bilan bog‘liqdir. Aytish mumkinki, g‘ovak to‘ldiruvchilarning fraktsiyalari qancha kichik bo‘lsa, uning donalari zichligi va uyilma zichligi shuncha yuqori bo‘ladi. Bu to‘ldiruvchilarning g‘ovakligi maydalashda kamayadi, yahni materialning yirik g‘ovakligi buzilishida yuzaga kelishi bilan tushuntiriladi. G‘ovak tog‘ jinslarini maydalashda donalari zichligi ortishidan, uning mustaxkamligi xam ortadi. To‘ldiruvchi donalari mustahkamligi, u olinadigan tog‘ jinsi mustahkamligidan yetarlicha yuqori bo‘ladi. SHag‘alning yumshash koeffitsienti g‘ovak tog‘ jinslaridan olinsa, u holda konstruktsion-teploizolyatsion betonlar uchun 0,6 dan kam bo‘lmasligi, konstruktsion betonlar uchun esa 0,7dan kam bo‘lmasligi kerak. Tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar kelib chiqishi bo‘yicha vulqon va cho‘kindi turlarga bo‘linadi. 308 1. Vulqon ko‘rinishidagi tabiiy g‘ovak to‘ldiruvchilar otqindi maydalangan jinslardan tashkil topadi. G‘ovak tog‘ jinslari pemzalar, Shlаklar,tuflar, g‘ovak bazalg’t, andezit g‘ovak to‘ldiruvchilar ishlab chiqarishda ishlatiladi. Pemza - bu g‘ovak shisha bo‘lib, vulqon otilishidan, yahni magmaning ko‘pchishidan va qotishidan yuzaga keladi. Magmaning yer ostidan chiqishida bosimning juda tez pasayishi kuzatiladi. Natijada qotishmadagi mavjud gazlar pufakchalar xolatida ajralib chiqadi. Bir vaqtning o‘zida magmaning sovishida qovishqoqligi ortadi, och malladan kulrang ranggacha bo‘lgan tolasimon g‘ovak jinsga aylanadi. Pemzaning yirik konlari Armanistonda uchraydi. Tabiatda pemza qum, shag‘al yoki nisbatan yirik singan jinslar sifatidi uchraydi. Pemza asosidagi to‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish karg’erlarni qayta ishlash, maydalash va materiallarni navlarga ajratishdan iborat. Kimyoviy tarkibiga ko‘ra pemza nordon jinslarga mansub bo‘lib, shishadan tashkil topadi va tarkibida kristall minerallari 1% dan kam miqdorda uchraydi. Pemzada g‘ovaklar o‘lchami 3mm gacha bo‘lib, g‘ovaklar shakli aylanadan yoki cho‘zinchoq ko‘rinishdan iborat bo‘ladi. Donalar g‘ovakligi 85% ga yetadi. Pemza qumining uyilma zichligi 600-1100kg/m 3 ni , pemza shag‘ali esa 400- 900kg/m 3 ni , donalari zichligi 0,5-1,9 g/sm 3 ni tashkil qiladi. Pemza shag‘alining siqilishdagi mustahkamlik chegarasi 2,5–40MPa ni tashkil etadi. Pemza yacheykali strukturaga ega bo‘lib, mustahkamligining zichligiga bog‘liqligidan kelib chiqib, kvadrat parabola formulasi bilan baholanadi: Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling