12-bob. Reklamaning asosiy tushunchalari


 Reklama ta’siri va qabul qilish jarayoni


Download 338.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana08.05.2023
Hajmi338.35 Kb.
#1445235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu 2 mod

 
12.2. Reklama ta’siri va qabul qilish jarayoni 
Iste’molchi xulq-atvoriga ma’lum bir ta’sir ko‘rsatish uchun avvalo uning 
e’tiborini jalb qilish zarur. E’tibor jalb qilish – reklamaning psixologik ta’sir 
mexanizmi zanjiridagi birinchi bo‘g‘indir. Aynan e’tibor retsipientning reklama 
axboroti qabul qilishi, uni ongida qayta ishlashi kabi psixik jarayonlarga hamrohlik 


222 
qiladi. Bunda e’tibor keraksiz xabarlarni chiqarib tashlaydigan o‘ziga xos filtr bo‘lib 
xizmat qiladi.
Reklamaning iste’molchiga psixologik ta’sir mexanizmini quyida sxema 
ko‘rinishida aks ettirish mumkin: 
Reklamaning iste’molchi ongiga psixologik ta’siri har bir bosqichi eng katta 
psixologik samarani ta’minlashga qodir bo‘lgan reklama ta’siri usullari qo‘llashni 
talab qiladi. 
Faqat ayrim reklama vositalarigina o‘zi betaraf sub’ekt e’tiborini jalb qila olishi 
mumkin. Bu qatorga, masalan, sotuvda bo‘lgan tovarlar assortimenti bilan 
tanishtiradigan magazin vitrinasi kiradi. 
Inson psixik holatining bitta ob’ektda mujassamlashuvi boshqa ob’ektlardan 
e’tiborni uzishga olib keladi. Masalan, televidenie orqali yangi model namunalarini 
namoyish qilish ayol-teletomoshabinlar e’tiborini shu darajada jalb qiladiki, bu 
teleko‘rsatuvning qolgan elementlari (modellar namoyishida maqsadli doira 
reaksiyasi, fon, yorug‘lik samarasi) chetda qolib ketadi. Teletomoshabin e’tiborini 
muayyan tovarga jalb qilish ko‘plab sabablarga, jumladan, teleekrandan beriladigan 
axborot xarakteriga va ommaviy axborot vositasi sifatida televideniening o‘ziga xos 
xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi. 
I.P.Pavlov ta’limotiga ko‘ra, e’tibor bir vaqtning o‘zida bosh miya qobig‘ining 
qolgan qismlarini to‘xtatib qo‘ygan holda bosh miya qobig‘ining belgilangan 
qismlarida 
(optimal 
qo‘zg‘aluvchanlik 
o‘chog‘i) 
qo‘zg‘aluvchanlikning 
markazlashuvidir. 
E’tiborning eng muhim xususiyati – uni taqsimlash, boshqa joyga qaratish va bir 
erga to‘plash imkoniyatidir. Bu xususiyatlar reklamani qabul qilish xarakteriga, uni 
tushunib etish va eslab qolishga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, reklama 
qabul qilish jarayonida teletomoshabin yoki radiotinglovchining e’tibori beqaror 
xarakterga ega bo‘lib, doimiy ravishda o‘zgarib turadi. 
Reklama teleko‘rsatuvini qabul qilishda vujudga keladigan kechinmalar, 
tasavvurlar va boshqa ruhiy jarayonlar masalan, tanish odamlar qiyofasi bilan 
almashinib keladi, e’tibor xonadagi buyumlarga va yonida o‘tirgan odamlarga 


223 
ko‘chiriladi. Biroq, dinamiklikka qaramay, reklama ko‘rsatuviga e’tibor yana o‘z 
o‘zaniga qaytadi. 
Reklamani qabul qilish jarayonida e’tibor hajmi muhim ahamiyatga ega. Katta 
yoshdagi kishi bir vaqtning o‘zida 4-6 ta ob’ektni o‘z e’tibori bilan qamrab oladi deb 
hisoblanadi. Ob’ektlar soni kamayganda e’tibor markazlashadi, bu esa ularni 
chuqurroq qabul qilishga xizmat qiladi. Tomoshabin e’tiborining reklama 
murojaatiga chuqur va barqaror qaratilganligi – reklama samaradorligi shartlaridan 
biridir. Agar reklamaning tasviriy qismi detallar bilan ortiqcha yuklangan bo‘lsa, 
tomoshabin butun tasvir hajmi qabul qiliga ulgurmaydi, chunki uning ruhiyati 
ortiqcha yuklangan bo‘ladi. 
Quyidagi rasmda reklamadan kutiladigan natija aks ettirilgan. 

Download 338.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling