Bu usullarning xillari ko‘p. Qishloq xo‘jaligi ishlarini bajarishda eng ko‘p qo‘llaniladigan bo‘ylama xarakat ko‘rinishlari keltirilgan.
Agregatning xarakatlanish usuli va shaklini tanlashda ish yo‘llari koeffitsienti yuqori bo‘lishiga intilish kerak.
Agregatlarni ish yo‘llari koeffitsienti ularning xarakat usullarini baholashning muhim ko‘rsatgichi hisoblanadi. Bu koeφffitsient ushbu formula yordamida topiladi:
φ
Bu erda: - ish yo‘lining uzunligi,m; - salt yurish yo‘lining uzunligi, m.
YUqorida keltirilgan formula taxlili shuni ko‘rsatadiki, ish yo‘llari koeffitsientiga ish yo‘llari uzunligi Li katta ta’sir ko‘rsatadi. Uzunligi 400 m gacha bo‘lgan maydonlarda ish yo‘llari koeffitsienti keskin kamayadi. Agar qancha katta bo‘lsa, koeffitsient φ shuncha katta bo‘ladi va Li1000 m bo‘lganda o‘zining eng katta qiymatiga - birga yaqinlashadi.
Agar traktorning tortish kuchidan foydalanish koeffitsienti 0,80...0,95 teng bo‘lsa,agregat to‘g‘ri tuzilgan hisoblanadi.