12-bob. Reklamaning asosiy tushunchalari
-rasm. Inson xulq-atvoriga ichki va tashqi omillar
Download 338.35 Kb. Pdf ko'rish
|
12 mavzu 2 mod
12.1-rasm. Inson xulq-atvoriga ichki va tashqi omillar
Reklama axborotini omillar majmui sifatida ko‘rib chiqish mumkin. insonga doimo ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatib, ularning har biri ma’lum bir axborotdan iborat bo‘ladi. Bu omillar qatoriga reklama xabarining yangilik darajasi, rang, tasviriy shakllar, hajmi va qizg‘inlik va h.k. kiradi. Svetoforning qizil rangi odamni yo‘ldan o‘tishda xavfdan ogohlantiradi, botayotgan quyosh narlari – kun oxirlagani va oqshom tushganidan xabar beradi, radio orqali reklama matni u yoki bu tovarning foydali xususiyatlari va ustunliklari haqida xabar beradi va h.k. Bunda reklama omili qanchalik kuchli bo‘lsa, u odamni shunchalik hayajonlantiradi, demak, reklama ta’siri kuchayadi. Shunday qilib, masalan, yo‘l chetida joylashgan reklama taxtasi beradigan axborot insonning asab tizimiga ta’sir etuvchi boshqa axborot turlari bilan raqobatga kirishadi. Raqobatbardosh bo‘lish va yo‘lovchilar e’tiborini jalb qilish uchun bu reklama taxtasi atrofdagi boshqa reklama e’lonlaridan ko‘ra yorqinroq bo‘lishi lozim. Reklama omillarining bunday ta’siri plakatlar, afishalar, pannolar yaratishda hisobga olinadi. Xuddi shu maqsadda yorqin, nur sochadigan bo‘yoqlar, original shakllar Ichki omillar Tashqi omillar PK TXA 218 qo‘llaniladi. Bozorning tovarlarga to‘yinishi bilan tadbirkorlar oldida sotuv muammosi yuzaga keladi. Tovarning iste’mol qimmati etarli bo‘lmay qoladi. Tovarni muvaffaqiyat bilan sotish uchun uning vositasida odamlarni ushbu tovarni xarid qilishga undash mumkin bo‘lgan tovar imidji deb ataladigan jalb etuvchanlik, ramziy qimmat yaratish zarur. Masalan, «Malboro» sigaretlari – oddiygina sigaretlar emas, balki haqiqiy erkaklar uchun sigaret ekanligini ko‘rsatish: reklamnыe plakatы «Malboro» reklama plakatlarida qo‘lida tatuirovka bo‘lgan baquvvat, ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lgan kovboy tasvirlanadi. «Mersedes» avtomashinasi – oddiygina qimmat narxli avtomobil emas, balki «muvaffaqiyat qozongan» shaxslar uchun mashina va h.k. Reklama biznesida tovarlar imidjini jonli obrazlar orqali gavdalantiradigan (mujassamlantiradigan) maxsus ramzlar yaratish vazifasi paydo bo‘ldi. Imidj yaratish AQSHda nafaqat tovarlar uchun, balki siyosiy faoliyat, g‘oyalarni targ‘ib qilish uchun ham reklama-axborot biznesining muhim bir majburiy qismiga aylandi. Ma’lum bir iste’mol sari undaydigan vaziyat yaratar ekan, reklama ijtimoiy pillapoyaning ma’lum bir pog‘onasida turgan kishi o‘z mavqeini iste’mol xusuiyatlari bilan mustahkamlashi va erishilgan ijtimoiy mavqeini tasdiqlaydigan buyumlardan foydalanishi lozimligini tushunishga imkon beradi. Qo‘shimcha psixologik qimmatni tovarga ularning maslahatlari samarali ishontirshi vositasi bo‘lib xizmat qiladigan mashhur artistlar, omma uchun taniqli bo‘lgan kishilarning chiqishlari baxsh etadi. Reklama xabarining mazmuni – asosiy reklama muammosi sanaladi, chunki ta’sir ko‘rsatish jarayonida u inson fikriga va xulq-atvoriga ta’sir etib, mos ravishda u tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. SHu bilan birga, reklama samaradorligi ko‘o‘dan unda insonning psixik jarayonlari xususiyatlari qanchalik hisobga olinishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu erda gap ishontirish usullaridan foydalanish haqida bormoqda. Download 338.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling