11-mavzu. To‘ldiruvchilarni ishlab chiqarish va qo‘llashning iqtisodiy samaradorligi. Reja


 Sinkveyn (axborotni yig’ish) tuzish metodikasi


Download 1.33 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/49
Sana21.04.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1371236
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49
Bog'liq
11 Мавзу

 8. Sinkveyn (axborotni yig’ish) tuzish metodikasi
Sinkveyn mashg’ulotning indentifikatsiyalanuvchi o’quv maqsadlarini va 
o’rganilayotgan materialni yaxshiroq anglash uchun qo’llaniladigan metodikadir. 
“Sinkveyn” tushunchasi frantsuzchadan tarjima qilinganda “besh” ma`nosini 
anglatadi. 
Sinkveyn besh qatordan iborat o’ziga xos, qofiyasiz she`r bulib, unda 
o’rganilayotgan tushuncha, hodisa, voqea, mavzu to’g’risidagi axborot yig’ilgan 
holda o’quvchi so’zi bilan turli variantlarda va turli nuqtai nazar orqali ifodalanadi. 
Sinkveyn tuzish – murakkab g’oya, sezgi va hissiyotlarni bir nechagina so’zlar 
bilan ifodalash uchun muhim bo’lgan malakadir. Sinkveyn tuzish jarayoni mavzuni 
yaxshiroq anglashga yordam beradi. 
Sinkveyn tuzish qoidasi: 


292 
1. Birinchi qatorda mavzu (topshiriq) bir so’z bilan ifodalanadi (odatda “ot ” 
bilan). 
2. Ikkinchi qatorda mavzu ikkita sifat bilan ifodalanadi. 
3. Uchinchi qatorda mavzu doirasidagi hatti-harakatni uchta so’z bilan 
ifodalanadi. 
4. To’rtinchi qatorda mavzuga nisbatan munosabatni anglatuvchi va to’rtta 
so’zdan iborat bo’lgan fikr (sezgi) yoziladi. 
5. Ohirgi qatorga mavzu mohiyatini takrorlaydigan, ma`nosi unga yaqin 
bo’lgan bitta so’z yoziladi. 
Qo’yida “Bitumli va qatronli bog’lovchilar” mavzusiga oid Sinkveyn 
tuzishga misollar keltirildi: 
8. Klaster- “axborotni yoyish” metodikasi
“Klaster” so’zi g’uncha, bog’lam ma`nosini anglatadi. Klasterlarga ajratish 
pedagogik strategiya bo’lib, u o’quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlashni, mavzudagi 
tushunchalar o’rtasida aloqa o’rnatish malakasini shakllantiradi. Klasterga 
ajratishni da`vat, anglash va mulohaza qilish bosqichlardagi fikrlashni 
rag’batlantirish uchun qo’llash mumkin. U, asosan yangi fikrlarni o’yg’otish, 
mavjud bilimlarga yetib borish strategiyasi bo’lib, muayyan mavzu bo’yicha 
yangicha fikr yuritishga chorlaydi. 
Klasterlar tuzish ketma-ketligi: 
1. Mavzu nomi yoki muhim “kalit” so’zi varaqning o’rtasiga yoziladi. 
2. Mavzu bo’yicha esga kelgan o’zaro mantiqiy bog’liq barcha fikr va 
g’oyalar bir so’z bilan yozilib, ketma-ket joylashtiriladi. Bunda so’zlarning
imloviy va boshqa xatoliklariga e`tibor berilmaydi. 
3. Vaqt tugagunga qadar esga kelgan g’oyalarni yozish davom ettiriladi. 
Agar g’oyalar esga kelmasa, yangi g’oyalar paydo bo’lgunga qadar biror narsani 
qog’ozga chizib turish kerak. 
G’oyalar o’rtasida mumkin qadar ko’p bog’lanishlar quriladi. G’oyalar soni, oqimi 
va ular o’rtasidagi bog’lanishlar cheklanmaydi. 
4. Anglash (o’zlashtirish) bosqichida olingan axborotdan foydalanib, 
o’quvchilar yechimning mumkin bo’lgan barcha variantlarini ishlab chiqishlari 
lozim. yechim variantlari qancha ko’p bo’lsa, shuncha yaxshi. 


293 
5. Klaster tuzish jarayoniga yakun yasaladi va unda faol ishtirok etgan 
talabalar rag’batlantiriladi. 
Quyida misol tariqasida “Керамзит” mavzusini tahlil qilishda klasterga 
bo’lish keltirildi. 

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling