12-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Agregat tuzish Ishning maqsadi
To‘g‘ri tuzilgan agregat quyidagi
Download 327.38 Kb.
|
4bon WGU4G4Jw9v8DyZybVPsdyYusiFg
To‘g‘ri tuzilgan agregat quyidagi:
texnologik ishlarning agrotexnika talablariga muvofiq yuqori sifatda bajarilishini; aniq ish sharoitlariga, ya’ni ishlov beriladigan maydonning kattaligiga, ishlov beriladigan materiallarning holatiga mos kelishini; dvigatel quvvatidan to‘liq foydalanishni, qabul qilingan uzatmada traktorning tortish kuchidan yo‘l qo‘yilgan chegaralarda foydalanishni; ishlov beriladigan maydon va yig‘ishtirib olingan mahsulot birligiga eng kam mehnat, energiya va yoqilg‘i sarflanishini; chaqqonlik (manevr) xususiyatlarini va xizmat ko‘rsatish qulayligini; agregatda ishlaydigan mexanizator va yordamchi ishchilarga oid mehnat muhofazasi va tehnika havfsizligi talablariga javob berishini ta’minlash kerak. Agregatni amalda tuzishda qishloq xo‘jaligi mashinasi va traktorni to‘g‘ri tanlash hamda uning tezligini to‘g‘ri belgilash bilan birgalikda mashinani traktorga ulashning shunday usulini tanlash kerakki, bunda agregatning yuqori sifatli va turg‘un ishlashi, mashinaning eng kam tortish qarshiligi taminlanashi lozim. Qishloq xo‘jalik agregatlarini ishga tayyorlashda quyidagi ishlar bajariladi: traktor va ish mashinalari mavsumga sifatli qilib tayyorlanadi, ular birlashtirilib, agregat tuziladi; ishchi qismlari texnologiq o‘lchamlarga mos holda rostlanadi; agregatni yo‘naltiruvchi qurilmalar (iz tortgichlar) va qo‘shimcha moslamalar bilan jihozlanadi; agregat ishlatib ko‘riladi. Agregatlarni rostlash ishlari xo‘jalikning mashina saroyidagi maxsus tayyorlangan rostlash maydonchasida o‘tkazish tavsiya etiladi.
Ma’lumki, mexanizatsiyalashtirilgan ishlarni bajarishda qishloq xo‘jalik agregatlari dala oxirida buriladi. Agregatlar dalada amalga oshiradigan xarakatlanish usullariga bog‘liq holda , va ixtiyoriy burchak ostida burilishlar bajaradi. Noto‘g‘ri tanlangan va bajarilgan burilishlar, agregatning salt yurish yo‘lini va burilish yo‘lagining kengligini oshishiga ta’sir etadi, ayrim hollarda esa texnologik ishning sifatini yomonlashishiga ham olib keladi. Asosiy qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda qo‘llaniladigan agregatlarning burilish usullari va shakllari berilgan Qishloq xo‘jaligi agregatlari dala ishlarini bajarishda uch usulda xarakatlanishi mumkin. D o i r a v i y x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov berilayotgan dalaning hamma tomoniga parallel bo‘ladi. Bu usulda agregat dala chetidan o‘rtasiga yoki o‘rtadan chetga xarakatlanadi, bunda agregat ish yo‘lida burchak ostida burilib,salt yurishsiz xarakatlanadi (57 a-rasm). B o‘ y l a m a x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov berilayotgan dalaning hech bo‘lmasa bir tomoniga parallel bo‘ladi. Bo‘ylama xarakatlanish usuli amalda ko‘proq qo‘llaniladi, bu usulda agregat paykal bo‘ylab to‘g‘ri chiziqli xarakatlanib ishlaydi, paykallar oxiridagi burilish yo‘lagida salt yurishlar bajaradi (57 b-rasm). B o‘ y l a m a x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov berilayotgan dalaning hech bo‘lmasa bir tomoniga parallel bo‘ladi. D i a g o n a l x a r a k a t l a n i sh - bunda agregatning ish yo‘llari ishlov berilayotgan dalaning tomonlariga nisbatan burchak ostida bo‘ladi. Diagonal xarakatlanish usuli kam bo‘lib, asosan erni ekish oldidan ishlashda (tirmalash) qo‘llaniladi. Bunda agregat diagonal mokkisimon va diagonal- kesishma ko‘rinishi bo‘yicha xarakatlanadi (57 v-rasm). v
Download 327.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling