11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
Lingvistik kompetensiya elementlari
Download 1.01 Mb.
|
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1.Sinf davomatini aniqlash. 2.Kun yangiliklari haqida suhbat. II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash
Darsning borishi: I.Tashkiliy qism. 1.Sinf davomatini aniqlash. 2.Kun yangiliklari haqida suhbat. II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash Tezkor savol-javob. Uy vazifasi nazorati o’tkaziladi. III.Yangi mavzu bayoni. O`tar qancha yillar to`zoni, Yulduzlar ko`z yoshi samoni, O`tar inson yaxshi- yomoni, Mehr qolur, MUHABBAT qolur. 32-mashq. Matnni o ‘qing. Muhabbat tushunchasi ifodasiga daxldor so‘zlarning rango-rangligiga diqqat qiling. Ulardagi ma’nonozikliklarini namoyon qiluvchi gaplar tuzishga harakatqiling. O‘zbek tilida muhabbat degan so‘z shu qadar rango-rang ma’nolargaegaki, hayratda qolasiz! Yoqtirib qolmoq, ko'ngil bermoq, moyil bo'lmoq,xushtor bo'lmoq, oshufta bo'lmoq, dil bermoq, bedil bo'lmoq, mubtalobo'lmoq, maftun bo'lmoq, таhbub bo'lmoq, oshiq bo'lmoq, yaxshi ko'rmoq,ishqi tushmoq, ishqi foniy, ishqi boqiy, sevgi. muhabbat. mehr va hokazolar. Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroqularning barchasi — teng huquqli o‘zbek so‘zlari! Mumtoz adabiyotda ishq so‘zining o‘zi ikki xil ma’noni ifodalaydi. Ishqi foniy - mahbubaga nisbatan sevgi. Ishqi boqiy — Tangrining diydoriga yetish... Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo`lgan g'alati holatlarni ko‘ramiz. Vatanga moyil bo'lmoq degan ibora kulgilituyuladi. Vatanni sevmoq deyiladi. Ota-ona mehri, farzandning ota-onaniyaxshi ko‘rishi, farzand mehri deyiladi... Shunday qilib, yoqtirib qolmoq bilan ko‘ngil bermoq, ko ‘ngil bermoq bilan oshiq bo'lmoq, oshiq bo‘lmoq bilan sevmoq, sevmoq bilan muhabbat, muhabbat bilan yaxshi ko‘rmoq, yaxshi ko‘rmoq bilan mehr orasida uzoqmasofa bor... Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy! ( O‘. Hoshimov) Muhabbat Yoqtirib qolmoq Ko`ngil bermoq Mubtalobo`lmoq Yaxshi ko`rmoq Oshiq bo`lmoq Xushtor bo`lmoq Maftun bo`lmoq Mahbub bo`moq Ishqi foniy-mahbubaga nisbatan sevgi. Ishqi boqiy-Tangrining diydoriga yetish. 33-mashq. Ma’nodosh va paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan nutq aniqligiga putur yetgan o‘rinlarni aniqlang, ularnimuvofiq muqobillari bilan almashtiring. 1. Bilaman, uzoqning ishi qiyin. Lekin bir og‘iz mujda yuborishshunchalar mushkul edimi? (Murod Mansur) 2. Boshqa shaxsning kechinmalarinitushunish, o‘zingni uning o‘rnida his qilish masalasiga kelgandaesa fan buni inkor etmaydi. (M. Nasibullin) 3. Keyin, Qo‘chqor aka,bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas — batareyalardanoziqlanadi. (Sh. Boshbekov) 4.Juman bobo hamisha bitta gapni takrorlaydi:— Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi mingyillikkao ‘tqazib qo‘yay, ana undan keyin haydamasanglar ham o ‘zim ketaman.(Said Ahmad) 5. Sovuq terga botgan ona tun bo‘yi ingrab, behalovatbo'lib chiqdi. Nihoyat, u horg‘in ko‘z qobiqlarini ochdi. (M. Nasibullin) Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling