12-bob. Reklamaning asosiy tushunchalari


-rasm. Reklamadan kutiladigan natija


Download 338.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/10
Sana08.05.2023
Hajmi338.35 Kb.
#1445235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12 mavzu 2 mod

12.2-rasm. Reklamadan kutiladigan natija
 
E’tibor ob’ekti, iste’molchining reklama qilinayotgan tovarga qiziqishi va unga 
ehtiyoj o‘rtasida ma’lum bir bog‘liqlik mavjud. E’tibor hajmi o‘ziga xosligini 
reklama kinofilmlari, teleroliklar, radioxabarlar va boshqa reklama vositalari 
yaratishda hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. Reklama ta’siri samaradorligiga 
e’tibor kuchliligi, ya’ni inson reklama qabul qilishda sarflaydigan psixik faoliyat 
belgilangan soni ta’sir ko‘rsatadi. 
Aniqlanishicha, reklama xabari obro‘li shaxs tomonidan berilganda eng ko‘p 
asab energiyasi sarflanar ekan. Masalan, pishloq va yogurtlar reklamasiga 
bag‘ishlangan reklama teleko‘rsatuvida Tibbiyot akademiyasi olimlarining ishtirok 
E'tibor jalb qilish
Qiziqishni qo'llab 
quvvatlash
Hissiyot namoyish 
etish
Ishontirish
Qaror qabul qilish
Harakat (xaridni 
amalga oshirish)


224 
etishi teletomoshabinlar e’tibori qizg‘inligi va hajmining ortishiga xizmat qiladi. 
Reklamaga e’tibor jalb qilish – individual holat bo‘lib, inson ehtiyojlariga, uning 
xohish-istaklariga, motivlari va kayfiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Reklama maqsadlari va 
shaxsning reklama qilinayotgan tovarga bo‘lgan qiziqishiga qarab, e’tibor bir necha 
turlarga ajratiladi. 
G‘ayriixtiyoriy e’tibor, masalan, reklama vositasiga nisbatan uning tashqi 
ko‘rinishi yoki dinamiklik, qizg‘inlik, kontraslik, o‘lcham kabi omillar bilan 
asoslanadi. Reklama omili insonning hissiyot organlariga qanchalik qizg‘in ta’sir 
ko‘rsatsa, uning e’tibor darajasi shunchalik kuchli bo‘ladi. Gazetadagi yorqin reklama 
shiori, radio orqali reklama xabarining yoqimli musiqa jo‘rligida emotsional so‘z 
boyligi, telefilmning qiziqarli syujeti – bu omillarning barchasi beixtiyor inson 
e’tiborini jalb qiladi. Biroq reklamaga e’tibor qaratishning bunday usullari ma’lum 
bir chegaraga ega. Bu chegaradan o‘tish shunga olib keladiki, odamlar 
«qichqirayotgan» reklamani qabul qilmay qo‘yadi. 
Reklama o‘zining noyobligi, g‘ayriodatiy ekanligi, yangiligi bilan jiddiy e’tibor 
jalb qiladi. 
Oziq-ovqat tovarlari, masalan, meva-sabzavotlar, sharbatlarni reklama qilishda 
rangi fotosuratlar yoki plakatlardan foydalanish samara beradi. Bunda shuni hisobga 
olish kerakki, plakatga odatda uzoqdan qaraladi, shu sababli u dekorativ va kontrastli 
ravishda bajarilgan bo‘lishi kerak.
Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tiborni oshirishning boshqa usullari odatiy fonning 
buzlishi yoki omillar xarakterining keskin o‘zgarishidan iborat. Tomoshabinning 
g‘ayriixtiyoriy e’tiborini biron-bir korxonada dinamik reportajda diktorning ohista 
nutqi birdan keskin o‘zgarishi jalb qiladi.
Reklama bilan e’tiborni jalb qilish jarayonida uning omillari u yo‘naltirilgan 
shaxsning ichki holatiga va ehtiyojlariga mos kelishi muhim ahamiyat kasb etadi. 
Inson idroki reklama xabaridan faqat uning hayoti va faoliyati uchun kerakli bo‘lgan 
narsalarni tanlab oladi va sub’ektiv ravishda unga zarur bo‘lib ko‘rinmagan narsalarni 
qabul qilmaydi. 
Reklama ta’siri samaradorligi ko‘p jihatdan reklama omili yuzaga keltiradigan 


225 
e’tibor jarayoni uzunligiga va omil kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Uzoq vaqt davom 
etadigan omil, masalan, butun reklama filmi davomida yangraydigan sho‘x musiqa 
tomoshabinlarni tezda toliqtirib qo‘yadi. Reklamani qabul qilishda uning hajmi ham 
muhim ahamiyatga ega (masalan, ulkan reklama taxtasi yaqin atrofda boshqa 
reklama taxtalari bo‘lmagan hollarda yaxshi omil bo‘lib xizmat qilishi mumkin). 
Matbuot, radio va televideniedagi reklama har bir alohida holatda qo‘yilgan 
vazifalarga muvofiq, omilning qat’iy differensiatsiya qilingan holda berilishini talab 
qiladi. 
Reklama qilinayotgan tovarning yangilik darajasi e’tibor uyg‘otishning muhim 
omili hisoblanadi. Ushbu holat asosida xulosa chiqarish mumkinki, har bir reklama 
vositasi reklama o‘tkazish ob’ektiga e’iborni kuchaytirish uchun u haqida bironta 
yangilik xabar qilishi lozim, garchi gap an’anaviy buyumlar, masalan, radiopriemnik 
va televizorlar, avtomashin va velosipedlar yoki hammaga yaxshi tanish bo‘lgan 
mahsulotlar – choy, kofe, sut va h.k. haqida boradigan bo‘lsa ham. 
Reklamada yangilik usulidan foydalanishda ayrim xususiyatlarni hisobga olish 
zarur. Insonga ta’sir etishning eng oson yo‘li – butunlay yangi, maqsadli doira uchun 
kutilmagan tovar haqida axborot bo‘lib, bunda iste’molchida unga nisbatan ma’lum 
bir munosabat shakllanmagan bo‘ladi yoki aksincha, qarorni o‘zgartirishga tayyorlik 
o‘ringa ega bo‘ladi. Kichkina ekranli televizorlarni katta ekranli, oq-qora 
televizorlarni rangli televizorlarga almashtirish bunga misol bo‘lib xizmat qilishi 
mumkin. Bu erda reklama tovarning o‘zi timsolida ittifoqchiga ega bo‘ladi. Reklama 
ob’ekti bo‘lib iste’molda yaxshi ma’lum bo‘lgan mahsulot ishtirok etadigan bo‘lsa, 
reklama funksiyalari ancha murakkablashadi. Maqsadli doirada bu mahsulotga 
bo‘lgan munosabatni yangi ma’lumotlar yordamida tubdan o‘zgartirish qiyin. SHu 
sababli reklama faqat u haqida mavjud fikrni kuchaytirishi mumkin, xolos. 
Maqsadli doira e’tiborini reklamaga jalb qilishning eng oddiy usuli – 
odamlarning ehtiyojlari va qiziqishlaridan foydalanishdir. Bunda reklamada 
odamlarning qaysi ehtiyojlari va qiziqishlari tovarda iodalangani, uning qanday mos 
kelishi ochib beriladi. 
Bunday reklamaga misol tariqasida «Pantin-Provi» shampuni reklamasini 


226 
keltirib o‘tish mumkin: «Men sochlarim sog‘lom bo‘lishi va yaltirab turishini 
istayman. YAqinda men SHveysariyaning yangi «Provi» shampunidan foydalana 
boshladim. Qazg‘oq yo‘qoldi. Mening sochlarim sog‘lom ko‘rinibgina qolmay, 
haqiqatda sog‘lom va yaltirab turadigan bo‘ldi». 
Odamning yaxshi jismoniy va emotsional holatda bo‘lish istagi «Bruk-Bond» 
choyining reklama shioriga asos qilib olingan: «Ishingiz o‘ngidan kelmagan va 
kayfiyatining tushib ketgan paytda Bruk-Bond choyini – ajoyib tetiklantiruvchi 
vositani tatib ko‘ring! U qon tomirlari devorlarini mustahkamlaydi. Ajoyib ta’m!» 
Reklamada e’tibor jalb qilish uchun ko‘pincha muammoli vaziyat usuli 
foydalaniladi. Maqsadli doira oldiga muammo qo‘yiladi — «qanday qilish kerak?». 
Masalaning bunday qo‘yilishi fikrlashga undaydi, muammoning mohiyatiga 
chuqurroq kirib borishga olib keladi. Bu turdagi reklamaga misol tariqasida yosh va 
qari ayol o‘rtasidagi reklama suhbatini keltirish mumkin. YOsh ayol: «Men 
rakovinadagi zang izlarini ketkizish uchun nimalar qilib ko‘rmadim deysiz. YAxshisi 
qiynalib o‘tirmasdan yangisini sotib olish kerak ekan». Qari ayol: «YAngisini sotib 
olishning nima keragi bor? «Komet» tozalagichi rakovina yuzasidan zangni osonlik 
bilan ketkazadi. «Komet» tozalagichi tarkibiga istalgan chuqurlikdagi zangni ketkaza 
oladigan xlorinol moddasi kiradi». 
Birga qatnashish usulidan foydalanish reklamani faolroq qabul qilishga xizmat 
qiladi. Unga hammadan ko‘proq telereklamada murojaat qilinadi: taqdimotlar, 
ko‘rgazma-savdolar, modalar namoyishi va h.k.dan reportajlarda foydalaniladi. Bu 
usuldan foydalanuvchi telesharhlovchi teletomoshabinlarni go‘yoki bu voqeaning 
qatnashchisiga aylantiradi: «Hurmatli teletomoshabinlar, biz siz bilan birgalikda 
«Bolshevichka» fabrikasi ayollar kiyimi yangi modellarining ko‘rgazma-savdosida 
ishtirok etmoqdamiz. 
Reklamaga g‘ayriixtiyoriy e’tibor agarda u boshqa bir e’tibor turi – ongli 
ravishda yo‘naltiriladigan va tartibga solinadigan ixtiyoriy e’tibor bilan 
mustahkamlanadigan bo‘lmasa, juda tez yo‘qoladi. Ixtiyoriy reklamaning maqsadli 
yo‘naltirilganligi reklama samaradorligining eng muhim omilidir. Reklamaga 
ixtiyoriy e’tibor shakllantirishning psixologik mexanizmi negizida amaliy va estetik 


227 
xarakterdagi qiziqishlar yotadi. 
U yoki bu maqsadli doira e’tiborini reklama vositalariga jalb qilish reklama 
kompaniyasi muvaffaqiyatlarining asosi hisoblanadi. Reklamaga ixtiyoriy e’tibor jalb 
qilishning ob’ektiv imkoniyatlari reklama tabiati bilan asoslanadi. Biroq bu erda bir 
qator qonuniyatlar mavjud. Bu qonuniyatlardan biri – muayyan reklama turi, 
etkazilayotgan xabar xususiyatlari va maqsadli doiraning xarakteri o‘zaro aloqalari 
hisoblanadi. 
Bitta maqsadli doira uchun mo‘ljallangan reklama xabari yoshi, jinsi va ijtimoiy 
tarkibi bo‘yicha farq qiladigan boshqa maqsadli doiraning e’tiborini jalb qilmasligi 
mumkin (ayollar uchun gigiena vositalari reklamasi faqat ayollarning e’tiborini jalb 
qiladi, erkaklar esa bu reklamani piching bilan qabul qiladi). Sportchilar maqsadli 
doirasida sport tovarlari do‘koni ochilishi haqidagi xabar darrov ularning e’tiborini 
jalb qilishi mumkin. 
G‘ayriixtiyoriy e’tiborni ixtiyoriy e’tiborga aylantirshi uchun quyidagi reklama 

Download 338.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling