12-§. Cho‘kindi konlar
Download 27.79 Kb.
|
FOYDALI QAZILMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-jadval Ekzogen konlar tarkibi
- SIZMA (INFILTRATSION) KONLAR
11-§. Nurash konlari
Nurash konlari ikki guruhga bo‘linadi: 1. Qoldiq konlar. 2. Sizma (infiltratsion) konlar. Qoldiq konlar nurovchi jinslar hisobiga hosil bo‘lib, ularning ichida joylashadi. Ba’zida ular sizma mahsulotlar bilan biroz boyitilgan bo‘ladi. Qoldiq konlarning hosil bo‘lishida gidrogeologik sharoitning ahamiyati ayniqsa katta. Masalan, nurash qobig‘ida gil kabi «ekranlik» (ya’ni to‘siqlik) xususiyatiga ega bo‘lgan zich jinslar 32 bo‘lsa, yomg‘ir suvlarini o‘tkazmay kimyoviy nurashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Aksincha, o‘ta g‘ovak jinslar ham qulay emas: chunki ular sizot suvlar bilan kimyoviy birikmalar hosil qilishga ulgurolmay qolishi mumkin. Suv osonlik bilan shimilib, pastga qarab bir tekis sokin harakat qiladigan tog‘ jinslari eng qulay sharoit hisoblanadi. Qoldiq konlar tabiatdagi yotish sharoiti va shakli bo‘yicha uchga – yoyiq, cho‘ziq va kontakt oldi konlariga bo‘linadi. Yoyiq konlar tub jinslarning ustki qismida sodir bo‘luvchi nurash jarayonlari natijasida hosil bo‘lib, ana shu jinslarni qoplab, yopib yotadi. Bunday konlarning ostki qismi ancha murakkab tuzilgan bo‘- lib, sekin-asta o‘zgarmagan jinslarga o‘tib boradi. Konlarning ustki qismi intensiv o‘zgargan jinslar bilan bir qatorda o‘zgarmagan jinslarning qoldiq «orolchalari»dan tuzilgan, notekis bo‘ladi. Kattaligi ko‘ndalangiga bir necha 10 m dan bir necha ming m.gacha bo‘lishi mumkin. Qalinligi odatda bir necha 10 sm dan tortib bir necha 10 m gacha bo‘ladi. Cho‘ziq konlar tomirsimon shaklda bo‘lib, chuqurlikka yoriqlar bo‘ylab kirib boradi. Ular ko‘pincha bir necha yuz m.ga cho‘zilgan bo‘ladi (4 km ga cho‘zilgan hollari ham ma’lum). Bunday konlar odatda bir necha o‘n metr chuqurlikka, ba’zida 100–200 m va ayrim hollarda 1,5 km gacha boradi. 2-jadval Ekzogen konlar tarkibi Toifa Nurash konlari Cho‘kma konlar Sinf Mexanik Kimyoviy Tur Qoldiq Sizma Bo‘lakli jins konlari Sochma konlar Chin eritma konlari Kolloid eritma konlari Biokimyoviy konlar Vulkan Asosiy foydali qazilmalar Nb, Cr, Fe, Mn, Al, kaolin, magnezit, talk, barit, apatit va b.lar U, Cu, Fe, Nl, S, gips, fosforitlar magnezit, boratlar Shag‘al, qum, gil va b.lar Au, Pt, Ag, Sn, W, Zr, Ta, Nb, Nl, Olmos, yoqut, zumrad, va b.lar Na,K, Mg, Ca, B, Ba, tuzlari va hokazo Fe, Mn, Al, U, V, Cu, Mo Chig‘anoqt osh, diatomit, trepel, opoka, fosforit, oltingugurt, guano, toshko‘ mir, neft, gaz Fe, Mn, Pb, Zn Kontakt oldi konlari bir tomondan foydali qazilma mahsulotlarining nurashi natijasida o‘zidan ajratuvchi va ikkinchi tomondan, shu 33 mahsulotlarni qayta cho‘ktiruvchi tog‘ jinslarining yonida joylashadi. Bu hol ko‘pincha karbonat jinslarga xosdir. Foydali minerallar odatda ana shu karbonat jinslarning erishidan hosil bo‘lib, kontakt fronti bo‘ylab hosil bo‘lgan karstlarda ushlanib qoladi. Ba’zida karstlar o‘pirilish mahsulotlari va foydali minerallar aralashmasi bilan to‘lib qolgan bo‘ladi. Qoldiq konlarning tarkibiy qismi ivish, nurash, ishqorsizlanish va qayta taqsimlanish natijasida hosil bo‘lgan maxsus tekstura va strukturaga ega. Teksturalar ichida bo‘lakli, brekchiya, to‘rsimon, tomchisimon, yo‘l-yo‘l, kukunsimon, g‘ovakli, uyasimon, sekretsion, konkresion va no‘xatsimon teksturalar ko‘p uchraydi. Strukturasi esa ko‘pincha relikt, sement, kataklastik, ritmik zonal, tolasimon, tangasimon, gilsimon shakllarda bo‘ladi. Qoldiq konlarga misol tariqasida quyidagi elementlarning konlarini keltirish mumkin. Nikel konlari o‘ta asosli jinslar (serpentinit)larning nurash qobig‘ida hosil bo‘ladi. Ularning hosil bo‘lishida nikel manbai vazifasini tub jinslardagi olivin va piroksen (№1-0,3–0,4 %) minerallari o‘taydi. Nurash natijasida nikelning miqdori 5–15 marta ortishi mumkin. Tarkibida temir 60 %gacha, xrom 1%, nikel 0,3–0,6 % atrofida bo‘ladi. Boksit konlari ikki shaklda – yoyiq laterit va karst shaklida uchraydi. Ular tarkibida aluminiy oksidi bo‘lgan turli jinslardan hosil bo‘lishi mumkin. Yoyiq turdagi konlar issiq va nam iqlimli tropik va subtropik zona mamlakatlarida ko‘p uchraydi. Karst turidagi boksit konlarini olimlar «avval ko‘tarilib, keyin chuqur eroziyaga uchragan karbonat jinslarning muayyan bo‘shliqlarida erimaydigan temirli gil qoldiqlaridan hosil bo‘ladi» deb hisoblaydilar. Ularning shakli juda murakkab bo‘ladi (ayniqsa ostki qismida). Bunday konlar O‘rta yer dengizi atrofida, Afrikada, Hindiston va boshqa joylarda ko‘p tarqalgan. Boksit konlarining tarkibida byomit, diaspor, gibbsit, gidrargillit va boshqa glinozyom minerallaridan tashqari juda ko‘p boshqa minerallar ham uchraydi. Ularning rangi oq, pushti va qizil bo‘lishi mumkin. Boksit konlarida glinozyomning miqdori birlamchi jinslardagidan 4–6 baravar ko‘payadi va ba’zan 50 %dan oshadi. Kaolin konlari ko‘proq granit va gneyslar, ba’zida asosli jinslar va slanetslarning nurashidan hosil bo‘ladi. Bunday konlar yoyiq turda 34 bo‘lib, boksitlardan, birinchidan, tub jinslarning erkin glinozem yig‘ilguncha yetib bormagan chala nurashi bilan, ikkinchidan, temirning butunlay chiqib ketishi natijasida juda oqarib ketganligi bilan farq qiladi. Bunday sharoit gumus kislotalariga boy bo‘lgan juda nordon muhitdagina mavjuddir. Kaolin konlarida kaolinit va tub jinslarning qoldiq minerallaridan tashqari galluazit, montmorillonit, xalsedon va boshqa gipergen minerallar ko‘p bo‘ladi. Bunday konlar O‘rta Osiyoda, Ukrainada, Uralda bor. Qoldiq kaolin konlari G‘arbiy O‘zbekistonda ham keng tarqalgan (Qarnob, Ovminzatog‘, Oltintog‘, Quljuqtog‘). Magnezit konlari serpentinitlarning karbonat kislotasi ta’sirida parchalanishidan hosil bo‘ladi. Bunda magniy serpentindan eritmaga o‘tadi va chuqurroq zonalarga borib, karbonat holida eritmadan ajraladi. H4Mg3Si2O9 q H2O q 3CO2 q 3MgCO3 q 2SiO2 q 3H2O serpentinmagnezit Magnezit 10–15 m qalinlikda yoyiq konlar hosil qilib, Ural, Qozog‘iston, Kuba, Hindiston va boshqa joylarda tarqalgan. Talk konlari kremniyli nordon suvlarning serpentin bilan reaksiyasi natijasida hosil bo‘lishi mumkin. H4Mg3Si2O9 q 2SiO2 q H2Mg3Si4 O12 q H2O serpentintalk Apatit konlari karbonat jinslarning karst bo‘shliqlarida gil qoldiqlari ichida to‘plangan holda uchraydi. R2O5 miqdori nurash natijasida tub jinsdagi 3–12 % o‘rniga 26–33 %gacha ko‘tariladi. Bunday konlar gumus kislotalarining ta’sirida R2O5 ning avval erib chiqishi, keyin chuqurroq sathdagi karst bo‘shliqlariga cho‘ktirilishidan kelib chiqadi. Konlari AQSHda, Belgiyada, Rossiyada mavjud. Barit konlari ham taxminan shunday hosil bo‘ladi. Ana shunday sharoitlarda juda kam bo‘lsada, oltin, qo‘rg‘oshin, qalay va boshqa metall konlari ham hosil bo‘lishi mumkin. SIZMA (INFILTRATSION) KONLAR Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling