11-sinf Ma’naviyat asoslari aa


Download 1.06 Mb.
bet12/34
Sana12.12.2020
Hajmi1.06 Mb.
#165436
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari


I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.



1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.



1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.



II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.



III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. «Ma’naviy meros» tushunchasiga ta’rif bering. Siz uni qanday tushunasiz?

2. Ma’naviy merosni mustahkamlash va rivojlantirish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?

3. Ma’naviy boyliklar bilan ma’naviy merosni farqli jihatlari nimada? Quyidagi rasmlarga qarab, o‘z fikringizni izohlang.



Ma’naviy meros — ma’naviy tarraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xususiyatiga ega bo‘lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining o‘sishi, ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan azaliy qad riyatlar majmuini ifodalaydigan tushuncha.

Ma’naviy meros ajdodlar tajribasi, ular qoldirgan ma’naviy boyliklarining kelgusi avlodlarning amaliy faoliyati, tafakkur tarzida qanday ahamiyat kasb etishiga ko‘ra, yakka shaxs, alohida guruh yoki muayyan millat vakillariga tegishli bo‘lishi mumkin.

Merosning ma’lum milliy tilda yaratilgani, milliy madaniy- ma’naviy an’analar, qarashlarni aks ettirgandan ko‘ra, muayyan millatga, ma’lum bir hududda istiqomat qiluvchi turli millatlarni qamrab olishi xususiyatiga ko‘ra — jamiyatga, insoniyat tarixida tutgan yuksak o‘rniga ko‘ra — sivilizatsiyaga

tegishli bo‘lishi ham mumkin.

Ma’naviy meros millat, davlat, mintaqaga tegishli bo‘lishi ham mumkin. Masalan, Imom Buxoriy va Imom Termiziyning diniy-ma’rifi y merosi, Abu Ali ibn Sinoning tibbiyotga oid yoki Mirzo Ulug‘bekning astronomiyaga doir kashfi yotlari nafaqat millatimiz va mintaqamizda istiqomat qilayotgan xalqlar, balki jahon sivilizatsiyasi, madaniyatidan o‘rin olgan bebaho ma’naviy meros hisoblanadi.

Moddiy meros insonning ongiga ta’siri nuqtai nazaridan ayni vaqtda ma’naviy merosga aylanishi ham

mumkin. Masalan, bizga qadar yetib kelgan uzoq o‘tmish da yaratilgan tarixiy obidalar moddiy merosga

mansub bo‘lsa-da, ulardagi muhandislik, bezak ishlari, qurilish uslublari va unga oid ashyolarning tayyorlanishi, bunyodkorlari va boshqa jihatlariga ko‘ra ma’naviy merosga aylanadi. Xuddi shuningdek, moddiy ne’matlar ishlab chiqarish texnologiyalari va uskunalari moddiy merosga mansub bo‘lsa-da, bu boradagi an’analarning ajdodlardan avlodlarga o‘tishi ma’naviy meros tarzida amalga oshadi.



IJODIY FAOLIYAT

1. Quyidagi matnni o‘qing.

2. Matnda ma’naviy merosning qanday qudrati aks ettirilgan?

... ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha 242 tasi (ayrim ma’lumotlarga ko‘ra 160 tasi) yetib kelgan. Olimning bizgacha ma’lum bo‘lgan katta asari «Kitob ash-shifo» 4 qismdan iborat bo‘lib, undan mantiq, fi zika, matematika, metafi zika kabi masalalar o‘rin olgan. Bu asar

bizgacha yetib kelmagan, uning Isfahondagi yong‘inda yo‘qolgani ma’lum. «Donishnoma » nomli asari esa fors tilida yozilgan...

Olimning tibbiyotga oid «Kitob al-qonun fi t-tibb» («Tib qonunlari») qomusiy asarini yaxshi bilamiz. Bu asar 5 ta mustaqil katta asardan tashkil topgan. Birinchi- uchinchi kitoblarda tibbiyotning nazariy asoslari, 800 ga yaqin dorining xususiyatlari, ayrim tana a’zolarining kasalliklari va ularni davolash usullari bayon etiladi...

Sh. Mansurov, «Ming bir xazina»

BILIB OLING

Hunarda xalqning boy tarixi, barhayot hikmati va albatta orzu-umidlari yashiringan bo‘ladi. Shu bois, har kasbning jonkuyari va ustasi o‘zining mashaqqatli mehnati, tinimsiz izlanishlari samarasi hisoblangan yangi ixtirolari, noyob ijod namunalarining sir-u asrori — favquloddagi ahamiyatini boshqalarga anglatib boradi.

Shu jihatdan, insoniyatning yozma manbalarda aks etmagan ko‘plab hayotiy bilim va tajribalari ma’naviy meros tarzida ajdodlardan avlodlarga o‘tib keladi. Kishilar ongi, ichki dunyosi, tafakkur tarzi, his-tuyg‘ulariga ta’sir etib, ularni boyitish, rivojlantirish, yangi g‘oyaviy yo‘nalishlarga boshqarish ma’naviy merosning asl mohiyatini ifodalaydi.

Ezgu odatimizga aylanib ketgan mehr-oqibat tushunchasini olaylik. Uning juda teran tarixiy, milliy, diniy ildizlari borligini ko‘rishimiz mumkin. Bu, avvalo, insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, eng muhimi, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashini, yetim-yesir, beva-bechora va nogironlarga, musofi rlarga saxovat ko‘rsa tish, sidqidildan, beg‘araz yordam berishni anglatadi va bunday xususiyat xalqimizning ma’naviy olamiga singib ketganini hech kim inkor eta olmaydi.

Moddiy va ma’naviy boyliklarni asrab-avaylash — ezgu fazilat. Mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq ajdodlarimiz tomonidan ko‘p asrlar mobaynida yaratib kelingan g‘oyat ulkan, bebaho ma’naviy va madaniy merosni tiklash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgani muhim ahamiyat kasb etdi.

O‘zbekistonni yangilash va rivojlantirish yo‘li ma’naviy meros nuqtai nazaridan qaraganda to‘rtta asosiy negizga asoslanadi. Ular:

 umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;

 xalqimiz ma’naviy merosini qayta tiklash, mustahkamlash va rivojlantirish;

 insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;

 yuksak vatanparvarlik.

Bu qadimiy va tabarruk tuproqdan buyuk allomalar, fozil-u fuzalolar, olim-u ulamolar, siyosatchilar, sohibqiron-u sarkardalar yetishib chiqqan. Diniy va dunyoviy ilmlarning asoslari mana shu zaminda yaratilgan, sayqal topgan. Milodgacha va undan keyin qurilgan murakkab suv inshootlari, shu kungacha

ko‘rk-u fayzini, mahobatini yo‘qotmagan osori atiqalarimiz qadim-qadimdan yurtimizdagi dehqonchilik, hunarmandchilik madaniyati, me’morchilik va shaharsozlik san’ati yuksak bo‘lganidan dalolat beradi.

Tarixda turli beshafqat sinovlardan omon qolgan, eng qadimiy toshyozuvlar, bitiklardan tortib, bugun kutubxonalarimiz xazinasida saqlanayotgan qo‘lyozmalar, ularda mujassamlashgan tarix, adabiyot, san’at, siyosat, axloq, falsafa, tibbiyot, matematika, fizika, kimyo, astronomiya, me’morchilikka oid o‘n minglab asarlar bizning beqiyos ma’naviy boyligimiz, iftixorimizdir.

Vatanimizning ma’naviy meroslari bor ekan, jamiyat ko‘rkamlashadi, insonlarning ma’naviy olami boyiydi hamda farzandlar barkamol shaxs bo‘lib yetishadilar.



Dars sabog‘i. Har bir mamlakat, millat nafaqat bugungi, balki ertangi kunini milliy-ma’naviy merosisiz tasavvur qila olmaydi. Moddiy-ma’naviy boyliklar inson va jamiyat farovonligi, barqarorligi kafolati hisoblanadi. Siz bilan biz bulardan unumli foydalanishimiz va ularni ko‘paytirishimiz lozim.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH UCHUN SAVOLLAR

1. O‘zbekistonning boshqa mamlatkatlardan farqli jihatini ko‘rsatuvchi qanday ma’naviy meroslari bor?

2. Insonning inson bilan, qo‘shnining qo‘shni bilan, qarindoshning qarindosh, oilaning oila bilan, shaxsning jamiyat bilan uyg‘un bo‘lib yashashi nimaning beligisi hisoblanadi?

MULOHAZA UCHUN

Quyidagi matnni o‘qib, ma’naviy va moddiy meros uyg‘un shakllanishi xususida fikr yuriting:



«Mirzo Ulug‘bek nomi fanga fi dokorona xizmat qilish ramzidir. XVII asr o‘rtalarida buyuk polyak astronomi Yan Geveliy Ulug‘bekning katalogini o‘zining «Astronomiya asoslari» asariga kiritgan. U o‘z kitobida ikkita o‘yma naqshli surat keltirgan, ularda Ulug‘bek turli davrlarda yashagan jahonning buyuk astronomlari davrasida tasvirlangan. Bu o‘yma naqshlar astronomiya darsliklari va fan tarixiga oid risolalarga kiritilgan. Ular dunyoga Mirzo Ulug‘bek olimni yetishtirgan astronomiya maktabining shuhratini olamga taratuvchi bebaho yodgorlik bo‘lib qoldi. Ulug‘bek nomi Oydagi krater nomida abadiylashtirildi (XVII). 1977-yilga Quyosh tizimida kashf etilgan va Garvard markazida 2439-raqam

bilan ro‘yxatga olingan kichik sayyoralardan biri uning nomi bilan ataladi».

«O‘rta asrlar sharqining mashhur olim va mutafakkirlari»
CHISTON-TOPISHMOQ

Bozorda sotilmas, oltinga topilmas. Ular nimalar?



Baholash:

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.






Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling