12-bob. Reklamaning asosiy tushunchalari


Download 338.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/10
Sana08.05.2023
Hajmi338.35 Kb.
#1445235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu 2 mod

usullari qo‘llanadi: 
➢ reklama qilinayotgan tovar bilan bog‘liq dalillarni jalb qilish; 
➢ tovarning afzalliklari, uning mashhurligi, savdo markasiga e’tibor jalb qilish; 
➢ matnni oxirigacha o‘qib chiqishga majbur qiladigan, qiziqtirib qo‘yadigan 
sarlavhalar qo‘llash; 
➢ matnning ishonarliligi; 
➢ reklama elementlarining muhimlik darajasi pastroq bo‘lgan elementlardan 
muximroq elementlarga qarab ritmik tartida joylashishi; 
➢ eng muhim so‘zlarga asosiy e’tibor qaratish uchun shrift fakturasidan 
foydalanish; 
➢ rang va shrift yordamida matnning ma’lum bir qismlarini ajratish; 
➢ reklama qilinayotgan tovar haqida hikoyaning kutilmagan boshlanishi; 
➢ reklama matniga intriga elementlarini kiritish, monolog yoki dialogda 
mojaroli vaziyatdan foydalanish. 
Reklamani qabul qilish sintez va tahlil murakkab jarayonini ifodalaydi. Uning 
o‘ziga xosligi yaxlitligidan iborat: garchi reklama kompleksli omilni ifodalasada, 


228 
lekin shunga qaramay u ong tomonidan yaxlit bir butun sifatida qabul qilinadi. 
Reklamaning ta’sir darajasi umuman olganda uning tarkibiy qismi ta’sir darajasiga 
bog‘liq bo‘ladi. Masalan, matnning malakasi diktor tomonidan o‘qilishi radioreklama 
haqida umumiy taassurotni buzishi, vaholanki, reklama axborotining mazmuni 
tinglovchilar uchun juda qiziqarli bo‘lishi mumkin. SHunday qilib, reklama 
murojaatining barcha qismlari (tasvir, matn, ovoz) maqsadli yo‘naltirilgan va etarli 
darajada ta’sir kuchiga ega bo‘lishi lozim. 
Reklamashunosning mahorati idrok qilish qonunlaridan mohirona foydalanish
turli reklama motivlarining belgilangan maqsadli doiraga ta’sirini oldindan ko‘ra 
bilishdan iborat. YAxshi reklama bu – avvalo, g‘oya va aniq axborotning 
muvaffaqiyatli birlashuvidir. YAngi tovarlar reklamasida iste’molchining e’tibori 
birinchi navbatda, mahsulotning unga qiziqish uyg‘otishi va ilgari tayyorlangan unga 
o‘xshash boshqa mahsulotlardan ajratib turadigan xislatlariga qaratilishi lozim. 
Reklamani o‘zlashtirish o‘z chegaralariga ega bo‘lib, insonning asab tizimi 
mexanizmi xususiyatlariga bog‘liq hisoblanadi. 
Televizion reklamaning normal qabul qilinishiga masalan, kadrlarning juda tez 
almashinishi, radioreklamad esa – nutq sur’atining yuqoriligi xalal berishi mumkin. 
Insonning hissiyot organlari qobiliyatlari gazetada mayda shriftda terilgan reklama 
murojaatini uzoq vaqt davomida qabul qilishga imkon bermaydi.
Reklama xabarini o‘zlashtirish samaradorligining tez pasayishi vaqt 
chegarasining buzilishida kuzatiladi. Masalan, o‘tkir syujetli reklama telefilmlari 
ham, agarda ular vaqt bo‘yicha cho‘zib yuboriladigan bo‘lsa, odamni tezda toliqtirib 
qo‘yishi va reklamani qabul qilish darajasini pasaytirishi mumkin. 1-2 daqiqa davom 
etadigan filmni optimal deb hisoblash qabul qilingan. Albatta, qisqa filmning 
muvaffaqiyatga erishishi uning teletomoshabin uchun foydali bo‘lgan axborot bilan 
boyitilganiga bog‘liq bo‘ladi.
Radioreklamani qabul qilish inson ongida yuzaga keladigan tasavvurlar zanjiri 
bilan bog‘liq. Ular radiotinglovchi ongida tovar, uning detallari va xususiyatlari 
haqida axborot taqchilligini yo‘qotadi. 
Matbuotdagi reklama ham o‘zining qabul qilish xususiyatlariga ega. Masalan, 


229 
bir gazeta nomerida mavzusi, janri va uslubi bo‘yicha xilma-xil bo‘lgan turli reklama 
xabarlari joylashtirilishi mumkin. bunday rangba-ranglik ularni qabul qilishni 
qiyinlashtirishi sababli reklama axborotini ritmik ajratishga, uning mazmuni shakliga 
muvofiq bo‘lishiga erishish zarur. Alohida reklama xabarlariga e’tibor jalb qilish 
nafaqat grafika vositalari bilan, balki o‘quvchilarning turli ijtimoiy guruhlariga 
(yolar, pensionerlar, uy bekalari, talabalar va h.k.) aniq murojaat qilish yo‘li bilan 
ham erishiladi.
Shunday qilib, inson ruhiyatini reklama axborotini qabyuul qilishga umumiy 
sozlash mexanizmi reklamani berish usuli, o‘quvchilar ehtiyojlariag muvofiq ularning 
e’tiborini tashkil qilish, reklama qilinayotgan tovarga alohida iste’molchilar guruhlari 
moyilligini hisobga olish kabi ko‘plab omillarga bog‘liq. 
Reklamaga javob berish jarayonida inson ongida uch pog‘onada: ratsional
emotsional va g‘ayrishuuriy tarzdagi psixik jarayonlar ro‘y beradi. 

Download 338.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling