12-§. Cho‘kindi konlar


Download 27.79 Kb.
bet1/4
Sana22.03.2023
Hajmi27.79 Kb.
#1286089
  1   2   3   4
Bog'liq
FOYDALI QAZILMA


12-§. Cho‘kindi konlar
Cho‘kindi konlar tog‘ jinslarida kechadigan quyidagi ketma-ket
keladigan jarayonlar natijada hosil bo‘ladi: parchalanish → ko‘chirish
→ (bir joydan ikkinchi joyga) → yotqizish → diagenez (zichlashish).
Parchalanish nurash jarayonida va boshqa ekzogen omillar
ta’sirida ro‘y beradi.
Ko‘chirish esa bo‘laklar ko‘rinishida, chin va kolloid eritma
shaklida, doimiy oqar suvlar va shamol, muz, dengiz suvlari ta’sirida
ro‘y beradi.
Yotqizish asosan dengiz basseynlarida ro‘y beradi. Bir qismi quruqlikda
– vodiyda, ko‘lda, botqoqlikda yoki quruqlikda to‘planish
hamda eritmadan cho‘kish ko‘rinishida bo‘ladi.
Diagenez – yotqiziqning tog‘ jinsiga aylanish jarayonidir. U quyidagi
jarayonlardan iborat: 1. Cho‘kmadan turg‘un bo‘lmagan minerallarning
erib ajralib ketishi. 2. Yangi fizik-kimyoviy sharoitda yangi
minerallarning paydo bo‘lishi. 3. Konkretsiyalarning paydo bo‘lishi.
4. Qayta kristallashish va sementlashish. Cho‘kindi konlar qanday
geologik jarayonlar natijasida hosil bo‘lishiga qarab 3 guruhga
bo‘linadi.
A. Mexanik (bo‘lakli) cho‘kindi konlar. Ular orasida sochma
konlar alohida o‘rin tutadi.
Sochma konlar genezisiga qarab elyuvial, delyuvial, alyuvial,
dengiz va ko‘l konlari, muzlik konlariga bo‘linadi.
B. Kimyoviy cho‘kindi konlar. Genezisi bo‘yicha uch xil: dengiz,
ko‘l va botqoq turlari bor. Asosan dengiz turi ko‘proq. Masalan,
38
dengiz qirg‘og‘ida temirning limonit minerali ko‘proq hosil bo‘ladi.
Yana chuqurroqda temirli xloritlar, eng chuqurda temirning siderit
minerali hosil bo‘ladi. Marganets konlari ham shunday tartibda hosil
bo‘ladi: psilomelan → pirolyuzit → marganetsning karbonatlari.
Ko‘l va botqoqlarda temir va marganetsning aralashma konlari
hosil bo‘ladi.
Mineral tuzlar – gips, angidrid, osh tuzi va boshqa tuzlar eritmasidan
kimyoviy cho‘kma holida konlar hosil bo‘ladi.
D. Biogen va bioxemogen cho‘kindi konlar.
Bu yo‘l bilan ohaktosh, fosforit va yonuvchi foydali qazilma
konlari hosil bo‘ladi. Dengizda yashovchi ko‘pchilik hayvonot turlari
o‘z chig‘anoqlarini kalsiy mineralidan (CaCO3) quradilar. Ular dengiz
sharoiti o‘zgarishi natijasida yalpi qirilgandan so‘ng, ularning chig‘anoqlari
dengiz tubida to‘planib ohaktosh konlarini hosil qiladi.
Fosfor dengiz hayvonlari skeletining 60 %ini tashkil etadi. Ularning
skeletidan fosfor konlari hosil bo‘ladi.



Download 27.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling