12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv
Download 360.84 Kb.
|
1chi
Brander-Spenser tahlili: Namuna. Brander-Spenser tahlilini boshqa davlatlarga tegishli bo’lgan ikkita kompaniya misolida ko’rsatib berish mumkin. O’ylab qaralsa, bu hodisa uchun har qanday o’xshashlik mos keladi, keeling, buni AQSh va Yevropaga tegishli bo’lgan Boeing va Airbus misolida ko’ramiz. Ikkala firma ham tayyorlay oladigan yangi yirik samolyot bor deb tasavvur qilamiz. Soddaroq tushuntirish uchun ikkala firma ham yoki ishlab chiqarishga rozi yoki ishlab chiqarishga rozi emas deb faraz qilamiz.
12-1 jadvalda ikkala birmaning qarori natijasida olishi mumkin bo’lgan daromadlari ko’rsatilgan (bu namuna 10-bobdagiturli davlatlarning savdo siyosatlarining o’zaro ta’sirini tekshirish mosdir) har bir qator Boeingning ma’lum qaroriga mos keladi; har bir ustun esa Airbusning qarorini ifodalaydi. Har bir katakda ikkita ma’lumot bor: chap tomon pastdagisi Boeingning daromadini, o’ng tomon yuqoridagi Airbusning daromadini ifodalaydi. Namunadagi kabi jadval quyidagi farazlarni ifodalaydi: har bir firma yirik samolyotlardan foyda olisha oladi, ammo agar ikkala firma ham ularni ishlab chiqarishni boshlasa, ikkisi ham yo’qotishlarga uchrashadi. Qaysi firma aniq foyda oladi? Bu kim tezroq tayyorlashiga bog’liq. Keling, Boeing firmasi Airbusdan ko’ra ishlab chiqarish ustunligiga ega bo’lsin. Airbus bu yerda rag’batlantirish yo’qligini biladi. Natija esa Boeingning foydasiga jadvalning yuqorisidagi o’ng tomonda ko’rsatilgan. Endi Brander-Spenser g’oyasiga to’xtalamiz:Yevropa hukumatini vaziyatni o’zgartira oladi. Yevropa hukumati o’z firmasining ishlab chiqarishiga 25 subsidiya berishni yo’lga yo’lga qo’ydi deb tahmin qilamiz. 12-2 jadvalda daromadning o’zgarishi aks etgan. Bu holatda, Boeing qanday yo’l tutishiga qaramay yirik samolyot ishlab chiqarish Airbus uchun foydali bo’ladi. Bu o’zgarishga aloqador holat bilan tanishib chiqsak. Boeing bildiki, nima qilishidan qat’iy nazar, Airbus bilan raqobatlashish kerak. Shuning uchun agar ishlab chiqarishni tanlasa pul yo’qotadi. Va endi Boeing ishlab chiqarishdan to’xtaydi. Natijada, hukumat Boeingga tegishli deb hisoblagan ustunlik uchun berilgan subsidiyani qaytaradi va ustunlikni Airbusga beradi. So’nggida esa muvozanat 12-1 jadval yuqori o’ngdan 12-2 jadval quyi chapga o’zgaradi. Hukumatning 25 subsidiyasi tugayli Airbus 0 foyda o’rniga 125 foyda ko’radi. Shunda subsidiya chet ellik raqobatchini to’xtatgani hisobiga foydani o’z miqdoridan-da yuqoriroqqa oshirdi. Bu sanoatda Boeingdagi ustunlik yo’q bo’lgan holatda, Airbus subsidiya tufayli sezilarli strategik ustunlikka ega bo’ldi. Bu subsidiya yaratadigan effektdir. Brander-Spenser tahlilidagi muammo. Bu tahnimiy namuna strategik savdo siyosati hukumat faolligi uchun inkor etib bo’lmas holat ekanligini ko’rsatgandek tuyulishi mumkin. Yevropa hukumatining subsidiyasi xorijiy firmalar hisobiga o’z firmalarining daromadini keskin oshishiga olib keldi. Iste’molchilar qiziqishini hisobga olmasdan Yevropaning tushumini oshirgandek (va AQShnikini kamaytirgandek). AQSh bu bahsni amaliyotda qo’llashi kerakmi? Ma’lumot o’rnida, savdo siyosatining strategik dalili ko’plab qiziqishlarga sabab bo’lgani bilan bir qatorda, ko’plab tanqidlarga ham uchradi. Tanqidchilar bu nazariyani amaliyotda qo’llash uchun ko’ringanidan ko’ra ko’proq ma’lumot kerak bo’lishini, bu siyosat xorijliklarning salbiy javobiga sabab bo’lishini va har qanday holda ham savdo va sanoat siyosatining mahalliy ijrosi bu kabi mohirona tahliliy vositalarning qo’llanilishining oldini olishi aytib qarshi chiqishadi. Yetarli ma’lumot borasidagi muammoning ikkita ko’rinishi mavjud. Birinchisi, sanoat tarmog’iga yakka holda qaraganda 12-1 jadvaldagi kabi ma’lumotlarni ishonch bilan to’ldirish qiyin kechadi. Agar hukumat noto’g’ri yo’l tutsa, subsidiya siyosati noto’g’ri fikrga aylanishi mumkin. Masalan, Boeingda ustunlik mahjud, balki yaxshiroq texnologiyadir, va Airbus ishlab chiqargan taqdirda ham Boeing daromadli ishlab chiqarish yo’lini topadi. Biroq, agar Boeing ham ishlab chiqarishni davom etsa, Airbus foydali ishlab chiqarishga erisha olmaydi. Subsidiya bo’lmasa, natijada Boeing ishlab chiqaradi, Airbus esa yo’q. Endi yuqoridagi holat kabi Yevropa hukumati Airbusni ishlab chiqarish uchun yetarli bo’lgan subsidiya bilan ta’minlaydi deb faraz qilaylik. Biroq bu holatda Boeingning yashirin ustunligi tufayli subsidiya Boeingni to’xtatib qola olmaydi va Airbusning daromadi subsidiyalangan qiymatidan kamroq bo’ladi. Qisqasi, bu siyosat qiymat jihatidan xató bo’lib chiqadi. Mazmun shundaki, ikkala holat ham ham o’xshash bo’lsa ham, birida subsidiya yaxshi chora bo’lib ko’rinadi, keyingisida esa daxshatli yo’l bo’lib ko’rinadi. Strategik savdo siyosatining ma’quli yo’li vaziyatning aniq xulosasiga bog’liq. Bu esa iqtisodchilarni “bu nazariyani samarali ishlatish uchun yetarli ma’lumotga ega bo’lishimiz kerakmi” degan savolni so’rashga undaydi. Talab etilgan ma’lumotlar murakkab bo’ladi, chunki biz sanoatlarni alohida tasavvur eta olmaymiz. Agar bir saha subsidiyalansa, resurslar boshqa tarmoqlardan yo’naltiriladi va o’sha tarmoqlardagi narxining oshishiga olib keladi. Shu sababli AQShda bir sahodagi strategik yutuqni ta’minlash siyosati boshqa sohadagi strategik kamchilikka sabab bo’ladi. Siyosatning o’rinli ekanligini bilish uchun, AQSh hukumati aks ta’sirlarni ham hisobga olishi kerak. Agar hukumat bir sohani aniq tushungan holatda ham, bu yetarli bo’lmaydi. Chunki hukumat bu sohadan tashqari umumiy resursga ehtiyoji bo’lgan boshqa tarmoqlarni ham o’rganishi kerak bo’ladi. Agar taklif etilgan savdo siyosati bu tanqidlarni yengan taqdirda ham, u baribir savdo vaqtidagi ustunlik uchun tarif siyosati kabi choralarni ko’radigan xorijliklar qarshiligiga uchrashi mumkin (10 bob). Strategik siyosatlar “sening faqir qo’shning” siyosatidir. Ya’ni bizning daromadimiz boshqalarning xarajati hisobiga oshadi. Shu tufayli bu siyosatlarda hammani og’ir ahvolga solishi mumkin bo’lgan savdo urushi xavfi bor. Ba’zi iqtisodchilar AQSh bunday siyosatni birinchi qo’llagan deb hisolashadi. Ammo ko’pchilik boshqa iqtisodchilar AQSh shunchaki boshqa davlatlarning strategik siyosatlarni agressiv qo’llaganda javob qaytarishga tayyorgarlik ko’rgan deb hisoblashadi. Va nihoyat, bu nazariya siyosiy vaziyat biror marta qo’llanilganmi? Buni 10 bobda skeptitsizm(shubha bilan qarash) erkin savdoga siyosatchilarning shubhalanishi natijasida o’rnatilganligi kuzatganimizda muhokama qilgan edik. INTEL asoschisidan ogohlantirish Andey Grov texnologiya haqida gapirganida odamlar uni tinglashadi. U 1968-yilda kompyuterlarimizni boshqaradigan mikroprotsessor, ya’ni chipni ixtiro qilgan va bir necha yil davomida yarim o’tkazgichlar bozorida hukmron bo’lgan INTEL kompaniyasining asoschilaridan biriga aylanadi. Ko’plab insonlar Grovning 2010-yilda AQSh ning zamonaviy texnologiyalari taqdiri to’g’risida nashrdan chiqargan aniq(yorqin) bashorati haqida shunday eslashadi: texnologiya sanoatida manufaktura xizmatlarining yo’qolib borishi kelajakdagi innovatsiya holatini zaiflashtiradi deya ta’kidlaydi.1 Grove shunday degan: Startuplar ajoyib narsa, ammo ular o’zlaricha texnik xizmatlarni yaxshilay olmaydi. Shu bn birga, garajdagi ajoyib kashfiyotdan so’ng texnologiya o’sha nusxani(prototip) ko’p miqdorda chiqara boshlaydi. Bu davrda kompaniyalar yuksaladi. Ular detallarni hisoblashadi, buyumni qanday qilib muqobil(kam xarajat) ishlashni o’ylashadi, fabrikalar qurishadi va minglab odamlarni ishga yollashadi. Yuksalish qiyin, ammo innovatsiya masalasini hal qilish uchun zarurdir. Yuksalish jarayoni AQShda boshqa kuzatilmaydi. Bu holat kuzatilgan taqdirda,kapital oqimi fabrikalarini boshqa biror yerda qurayotgan kichik kompaniyalar tomon siljiydi va bu Amerika ishsizlik muammosiga qaytishiga sabab bo’ladi. Natijada, Grov “texnologik samara tadqiqotchilar bilan cheklanmaydi; u ko’plab yangi g’oyalar beradigan ko’plab ishchilarni ham talab qiladi” deb ta’kidlaydi. Agar u haq bo’lsa, uning nutqi sanoatni targetlashda(jihozlash) kuchli bahsga sabab bo’ladi. Case study. Chiplar paydo bo’lganida Strategik savdo siyosatining samaradorligi to’g’risidagi bahslar qizg’in pallaga chiqqan davrda AQShning ba’zi hududlaridagi savdoda davlat aralashuvi siyosatini yoqlovchilar Yaponiyaning asosiy sanoat tarmoqlariga sharoit yaratib rivojlanayotganligini tez-tez ta’kidlashardi. 1990-yillar boshlarida ayniqsa yarimo’tkazgichli chiplar asosiy tarmoqlarning mahsuli sifatida A toifadagi ko’rgazmalarda paydo bo’ldi. Darhaqiqat, muallif Jeyms Fallows 1994 yilda bir qator maqolalarini nashr etganida erkin savdo g’oyasini tanqid qildi va yapon uslubidagi aralashish siyosatining ustunligini ta’kidlab, u "Chiplar haqidagi rivoyat" deb nomlangan asarni yoza boshladi. Biroq 1990-yillar oxirida yarimo’tkazgichlar namunalari faol savdo siyosatining tuzog’lariga tushib qoldi va yaxshigina dars bo’ldi. Yarimo’tkazgichli chip bu murakkab aylanalardan iborat bo’lgan kichik silikon bo’lagi. 332 betda ko’rganimiz kabi AQShda bu tarmoq Intel firmasi 1-mikroprotsessorni, ya’ni chipda joylashgan kompyuter xotirasini tanishtirgan vaqtdan boshlandi. Shundan so’ng, bu tarmoq ajoyib va kutilgan o’zgarishlarni boshidan kechirdi: tahminan har 18 oyda chipga biriktirilgan aylanalar soni ikki baravarga oshib bordi va bu qonun Mur qonuni deb ataldi. Bu jarayon so’nggi 30 yillikdagi axborot texnologiyalari inqilobiga sabab bo’ldi. Yaponiya yarimo’tkazgichlar bozoriga 1970-yillarning so’nggida kirib keldi. Bu tarmoq hukumat tomonidan mutlaqo ta’minlandi va mahalliy texnologik qobiliyatni oshirishga yordam beruvchi tadqiqotlarni qo’llab-quvvatladi. Ammo buning uchun ajratilgan subsidiya miqdori juda oz edi. AQSh tanqidchilarining ta’kidlashiga ko’ra, Yaponiyaning faol savdo siyosatining asosiy omili bu uning yaqqol proteksionizmi edi. Yaponiyada rasmiy tarif va import uchun cheklovlar kam bo’lsa-da, AQSh firmalari shuni aniqladiki, agar yaponlar keltirilgan yarimo’tkazgichli chiplar turini ishlab chiqishga muvaffaq bo’lsa, bu davlatda AQShdan keltirilgan shu turdagi tovarlarning sotuvi pasaygan. Tanqidchilar yana shuni aytib o’tishdi: yapon xalqida shundan tushuncha borki, asosiy ishlab chiqaruvchiga aylanib ulgurgan uy-joy elektronikasi tarmog’i firmalari ishlab chiqarkan yarimo’ykazgichlarni AQSh tovarlariga nisbatan yuqoriroq narxi va pastroq sifatiga qaramasdan sotib olishardi. Bu fikr rostmidi? Bu boradagi tortishuv hozirgacha davom etib kelyapti. Kuzatuvchilar yana agar himoyalangan Yaponiya bozori aytib o’tilgani kabi bo’lsa, bu yaponlarning yarimo’tkazgichlarni eksport qilish qobiliyatini oshirib berishini aytib o’tishdi. Bahs quyidagicha mavzuda boradi: yarimo’tkazgichlarni ishlab chiqarish juda tez o’zlashtirilishi bilan xarakterlanadi (7-bobdagi dinamik masshtab iqtisodiyoti tahlilini eslang). Kafolatlangan yirik milliy bozor yapon yarimo’tkazgich ishlab chiqaruvchilarga hamisha yangi daraja sari ishlashga ishonch berdi va ularda eksport uchun mahsulot ishlab chiqaradigan yangi fabrikalarga pul tikish xohishi paydo bo’ldi. Yarimo’tkazgich bozorida katta ulushga ega bo’lishiga sabab bo’lgan yapon muvaffaqiyatiga sabab bo’lgan siyosat ko’lami haligacha noma’lum bo’lib qolmoqda. Yaponiya sanoat tizimidagi ba’zi xususiyatlar mamlakatga sifat nazorati muhim omil hisoblangan yarimo’tkazgich ishlab chiqarish tarmog’iga nisbatan “tabiiy” ustunlik beradi. 1970-1980-yillarda Yaponiya fabrikalari AQShdagi me’yoriy kamchiliklardan ko’ra kamroq kamchiliklarga asoslangan ishlab chiqarish bosqichiga erishishdi. Nima bo’lganda ham, 1980-yil o’rtalarida Yaponiya AQShdan sanoat muvaffaqiyati uchun juda muhim hisoblangan yarimo’tkazgichning bir turning savdosida oldinga o’tib ketdi. Bu RAM (random access memory) qattiq disklaridir. RAMlarni kuchli tashqi texnologik muhitni ham qo’shimcha daromdlarni ham hosil qila olishiga ishonishardi va natijada ularni ishlab chiqarish butun bir yarimo’tkazgich sanoatidagi hukmronlik deb hisoblashar edi. RAMlar yarimo’tkazgichlarning katta hajmli shakli edi va sanoat ekspertlari RAM ishlab chiqarishda egallangan bilimlar millatning mikroprotsessorlar kabi boshqa yarimo’tkazgichlarda yuqori texnologiya bilan ishlash qobiliyati uchun muhim ekanligini ta’kidlashar edi. Xullas, yaponiyaliklarning RAMlar ishlab chiqarishdagi ustunligi tezda barcha yarimo’tkazgichlarda ustunlikni ta’minlashi bashorat qilindi va o’z navbatida bu narsaning ahamiyatli jihati shundaki, bu ustunlik Yaponiyaga yarimo’tkazgichlarda foydalaniladigan boshqa ko’plab mahsulotlarning ishlab chiqarilishida ham katta yutuq bera olardi. Bundan tashqari 1990-yillargacha RAMlarni ishlab chiqarish yuqori daromadli biznes sifatida qaralmagan bo’lsa-da, so’ggida bu tarmoq katta daromad keltiradigan tarmoq sifatida xarakterlandi. Bunga sabab ko’plab RAM ishlab chiqaruvchi firmalarning kasod bo’lishi edi: har safar yangi chip chiqqanida yangilik qila olmagan firmalar bu tarmoqni tark etishardi. Kuzatuvchilar fikriga ko’ra so’nggiga kelib bu tarmoqda faqatgina ikkita yo uchta yuqori daromadli ishlab chiqaruvchilar qoldi. Biroq, 1990-yillar davomida RAMlarni ishlab chiqarish omili bo’lgan tashqi ta’sir ham, qo’shimcha daromad ham kutilganidek bo’lmadi. Bir tomondan, Yaponiyaning RAMlar ishlab chiqarishdagi yetakchiligi boshqa yarimo’tkazgichlar sohasidagi ustunlikni ta’minlay olmadi: masalan, AQSh firmalari yarimo’tkazgichlar tarmog’ida barqaror yetakchiligini tikladi. Boshqa tarafdan esa, RAM ishlab chiqaruvchilar soni kamayishning o’rniga Janubiy Korey ava boshqa sanoatlashgan iqtisodiyotlarning yangiliklari hisobiga yana oshib ketdi. 90-yillarning oxirida, RAMlarni ishlab chiqarish “iste’mol” biznesiga aylandi: ko’plab odamlar RAMlarni yasay olardi va bu tarmoq uchun hech qanday maxsus strategiya kerak bo’lmay qoldi. Bundan olingan kerakli xulosa bu qo’llab-quvvatlanadigan tarmoqni tanlash qanchalik qiyin ekanligidir. Yarimo’tkazgich sanoati ko’rinishidan faol savdo siyosati uchun mos deb topilgan edi. Ammo oxirida, bu na kuchli tashqi ta’sir, na katta qo’shimcha daromad berdi.
Download 360.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling