12-Amaliy mashg‘ulot Mavzu: Agregat tuzish Ishning maqsadi


Mehnatni oqilona tashkillashtirish


Download 327.38 Kb.
bet7/9
Sana09.01.2022
Hajmi327.38 Kb.
#261550
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4bon WGU4G4Jw9v8DyZybVPsdyYusiFg

Mehnatni oqilona tashkillashtirish – eng qulay ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarish jarayonlarini oldindan hisoblash, odamlar va texnikani to‘g‘ri taqsimlash, soatbay grafiklar, asboblar sifatini yaxshilash, materiallarni ish uchun qulay joylashtirish, ya’ni ish joyini eng yaxshi tartibda tashkillashtirishdan iborat.

Mehnatini jadallashtirish- har bir ishchining vazifalarni aniq taqsimlash, ish vaqtidan unumli foydalanish, ya’ni ish vaqtini yo‘qotmaslik, ishchilarning malakasini oshirish va umumiy madaniy saviyasini ko‘tarish, shuningdek boshqa imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga aytiladi.

Qishloq xo‘jaligida mehnatni tashkillashtirishga ilmiy yondoshish, uning texnik jihozlanganlik darajasini oshirish muhim kasb etgan holda uni tashkillashtirish ancha murakkab bo‘ladi. Bunda kadrlar bilan ta’minlash va ularni kasbiy tayyorlash; korxona ichida ishlab chiqarish sohasiga qarab mehnatni taqsimlash, o‘rindoshlik qilish, shuningdek, jamoa ichida ham mehnatni taqsimlash, ish joylarini tashkillashtirish, mehnat jarayonlarini boshqarish talab etiladi. SHu bilan birga mehnatni me’yorlash va haq to‘lash masalalari ham mehnatni tashkillashtirish masalalari bilan bevosita bog‘liqdir.

Mehnat unumdorligini oshirish qonuni - jamiyatimizning iqtisodiy qonunlaridan biridir.Mehnat unumdorligini o‘sishi ishchilar sonini oshirmasdan ko‘proq mahsulot etishtirish imkonini yaratadi.

SHuning uchun ham mehnat unumdorligini belgilaydigan asosiy omillardan biri qishloq xo‘jalik agregatlarining ish unumi hisoblanadi, agregatning ish unumi qanchalik yuqori bo‘lsa, mehnat unumdorligi ham shunchalik yuqori bo‘ladi.

Agregatning vaqt birligi ichida belgilangan sifatdagi bajargan ish miqdoriga qishloq xo‘jalik agregatining ish unumi deyiladi.

Qishloq xo‘jalik agregati bajargan foydali ish miqdori gektarda (er haydash, chigit ekish, qator orasiga ishlov berish va b.), tonnada (paxta terish, g‘alla o‘rish va b.), tonna-kilometrda (yuk tashish ishlari), m.kubda (ariq va kanallarni tozalash), metrda (o‘qariqlar olish va tekislash) o‘lchanadi

Agregatning ish unumi vaqt davomiyligiga qarab nazariy va haqiqiy hamda bir soatlik va bir smenalik ish unumiga bo‘linadi.

Agregatning nazariy ish unumi - uning konstruktiv qamrash kengligi Vk, nazariy xarakat tezligiVnva vaqtdan to‘liq foydalanilganda, ya’ni to‘xtovsiz ishlagandagi erishilgan ish unumiga aytiladi.



Agar konstruktiv qamrash kengligi Vk bo‘lgan agregat (58-rasm) bir soatda Vnnazariy tezlik bilan beto‘xtov xarakatlansa, ishlov berilgan to‘g‘ri to‘rtburchak maydon (Vk Vn) gregatning bir soatlik ish unumini belgilaydi.
Vi




S, t Ws

Bi



Download 327.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling