12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Download 360.84 Kb.
bet1/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
1chi


Savdo siyosatidagi bahs

Ko’rib o’tganimizdek, xalqaro savdo siyosati nazariyasi ham xalqaro savdo nazariyasi kabi uzoq va murakkab an'analarga ega. Tajribali xalqaro iqtisodchilar savdo-sotiqdagi "yangi" muammolar bilan keladigan odamlarga beparvo munosabatda bo'lishadi; chunki ularning ichki sezgisi bu yangi muammolar katta ehtimol bilan shunchaki yangi o’ramdagi eski xatolar ekanligini seza oladi.

Biroq ba’zi hollarda haqiqiy muammo ham paydo bo’ladi. Bu bob xalqaro savdoda so’ngi 35yil ichida ko’tarilgan 4ta bahsli muammoni yoritib beradi. Bularning har biri avvaliga xalqaro iqtisodchilar tomonidan jiddiy tahlil qilinmagan edi.

Birinchisi, 1980-yillarda rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan davlatning savdoga aralashuvi turli bahsli vaziyatlar olib keldi. Bu tortishuv yuqori texnologiyalar sohasida, silikon/kremniy chiplarga (kompyuter chip) talab oshishi natijasida yuzaga keldi. Ba’zi bir tortishuv sababchilari vaziyatni 10-bobdagi bozor pasayishi tahliliga bog’lashsa, boshqa bir g’oyalar negizida strategik savdo siyosatining yangi nazariyalariga asos solindi va bu katta shov-shuvga sabab bo'ldi. 1990-yillarda yuqori texnologiya va savdo bo’yicha bahslar biroz kamaydi, ammo bu narsalar AQSh innovatsiyada yangi xavotirlarga sabab bo’lib yana qaytdi.

Ikkinchisi, 1990-yillarda rivojlangan mamlakatlarda xalqaro savdo o’sishining ishchi qatlamga ta’siri tufayli yuzaga keldi. Bahs sababi esa, savdo shartnomalari ish haqi tariflariga va mehnat sharoitlariga mos bo’lishi kerakmi savoli ostida paydo bo’ldi. Bu tortishuv tez-tez globalizatsiyasining ta’sirlari haqida muhokama qilishgacha kengayib ketdi. Tortishuv faqat akademik jurnallarda emas, ba’zi hollarda ko’chalarda ham namoyon bo’ldi.

Yaqin yillarda, yana ikkita muammo bir-biriga to’qnash keldi. Bular: milliy chegaralardan ham chiqib ketgan atrof-muhit muammosi va “karbonat angidrid tariflari” siyosati o’rinlimi” degan savol ostida jiddiy iqtisodiy va huquqiy tortishuvlarga sabab bo’layotgan savdo siyosatidir.

Va oxirgisi, bazi iqtisodchilarning 2000-yildan keyingi Xitoy eksportining xalqaro savdoda keskin oshishining jamiyatlarga keltirgan zararini odatiy hisoblashda yo’l qo’yilgan xatolari va ularning AQSh hududlaridagi manufakturalarga keltirgan noqulay ta’sirlari mavzusidagi bahslarini o’z ichiga oladi.


Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling