12-bob. Reklamaning asosiy tushunchalari
Download 338.35 Kb. Pdf ko'rish
|
12 mavzu 2 mod
216 12-BOB. REKLAMANING ASOSIY TUSHUNCHALARI 12.1. Reklama odamlarni boshqarish usuli sifatida Insonlarga reklama ta’siri uning vositasida amalga oshiriladigan ommaviy kommunikatsiya vazifalari juda murakkabdir. Reklamashunos u bilmaydigan ko‘p sonli odamlar bilan ishlaydi va uning reklama murojaati qabul qilinadigan sharoitlarni nazorat qila olmaydi. Reklama tashkilotchisi ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, reklama murojaatiga jalb etuvchanlik baxsh etish uchun istalgan miqdordagi badiiy va grafik tasvirlarni qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Televizion reklamada ko‘pincha ommaviy artistlar, televizion dasturlar boshlovchilari ishtirok etadi, tovarni mashhur kishilar maqtaydi, esda qoladigan musiqiy ohanglar foydalaniladi va h.k. SHu sababli reklamashunos tovarga, uning sifatiga, iste’mol xususiyatlariga va ehtimoliy talabga qarab, eng samarali reklama qilish usulini tanlaydi. Inson xulq-atvori va uning atrof-muhitni idrok qilishi muntazam o‘zgarib turadi. Hozirgi xulq-atvor belgilangan paytdagi ta’sir qiluvchi omillar majmuidan shakllanadi. Inson xulq-atvori jarayoniga reklama muhitida ichki omillar ham, tashqi omillar ham ta’sir ko‘rsatadi. Tashqi omillar bu – ayni vaqt fursatida sizning atrofingizda ro‘y erayotgan barcha narsalardir. Bu yoningizda turgan odamlar, ob-havo sharoitlari va h.k. bo‘lishi mumkin. Ichki omillar bu – xuddi shu vaqt fursatida sizning ichingizla ro‘y berayotgan narsalardir. Masalan, sizning maqsadlaringiz, turli buyumlarga munosabatingiz, salomatlik holatingiz, qarashlaringiz, e’tiqodlaringiz, tajribalaringiz va h.k. Bunday omillarni, ularning harakatlarini tushunish reklama-axborot faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. U maqsadli yo‘naltirilgan reklama ta’siri jarayonida inson psixikasini boshqarish imkoniyatini beradi. Bu ichki va tashqi omillar pirovardida ma’lum bir xulq-atvor harakatlarida namoyon bo‘ladigan ma’lum bir psixologik kayfiyatni yuzaga keltiradi. 217 Inson xulq-atvoriga ichki va tashqi omillar ta’sirini quyida sxema ko‘rinishida aks ettirish mumkin. PK – insonning ichki va tashqi omillar ta’siri ostida ayni paytdagi psixologik kayfiyati; TXA – insonning tashqi xulq-atvori. Download 338.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling