11-sinf 1-bilet atom tuzilishi. Atom tarkibidagi elektronlarning pogʻona va pogʻonachalarga joylashishi


Download 1.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/44
Sana29.10.2023
Hajmi1.86 Mb.
#1733312
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44
Bog'liq
kimyo 11-sinf bilet javoblari. imtihon javoblari (2)

1-savol javobi: 
Oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini eritma muhitiga bog‘liqligi Pushti-siyohrangli kaliy permanganatni suvli 
eritmasini oksidlovchilik xossasiga eritmani muhitining ta’sirini o‘rganish uchun uchta probirka olib, ularni 
hammasiga bir xil miqdorda oksidlovchilik xossasiga ega bo‘lgan kaliy permanganat eritmasi va qayratuvchilik 
xossasiga ega bo‘lgan natriy nitrit eritmasini solamiz. Birinchi probirkaga 1-2 tomchi sulfat kislota eritmasidan, 
ikkinchisiga 1-2 tomchi distillangan suv va uchinchi probirkaga 1-2 tomchi kaliy gidroksid eritmasidan qo‘shamiz. 
Birinchi probirkada eritma rangsiz holatga keladi. Ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ladi. 
Uchinchi probirkada yashil rangli eritma hosil bo‘ladi. Demak, bundan ko‘rishimiz mumkinki, eritma muhitiga 
qarab oksidlanish qaytarilish reaksiyalarida har xil moddalar hosil bo‘lishi mumkin ekan va bu moddalar eritmaga 
turli rang beradi. Endi har bir probirkada nima jarayon yuz berganini ko‘rib chiqaylik. Dastlab uchta probirkada ham 
kaliy permanganat eritmasi bor edi. Permanganat ioni (MnO4–) eritmaga pushti-siyohrang beradi. Shuning uchun 
uchta probirka ham pushti-siyohrangda edi. Har bir probirkada qanday jarayon yuz berganini bilish uchun reaksiya 
tenglamalarini yozib olamiz.Birinchi probirkada: 
Reaksiyani yarim reaksiya usuli bo‘yicha tenglashtiramiz. 
Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushtisiyohrang berib turgan permanganat ioni (MnO
4
-) reaksiya tugagandan keyin Mn
2+
ioniga aylandi. Mn
2+
ioni rangsiz bo‘lgani uchun, reaksiya amalga oshganda 
birinchi probirkada rangsiz eritma hosil bo‘ladi. Bu jarayon permanganat (MnO
4
-) ionini Mn
2+
ioniga o‘tishi bilan 
bog‘liq bo‘lib, bunga eritma muhiti ta’sir ko‘rsatadi. Demak, kislotali muhitda permanganat ioni (MnO
4


Mn
2+
ioniga aylanadi. 
Ikkinchi probirkada:
Kaliy permanganat va natriy nitrit eritmalari orasidagi reaksiya neytral muhitda olib borilganda permanganat ioni 
(MnO
4
-
) 3 ta elektron qabul qilib olib, marganes (IV) oksid (MnO
2
) holigacha qaytariladi. Qaytaruvchi nitrit
ioni esa, avvalgi reaksiya kabi nitrat ionigacha oksidlanadi. 
Reaksiyadan ko‘rishimiz mumkinki, probirkadagi eritmaga pushti-siyohrang berib turgan permanganat ioni (MnO
4
-) reaksiya tugagandan keyin marganes (IV) oksid (MnO
2
)ga aylandi. Marganes (IV) oksid qoramtir-qo‘ng‘ir rangli
cho‘kma bo‘lgani uchun ikkinchi probirkada qoramtir-qo‘ng‘ir cho‘kma hosil bo‘ldi. Bu jarayonga eritma muhiti 
ta’sir ko‘rsatadi. Demak, neytral muhitda permanganat (MnO
4

) ioni marganes (IV) oksid (MnO
2
)ga aylanadi. 
Permanganat (MnO
4

) ionini oksidlovchilik xossasi eritmani muhitiga bog‘liq bo‘lib, kislotalik muhitda 
oksidlovchilik xossasi kuchliroq namoyon bo‘ladi va 5 ta elektron olib, +2 ionigacha qaytariladi. Neytral
muhitda o‘rtacha oksidlovchilik xossasi namoyon bo‘ladi va 3 ta elektron olib, MnO

gacha qaytariladi. Ishqoriy 
muhitda esa oksidlovchilik xossasi kuchsizroq namoyon bo‘ladi va 1 ta elektron olib, MnO
4
2–
ionigacha qaytariladi. 


2-savolga javob. 22.4 % (£=1g/mol) li eritmaning molyar konsentratsiyasi 4 M boʻlsa, moddaning molekulyar 
massasini aniqlang. 
C
M
=
𝜔∗ρ∗10
𝑀
; Mr=
ρ∗𝜔∗10
𝐶 𝑚
=
22,4∗1∗10
4
=56 g/mol 

Download 1.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling