4. Ish bo‘yicha hisobotda: ishning maqsadi, agregat tuzish usullari va agrotexnik talablar, mashinaning tuzilishi (57-rasm), ishlashi va uni ishga tayyorlash tartiblari ko‘rsatilishi kerak.
Nazorat savollari:
1.Agregatlar tuzishning qanday usullarini bilasiz?
2.Agregatni amalda tuzishda nimalarga e’tibor berish kerak?
3.Agregatni ishga tayyorlashda bajariladigan ishlarni ayting.
4. Agregatning qanday xarakatlanish usullarini bilasiz?
5. Qator oralariga ishlov berishda qaysi xarakat usuli keng qo‘llaniladi?
Mashina-traktor agregatlarining ish unimi
1. Ishning maqsadi: MTA ish unimini oshirish yo‘llari va agrotexnik talablar, ishlash jarayoni va uni ishga tayyorlash tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar berish.
2. Kerakli jihozlar: Agregatlar va o‘quv filmlari.
3. Ishni tashkil etish tartibi:
Ma’lumki, mehnat unumdorligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi samaradorligining eng muhim ko‘rsatgichidan biri hisoblanadi.
Mehnat unumdorligi sarflangan mehnat birligiga (1 kishi-kun, 1 kishi-soat) to‘g‘ri keladigan mahsulot miqdori bilan aniqlanadi.Har qanday mehnat qo‘l kuchi bilan yoki turli ko‘rinishdagi qurollar yordamida amalga oshiriladi.
Mehnat unumdorligini oshirishda uni ilmiy asosda tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Uning asosiy vazifasi – kam mehnat sarflagan holda insonning mehnatidan ko‘proq samara olishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |