11-sinf ona tili (34 soat, B1+: 34 soat) O‘quvchilarda shakllantiriladigan tayanch kompetensiya elementlari: Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi


Lingvistik kompetensiya elementlari


Download 1.01 Mb.
bet31/111
Sana15.06.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1484015
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   111
Bog'liq
11 sinf ona tilidan dars ishlanmalar

Lingvistik kompetensiya elementlari:
Turli nutq jarayonida nutq uslublaridan to`g`ri foydalanish.
Mavzuga oid so‘zlarni og‘zaki va yozma nutqda qo‘llay oladi.

DARS JARAYONI VA TEXNOLOGIYASI

Ishning nomi

Bajariladigan ish mazmuni

Usul

Vaqt

I bosqich. Tashkiliy qism

O`quvchilar davomati aniqlanadi. Sinf o`quvchilarining darsga tayyorgarligi tekshiriladi

Suhbat

2 daqiqa

II bosqich . Ehtiyoj (refleksiyalarni aniqlash)

Kun hikmati: Muhabbat-insonlarning ruhiy olamini poklaydi.

Suhbat

1 daqiqa

III bosqich O`tilgan mavzuni takrorlash

  1. O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash.

  2. Uy vazifasi nazorati

Tezkor savol-javob suhbat



5 daqiqa

IV Yangi mavzu bayoni

1. Yangi mavzuni o`rganish
2. 32-33-mashqlar bajariladi

matn ustida ishlash

16 daqiqa

V bosqich.

Mustahkamlash



1.Mashqlarbajarish. 32-33-mashqbajariladi.
2.Izohlilug`atbilanishlash
3. Tarqatma materiallar asosida savol-javob

Izlanish

Izlanish




10 daqiqa

5 daqiqa




VIbosqich. Darsyakunivabaholash



O`quvchilarning dars davomidagi ishtroki hisobga olinib reyting ballari e’lon qilinadi.



Baholash


2 daqiqa



VII bosqich. Uyga vazifa berish

34-mashq

Tushuntirish

5 daqiqa


Darsning borishi:
I.Tashkiliy qism.
1.Sinf davomatini aniqlash.
2.Kun yangiliklari haqida suhbat.
II.O`tilgan mavzu yuzasidan topshiriqlar bilan ishlash Tezkor savol-javob.
Uy vazifasi nazorati o’tkaziladi.
III.Yangi mavzu bayoni.





O`tar qancha yillar to`zoni,
Yulduzlar ko`z yoshi samoni,
O`tar inson yaxshi- yomoni,
Mehr qolur, MUHABBAT qolur.


32-mashq. Matnni o ‘qing. Muhabbat tushunchasi ifodasiga daxldor


so‘zlarning rango-rangligiga diqqat qiling. Ulardagi ma’nonozikliklarini namoyon qiluvchi gaplar tuzishga harakatqiling.
O‘zbek tilida muhabbat degan so‘z shu qadar rango-rang ma’nolargaegaki, hayratda qolasiz! Yoqtirib qolmoq, ko'ngil bermoq, moyil bo'lmoq,xushtor bo'lmoq, oshufta bo'lmoq, dil bermoq, bedil bo'lmoq, mubtalobo'lmoq, maftun bo'lmoq, таhbub bo'lmoq, oshiq bo'lmoq, yaxshi ko'rmoq,ishqi tushmoq, ishqi foniy, ishqi boqiy, sevgi. muhabbat. mehr va hokazolar. Tabiiyki, bular orasida boshqa tillardan kirganlari ham bor. Biroqularning barchasi — teng huquqli o‘zbek so‘zlari!
Mumtoz adabiyotda ishq so‘zining o‘zi ikki xil ma’noni ifodalaydi.
Ishqi foniy - mahbubaga nisbatan sevgi. Ishqi boqiy — Tangrining diydoriga
yetish...
Bugungi kunimizga kelsak... Boshqa tillarda uchrashi mushkul bo`lgan
g'alati holatlarni ko‘ramiz. Vatanga moyil bo'lmoq degan ibora kulgilituyuladi. Vatanni sevmoq deyiladi. Ota-ona mehri, farzandning ota-onaniyaxshi ko‘rishi, farzand mehri deyiladi...
Shunday qilib, yoqtirib qolmoq bilan ko‘ngil bermoq, ko ‘ngil bermoq
bilan oshiq bo'lmoq, oshiq bo‘lmoq bilan sevmoq, sevmoq bilan muhabbat,
muhabbat bilan yaxshi ko‘rmoq, yaxshi ko‘rmoq bilan mehr orasida uzoqmasofa bor...
Tilimiz naqadar rango-rang! Tilimiz naqadar boy! ( O‘. Hoshimov)



Muhabbat

Yoqtirib qolmoq

Ko`ngil bermoq



Mubtalobo`lmoq

Yaxshi ko`rmoq

Oshiq bo`lmoq

Xushtor bo`lmoq

Maftun bo`lmoq

Mahbub bo`moq


Ishqi foniy-mahbubaga nisbatan sevgi.
Ishqi boqiy-Tangrining diydoriga yetish.
33-mashq. Ma’nodosh va paronim so‘zlarni noto‘g‘ri qo‘llash bilan nutq aniqligiga putur yetgan o‘rinlarni aniqlang, ularnimuvofiq muqobillari bilan almashtiring.
1. Bilaman, uzoqning ishi qiyin. Lekin bir og‘iz mujda yuborishshunchalar mushkul edimi? (Murod Mansur) 2. Boshqa shaxsning kechinmalarinitushunish, o‘zingni uning o‘rnida his qilish masalasiga kelgandaesa fan buni inkor etmaydi. (M. Nasibullin) 3. Keyin, Qo‘chqor aka,bu robotlar juda arzonga tushadi, yoqilg‘i kerak emas — batareyalardanoziqlanadi. (Sh. Boshbekov)
4.Juman bobo hamisha bitta gapni takrorlaydi:— Meni shoshirmanglar, nevara-chevaralarimni narigi mingyillikkao ‘tqazib qo‘yay, ana undan keyin haydamasanglar ham o ‘zim ketaman.(Said Ahmad) 5. Sovuq terga botgan ona tun bo‘yi ingrab, behalovatbo'lib chiqdi. Nihoyat, u horg‘in ko‘z qobiqlarini ochdi. (M. Nasibullin)



Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling