58-rasm. Agregatning ish unumini aniqlash
Agar Vk metr va Vn km/soatda olinsa, agregatning bir soatdagi nazariy ish unumi quyidagicha topiladi:
Ws.n = 1000 Vk Vn , /soat
SHu bilan birga 1 gektar = 10000 ligi hisobga olinsa, u holda
Ws.n = 0,1 Vk Vn , ga/soat
Agregatning smena vaqti Tsm soatda olinsa, unda agregatning smenadagi nazariy ish unumi quyidagiga teng bo‘ladi:
Wsm.n = 0,1 Vk Vn Tsm, ga/smena
Ma’lumki, ish vaqtida agregat to‘g‘ri chiziq bo‘ylab aniq xarakatlanmasligi, ishlov berilgan joyni qisman qo‘shib qayta ishlashi, traktorning shataksirashi, salt yurishlari, texnologik va texnik xizmat ko‘rsatishda to‘xtab turishi va boshqa sabablarga ko‘ra uning haqiqiy ish unumi nazariy ish unumiga nisbatan farq qiladi.
SHuning uchun agregatning haqiqiy ish unumini aniqlashda uning haqiqiy qamrash kengligini nazariy qamrash kengligiga (β), haqiqiy tezligini nazariy tezligiga(ε) va toza ishga ketgan vaqtni smena vaqtiga nisbati (τ) bilan aniqlanadigan foydalanish koeffitsientlarini hisobga olgan holda aniqlash lozim.
Agregatning bir smenadagi haqiqiy ish unumi quyidagicha topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |