11-sinf Ma’naviyat asoslari aa


Download 1.06 Mb.
bet10/34
Sana12.12.2020
Hajmi1.06 Mb.
#165436
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
11-sinf Ma'naviyat asoslari


I. Tashkiliy qism.

O’quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish.



1.1. O’qituvchi o’quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o’tadi hamda o’quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal qilish kerakligi ta’kidlanadi.



1.2. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e’lon qilish:

1.3. Kunning muhim voqealari aytib o’tiladi:

O’qituvchi tomonidan bugungi kunda tavallud topgan mashhur shaxslar, yurtimiz va jahon maydonida sodir bo’lgan muhim ijtimoiy-siyosiy ma’lumotlar, bayramlar haqida qisqacha ma’lumot berib o’tiladi.



II. O’tilgan mavzuni takrorlash:

Guruhlarda ishlash”

O’quvchilar 2 guruhga bo’linadi. Har bir guruh uyga berilgan mavzuga oid atamalardan o’z guruhlariga nom qo’yib olishadi hamda guruhga qo’yilgan nomga qisqacha ta’rif berishadi.



III. Yangi dars mavzusi mazmunini tushuntirish:

FAOLLASHTIRUVCHI SAVOL VA TOPSHIRIQLAR:

1. Milliy an’analar deganda nimani tushunasiz?

2. Milliy an’analarning insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi ma’naviy yuksalishga qanday ta’sir etadi?

3. Rasmlarga qarab milliy an’analar bilan moddiy va ma’naviy manbalarning qanday bog‘liqligi borligini ayting.



Milliy an’analar millat hayotining turli sohalarida namoyon bo‘ladigan belgilar, xususiyatlar, qadriyatlar,

faoliyat turlari, odatlar va xislatlarning avloddan avlodga o‘tishi hamda meros bo‘lib qolishini

ifodalovchi tushunchadir.

Milliy an’analar inson ma’naviyatini shakllantirishda o‘zlikni anglash omili hisoblanadi.

Milliy an’analar umuminsoniy an’analarning bir millat miqyosida namoyon bo‘lishidir. Ular orqali har bir millatning muayyan davrdagi o‘ziga xos xususiyati, madaniyati, fani, adabiyoti va boshqa sohalardagi erishilgan natijalar va yutuqlari keyingi davrlarda yashayotgan avlodlarga yetkaziladi.

Xalqimiz, buyuk ajdodlarimizning ezgulik yo‘lidagi ishonch-irodasini olis o‘tmishdan bugunga qadar zavolsiz yashab kelayotgan ko‘plab an’ana va qadriyatlarimiz, madaniy merosimiz namunalarida ko‘rinadi. «Ezgu fikr, ezgu so‘z, ezgu amal» g‘oyasi dunyoda ezgulik tantanasiga bo‘lgan ishonchni ifodalagan «Avesto» kitobi bo‘ladimi yoki insonlarni saodatga, ezgulikka eltadigan yo‘l ma’nosini anglatuvchi «Qutadg‘u bilig» asari bo‘ladimi, bular ajdodlarimiz pok intilish-u sof niyatlarining yorqin ifodasi sifatida asrlar osha yashab kelmoqda. Xuddi shuningdek, necha asrlar oldin barpo etilgan va

istiqlol sabab qayta ta’mirlangan yuzlab madaniy obidalarni ziyorat qilarkanmiz, beixtiyor har birimiz o‘zimizda ajdodlar ruhiga nisbatan yuksak hurmat, bo‘lajak avlodlar oldida buyuk mas’uliyat tuyg‘ularini his etamiz. Mana shuning axir inson ma’naviy tafakkurining yuksalishiga ulkan ta’sir emasmi?!

Millatning har bir avlodi milliy an’analarni o‘tmishdan kelajakka yetkazib beruvchi insonlar ruhida tarbiyalanishi lozim.

Mamlakatimiz istiqlolga erishganidan so‘ng milliy an’analarga e’tibor kuchaydi. Bugun avloddan avlodga bebaho meros sifatida o‘tib kelayotgan milliy an’analar, Navro‘z, Mustaqillik, O‘qituvchilar va murabbiylar, Xotira va qadrlash kunlari kabi bayram va marosimlarimizdan jamiyat hayotiga zamonaviy ma’no-mazmun baxsh etish yo‘lida oqilona foydalanish lozim bo‘ladi. Milliy an’analarimizni o‘rganish, targ‘ib etish bilan bir qatorda, to‘y-ma’rakalarni, ularning tarkibiy qismi bo‘lgan odat va udumlarni ixchamlashtirish, bu borada isrofgarchilik va dabdababozlikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor qaratish darkor.

Inson ma’naviyati milliy-madaniy meros, xalq og‘zaki ijodi, ilmiy kashfi yotlar, urf-odat va ana’nalar, qolaversa, moddiy va ma’naviy manbalar orqali shakllantiriladi.

Sen o‘tmishga tosh otma. O‘tmishga tosh otish, o‘likni tepkilash demakdir. O‘lik tirilib, xatolari uchun sendan kechirim so‘ramaydi. O‘tmishdan saboq olish kerak. Ana shu saboqni xulosalab, bugunni o‘ylash kerak.

Demokrit

O‘z davrida o‘sha millatning dardu-g‘amlari, orzu-armonlari, intilishlarini yorqin ifoda etgan milliy qadriyatlar ruhida sug‘orilgan asarlar vaqtlar o‘tib umumbashariy qadr-qimmat topadi. Bunday nodir va o‘lmas asarlarning ko‘plab muallifl ari Sharqdan yetishib сhiqqanliklari bizda faxrift ixor tuyg‘usini kuchaytiradi.



IJODIY FAOLIYAT

1. Milliy an’analarning jamiyat rivojiga qanday ta’siri bor, deb o‘ylaysiz?

2. Suqrotning quyidagi fi krini o‘qing va ma’naviy merosning milliy an’analar bilan bog‘liqligini asoslang:

«Men qadimgi donishmandlarning o‘z asarida bizga qoldirib ketgan aql durdonalarini ko‘zdan kechiraman; agarki, biz ularda nimadir yaxshi bir narsaga duch kelsak, uni o‘zlashtirib olamiz va juda katta foyda orttirgan hisoblanamiz».

Dars sabog‘i. Milliy an’analar hisoblangan ajdodlarimizning bebaho merosi va qadriyatlari yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga undaydigan ma’naviy omilga aylanishi kerak. Ana shundagina milliy an’analar sabr-toqat, mehr-oqibat, andisha, urf-odatlarga hurmat, yaxshilarga ergashish, yomonlardan qochish kabi xalqimiz fazilatlarining yanada sayqal topishiga xizmat qiladi.

MAVZUNI MUSTAHKAMLASH

UCHUN SAVOLLAR

1. Har bir oilada osudalik bo‘lishi uchun oila a’zolari qanday yo‘l tutishi kerak?

2. Siz moddiy qashshoq, lekin ma’naviy fazilatlari yuksak darajada rivojlangan insonni ko‘z oldingizga keltiring. Bu holatda Siz nimani his qilasiz?

3. Odamzod bu dunyoda baxtli, saodatli va tinch yashashga erishishi uchun undan nima talab qilinadi?

4. Siz o‘zingizni shu aziz Vatanning faol a’zosi deb bilasizmi? Fikringizni

asoslang.



CHISTON-TOPISHMOQ

Vaqti kelganda, hech kimga quloq osmaydi, hech kim bilan murosa qilmaydi. U nima?



Baholash:

Faol qatnashgan o’quvchilar baholanadi.






Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling