12-§. Cho‘kindi konlar
Download 27.79 Kb.
|
FOYDALI QAZILMA
14-§. Sochma konlar
Sochma kon deb suv, shamol, muzliklar yordamida saralanib, o‘z og‘irligi ta’sirida cho‘kib hosil bo‘lgan metall va qimmatbaho tosh konlariga aytiladi. Sochma konlar ba’zi foydali qazilmalar uchun muhim ahamiyatga ega. Olmos, titan, volfram, qalay kabi xomashyolarning qariyb yarmisi, oltin, platina va ba’zi boshqa metallarning anchagina qismi sochma konlardan olinadi. Sochma konlar hosil qiluvchi minerallarning birinchidan, solishtirma og‘irligi katta bo‘lishi; ikkinchidan, oksidlanish zonasida barqaror bo‘lishi; uchinchidan, yetarli darajada mexanik mustahkamlikka ega bo‘lishi shart. Shunga asosan, sochma konlar quyidagi minerallar uchun xosdir (qavs ichida solishtirma og‘irligi ko‘rsatilgan): platina (21), oltin (19,3–15,6), kinovar (8,2–8), kolumbit (8,2–5,15), volframit (7,7–7,2), kassiterit (7,1–6,8), sheelit (6,1–5,9), monatsit (5,3–4,9), magnetit (5,2), ilmenit (5,4), sirkon (4,7), rutil (4,3–4,2), korund (4,1–3,9), granat (4,3–3,6), topaz (3,6–3,5), olmos (3,5). Sochma konlar uch xil manba – tub konlar, tog‘ jinslaridagi aksessor minerallar, qadimgi sochmalar hisobiga hosil bo‘ladi. Odatda tub konlar hisobiga oltin, platina, olmos, kassiterit, volframit va kinovar konlari hosil bo‘ladi. Aksessor minerallarning to‘planishi esa monatsit, ilmenit, rutil, sirkon, granat, magnetit sochmalarini hosil qiladi. Sochma konlarning tarkibi ularning tub manbai bo‘lmish turli tagzamin tog‘ jinslari bilan, ma’lum minerallar assosiatsiyasi bilan bog‘liqdir (1-jadval). Maxsus adabiyotlar asosida minerallarning qator belgilari (kristallar gabitusi, zarrachalarining kattaligi, solishtirma og‘irligi, tiniqligi, rangi, qo‘shalokligi va hokazo)ga tayangan holda sochmalar manbaini aniqlash mumkin. Sochma konlar hosil bo‘lishi sharoitiga qarab quyidagicha ajratiladi: 1) elyuvial sochma konlar; 2) delyuvial sochma konlar; 3) prolyuvial sochma konlar; 4) allyuvial sochma konlar; 5) eol sochma konlar; 6) dengiz qirg‘oq bo‘yi sochma konlari; 7) flyuvioglyatsial sochma konlar 41 Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling