11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Fanga oid kompetensiya elementlari
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1.Sinf davomatini aniqlash. 2.Kun yangiliklari haqida suhbat. Savol va topshiriqlar bilan ishlash
- II.Mustahkamlash uchun mashqlar
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1.Sinf davomatini aniqlash. 2.Kun yangiliklari haqida suhbat. Savol va topshiriqlar bilan ishlash “Tezkor savol-javob”. 1.Nutq odobi va nutq madaniyati tushunchalarini izohlang. 2. Nutq madaniyati fani qaysi fanlar bilan aloqador? 3. Nutqning to‘g‘riligi qanday me’yorlar bilan belgilanadi? 4. Adabiy me’yorlarning nutq madaniyligini ta’minlashdagi ahamiyatini tushuntirib bering. 5. Savodxonlik tushunchasini tavsiflang. 6. Til birliklari bilan ko‘rsatib bo'lmaydigan turlicha fikriy munosabatlar hamda psixologik va intonatsion holatlarni ifodalashda nimalardan foydalaniladi? 7. So‘z yasalish me’yorlari nima? 8. Talaffuz me’yorlari-chi? II.Mustahkamlash uchun mashqlar Darslikdagi 1-topshiriq sharti asosida bajariladi. Uyat eng shafqatsiz qonundan ham kuchliroq, qudratliroqdir. Qonunfaqat ko‘zi tushganda, shubha paydo qilgandagina jinoyatchining qo‘lini ushlaydi, yo‘lini to‘sadi. Uyat esa hamisha odobsiz, axloqsiz jinoyatchining tepasida turib, nojo‘ya ish qilish uchun qo‘l ko‘targani yo'l qo'ymaydi. Har qanday qonunga ham chap berish mumkin, lekin uyatga chap berib bo‘lmaydi, chunki qonun odamdan tashqarida, uyat esa odamning ko‘ksida bo'ladi. (Abdulla Qahhor) 2-topshiriq. Alibek Rustamovning «So‘z xususida so‘z» asaridan olingan parchani o‘qing. O‘zbek tilida ma’nodoshlik hodisasining namoyon bo`lishiga diqqat qiling. yel bod shamol janub dabur dovul shurta esin tayfun uragan Havo harakatini bildiruvchi so’zlar girdbodHavo harakatini bildiruvchi so`zlar quyun bo`rag`on purga uyurma urag`an nasim shabboda tundbod garmsel samum sarsar izg`irin bo`ron to`fon 3-topshiriqda o`quvchilar matnni o`qib, unda nutq madaniyligini ta’minlovchi qaysi sifatlar buzilganligini topadilar. 4-topshiriq asosida bahs-munozara o`tkaziladi. - Bilib ishlatilgan so‘z - mo‘jizalar javhari. Kuladi, kuldiradi, kurashgaundaydi, yig`laydi, yig‘latadi... (A. Ko‘chimov) Lug`at bilan ishlash. Sh. Rahmatullayevning «O‘zbek tilining izohli frazeologiklug‘ati»dan olingan quyidagi iboralarning izohlarini esda tuting.Ular ishtirokida gaplar tuzing. Ko‘ngliga qo‘l solinoq Eng yashirin fikr-o‘yini bilishga harakatqilmoq. Varianti: yuragiga qo‘l solmoq.O‘xshashi: qo‘yniga qo‘l solinoq. Ko‘nglida kiri yo‘q Kek saqlamaydigan, g‘arazi yo‘q, begidir.Varianti: yuragida kiri yo`q.O ‘xshashi: ko'ngli toza. Testlar bilan ishlash. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling