12-§. Cho‘kindi konlar
-jadval Ba’zi tog‘ jinslarining yemirilishidan hosil bo‘luvchi
Download 27.79 Kb.
|
FOYDALI QAZILMA
3-jadval
Ba’zi tog‘ jinslarining yemirilishidan hosil bo‘luvchi sochma konlar minerallarining assotsiatsiyasi (V.I.Smirnov bo‘yicha, biroz soddalashtirilgan) № Manba jinslar Ma’dan minerallar 1 Granitoidlar Ilmenit, rutil,sirkon, berill, monatsit 2 Pegmatitli granitoidlar Kassiterit, volframit, tantalit, kolumbit, torit, topaz, berill. 3 Skarnli granitoidlar Magnetit, sheelit, kassiterit 4 Gidrotermalitli granitoidlar Oltin, kinovar, volframit, kassiterit 5 Plagiogranit-siyenitlar Rutil, ilmenit, sirkon, korund, monatsit, kolumbit 6 Gabbro-diabazlar Ilmenit, leykoksen, titanli magnetit 7 Piroksenlar Platina, osmiyli iridiy, ilmenit, titanli magnetit 8 Peridotitlar Olmos, rutil, ilmenit 9 O‘ta asosli karbonatli ishqoriy jinslar Piroxlor, apatit, ilmenit, titanli magnetit, tantalo-niobatlar Elyuvial sochmalar nurash mahsulotlarining o‘z o‘rnida qolgan qismi hisobiga hosil bo‘ladi. Shuning uchun ularning tarqalish chegarasi tub manbaning maydoniga mos keladi. Ular ba’zi bir yengil va eruvchan moddalarning yuvilib chiqib ketishi yoki chiqib ketmasligiga qarab boyitilgan yoki boyitilmagan bo‘lishi mumkin. Elyuvial sochmalar ko‘proq quruq arid iqlimning boksitli, qisman nam gumid iqlimning gilli nurash qobig‘ida hosil bo‘ladi. Ular ochiq yoki yer yuzini tuproq, chim kabi qatlamlar bosishi natijasida yopiq holda uchraydi. Elyuvial sochmalar asosan suv ayirg‘ich platolarda linzasimon va ba’zida to‘p-to‘p uyumlar hosil qiladi. Foydali minerallarning tub manbai ustida botiq relyef bo‘lsa, elyuvial sochmalar hosil bo‘lishi uchun eng qulay sharoit yuzaga keladi. Tanzaniyadagi olmos sochmalari xuddi shunday hosil bo‘lgan. Elyuvial sochmalarning amaliy ahamiyati katta emas. Lekin ko‘p mamlakatlarda elyuvial oltin sochmalari. Janubiy Afrikada olmos sochmalari, Uralda platina, Braziliyada badeleit, Zabaykalye, Indoneziya va boshqa joylarda kassiterit-kolumbit sochmalari sifatida mavjud. 42 Delyuvial sochmalarning hosil bo‘lishida bo‘lakli jinslarning qiya yuza bo‘ylab sirg‘alib tushishi va saralanishi katta ahamiyatga ega. Delyuviyning o‘zini yuqoridan pastga tomon quyidagi uchta sohaga ajratish mumkin: 1) tub manbaning intensiv nurash sohasi; 2) nurash mahsulotlarining ko‘chirish sohasi; 3) bo‘lakli mahsulotlarning to‘planish sohasi. Foydali minerallar ana shu uchinchi sohada, ayniqsa bahorning toshqin suvlari yordamida hosil bo‘ladi. Bunda kon hosil qiluvchi og‘ir minerallar delyuviyning tagiga cho‘kadi. Yengil bo‘lakchalar esa (ayniqsa yirikroqlari), delyuviyning ustki qismi bo‘ylab harakatlanadi va uning front qismida yotadi. Delyuvial sochmalar ham yuqoridagidek arid va gumid iqlim mintaqalarida boksit va gilli nurash qobiqlari hisobiga ko‘proq tarqalgan. Yoshi jihatidan boshqa hamma sochma konlar kabi hozirgi to‘rtlamchi davr sochmalari ko‘proq uchraydi. Qadimgi delyuvial sochmalarga Uraldagi miotsen tog‘ billuri sochmalarini misol qilish mumkin. Delyuvial sochmalar gravitatsiyasi ta’sirida pastlikka sirg‘alib tushgan holda uning yuqori qismi tub manba bilan, pastki frontal qismi esa tog‘ tagidagi prolyuviy bilan tutashgan bo‘lishi mumkin. Uzunligi odatda bir necha o‘n metrdan birinchi yuz metrlargacha bo‘lib, ko‘pincha tub manbaning nurash sohasida boyroq bo‘ladi. Chunki pastlashgan sari boshqa tosh bo‘laklari bilan aralashib qashshoqlashadi. Olimlarning (K.Reyborn, G.Milner) hisobiga ko‘ra, volframit sochmalari 400 metrga surilguncha 24 baravar qashshoqlashar ekan. Manbadan yiroqlashgan sari delyuviy bir necha bo‘laklarga bo‘linib, nur kabi radikal oqimlar hosil qiladi. Shuning uchun ko‘proq lentasimon va shnursimon shaklda bo‘ladi. Delyuvial sochmalar ochiq va yopiq bo‘lishi mumkin. Amaliy ahamiyati allyuvial sochmalardan pastroq. Delyuvial sochmalarga ko‘pgina oltin sochmalari, Afrika va Yoqutiston olmoslari, Zabaykalyedagi kassiterit va volframit sochmalari va boshqa ko‘pgina konlar misol bo‘la oladi. Prolyuvial sochmalar oqar suvlar yordamida tog‘ etagiga yig‘iluvchi bo‘lakli jinslarning uzluksiz frontal yotqiziqlari (prolyuvial shleyflar) ichida hosil bo‘ladi. Undagi bo‘lakchalar ozgina silliqlangan 43 va deyarlik saralanmagan bo‘ladi. Shakli ko‘proq qatlamsimon ko‘rinishga ega. Bu turdagi sochmalar asosan quruq arid iqlim mintaqalariga xosdir. Saralanish kam bo‘lganidan sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlar kam uchraydi. Prolyuvial sochmalarga misol qilib Afrikadagi Luyembe Chiumbe olmos sochmalari va Sibirdagi qadimgi to‘rtlamchi davr monatsit sochmalarini, G‘arbiy O‘zbekistondagi Sovuqbuloq va boshqa oltin sochmalarini keltirish mumkin. Download 27.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling