12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv
Savdo va ish haqi qayta ko’rib chiqildi
Download 360.84 Kb.
|
1chi
Savdo va ish haqi qayta ko’rib chiqildi
Globalizatsiyaga nisbatan norozilikning bir qismi 3-bobdan sizga ma’lum. Faol jamoatchi rivojlanayotgan mamlakatning eksportga mo’ljallangan sanoatida ko’p sonli ishchilarga kam haq to’lashni ko’zlaydi. Tanqidchilar erkin savdo advokatlarining ta’kidlashiga ko’ra kam ish haqi(yomon ish sharoiti bilan birga) globalizatsiya rivojlanayotgan mamlakatlar ishchilariga yordam bermasligini ko’rsatishi ustida tortishadilar. Masalan, Yaponiya Veytnam va Indoneziyada to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyasida yetakchi. Aholining 70 % dan oshig’i asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlariga tayangan holda qishloq jaylarda istiqomat qilishadi. Veytnamdagi 50 %dan oshiq ishchi kuchi potensial inson resursi yosh aholidir va ular chet ellik investorlarga investitsiya uchun rag’bat uyg’otadigan kam ish haqi oladigan ishchilarning katta qismidir(zahirasi). Natijada, Veytnamdagi ishsizlik qarajasi 1990-yillarning so’nggidan buyon tahminan ikki baravarga kamaygan. 2007-yildagi JSTga kirish huquqi va 2008-yildagi Tinch okeani Qatnov Sherikchiligi Bitimi(Trans-Pacific Partnership Agreement TPP)ga a’zo bo’lishi ham invistetsiya muhitiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.2 Ammo Veytnamdagi eng kam ish haqi hali ham kuniga 4$dan pastda va ish sharoiti ko’p hollarda rivojlangan mamlakatlar standartiga (me’yori) nisbatan qo’rqinchli holatda. Globalizatsiyaga qarshilar yuqori ish haqi oluvchi yaponlar o’rniga kam ish haqi oluvchi veytnamliklarni almashtirishni ish beruvchilarga oson qilib berganligi tufayli globalizatsiyani ikkala mamlakat ishchilariga ham ziyon yetkazishda sababchi qilib ko’rsatadi. Iqtisodchilar bu bahsga 3-bobdagi qiyosiy ustunlik haqidagi noto’g’ri tushuncha tahliliga qaytib javob berishadi. Biz ko’rib o’tganimizdek, agar ishchilar boyroq mamlakat ishchilariga nisbatan kamroq ish haqi olishsa, ularni keng ekspluatatsiya qilish faoliyati odatiy yanglish tushunchadir. 12-3 jadval bu tahlilni qisqacha qilib qayta ko’rsatadi. Bu holatda biz ikkita mamlakat, Yaponiya va Veytnam bor deb faraz qilamiz va ularning sanoati yuqori va quyi texnologiyaga asoslangan. Biz yana mehnatni ishlab chiqarishning bir omili deb qaraymiz va Yaponiya mehnat salohiyati veytnamliklarnikiga nisbatan barcha tarmoqlarda umundorroq. Aniqki, yapon ishchisiga ikkala sanoatda ham bir birlik mahsulot ishlab chiqarish uchun bir soat vaqt ketadi; veytnam ishchisi uchun esa quyi texnologiya mahsulotining bir birligi uchun 2 soat va yuqori texnologiyaning bitta mahsuloti uchun 8 soat vaqt ketadi. Jadvalning yuqori qismi ochiq savdo yo’q holatdagi har bir mahsulot uchun har bir mamlakatdagi ishchilarning haqiqiy ish haqini ko’rsatadi: real ish haqi ikkala holatda ham shunchaki ishchining bir soatda ishlab chiqaradigan mahsuloti miqdorini ifodalaydi. Endi erkin savdo ochildi deb faraz qilamiz. Bu holatdagi muvozanatda, yapon va veytnam ishchilarining nisbiy ish haqi tahminan ikki sanoatdagi mahsuldorlikka nisbatan bo’ladi. Masalan, yaponlar ish haqi veytnamliklarning ish haqidan 4 marta oshiq. Shu sababli, quyi texnologiyali mahsulotni Veytnamda ishlab chiqarish va yuqori texnologiyali mahsulotni Yaponiyada ishlab chiqarish arzonroqqa tushadi. Globalizatsiya tanqidchisi savdo muvozanati ishchilar qiziqishiga qarshi ishlayotganini ko’rishi mumkin. Birinchi navbatda, quyi texnologiyali tarmoqlardagi Yaponiyada ko’p to’lanadigan ishlar Veytnamdagi kam to’lanadigan ishlarga almashtirilmoqda. Qo’shimcha ravishda, Veytnam ishchilariga keragidan kam to’lanayotganining ishonarli holatini sezishingiz mumkin: ularning quyi texnologiyali ishlab chiqarishdagi mahsuldorligi yaponlarga nisbatan ikki baravar kam bo’lsa-da, ularning ish haqi darajasi yapon ishchisining ¼ qisminigina(½ emas) tashkil qiladi. Ammo quyidagi 12-3 jadvalda ko’rsatilgani kabi, bu namunamizda ikkala mamlakatning ham ish qaqida xarid qobiliyatining oshganini ko’rishimiz mumkin. Yuqori texnologiya tarmogida ishlayotgan yaponiyaliklar endi avvalgidanda ko’proq quyi texnologiyali mahsulotlarni ola boshlaydi: bitta o’rniga saoatiga ikki birlik mahsulotli ish. Quyi texnologiya tarmoqlarida ishlovchi Veytnam ishchilari esa avvalgiga qaragandagi bir soatlik mehnatga nisbatan yuqori texnologiyali mahsulotlarni xarid qilish imkoniyati oshdi: ¼ 1/8 o’rniga. Savdo tufayli, mamlakat ish haqi darajasi jihatidan har mamlakatning import tovarlari narxi pasaydi. Bu misoldagi ma’lumot haqiqiy vaziyatni aniq yo’l bilan ko’rsatib bera olmaydi. Bu namuna savdo rivojlanayotgan mamlakat ishchilariga ham rivojlangan mamlakat ishchilariga ham foyda keltirishini model orqali aniq tasvirlangan bo’lsa-da, globalizatsiya aynan sen kutganingday rivojlanayotgan mamlakat ishchilariga salbiy ta’sir ko’rsatishi haqida odatda isbot sifatida olinadigan dalilni ko’rsatish uchundir. Kimdir “bu model noto’g’ri olib borilgan, chunki bunda mehnat ishlab chiqarishning yaqona omili qilib ko’rsatilgan” deb qarshi chiqishi mumkin. Agar 5-bobda muhokama qilingan Rikardian modelini omil miqdori modeliga aylantirsak, bu namunadagi Yaponiya kabi ishchi kuchi tanqis, yuqori ish haqi bor mamlakat ishchilariga savdoning zarari bo’lishi mumkin. Ammo bu savdo rivojlanayotgan mamlakat ishchilariga ziyon keltiradi degan da’voga yordam bera olmaydi. Boshqa tarafdan esa, kam ish haqi oladigan mamlakat ishchilariga savdoning foyda keltirishi haqidagi ishonchni kuchaytiradi: odatiy iqtisodiy tahlil shuni ko’rsatadiki, yaponlar kabi kapitalga boy millat ishchilari Veytnam kabi kam daromadli ishchi kuchi serob mamlakat bilan savdo qilish orqali ziyon ko’rishi mumkin. Mehnat resursi ko’p mamlakat ishchilari daromad taqsimotining ularning foydasiga o’zgarishidan foyda olishadi. Bu holatda, iqtisodchilar veytnamliklar ish haqi yaponlar bilan taqqoslaganda juda kam deb tortishishi mumkin, bu muqarrar holat chunki Veytnamda ancha past umumiy mahsuldorlik kabi boshqa imkoniyatlar yetarli emas. Va ish haqi va mehnat sharoitlari Veytnamda daxshatli ko’ringan vaqtda, ular mamlakatda yaroqli hisoblangan muqobillarining rivojlanishini aks ettiradi. Haqiqatan, chet el fabrikalaridagi ishchilarning keskin ko’payishi bu ishchilar o’zlari uchun muqobil deb topishgan ishni afzal ko’rishlaridan dalolatdir. Boshqa so’z bilan aytganda, odatiy iqtisodchining tortishuvi shundayki, agar globalizatsiya sodir bo’lmaganida, rivojlanayotgan mamlakat ishchilari oladigan kam ish haqiga qaramasdan bu ishchilar yaxshiroq yashashar edi. Bazi faol jamoatchi bu tortishuvga e’tibor bermaydi, ular erkin savdoni oshirish ikkala mamlakat ishchilarini ham yomon ahvolga solidi deb o’ylashadi. Balki eng mashhur tortishuv sababi bu kapitalning xalqaro harakati erkin bo’lgan vaqtda, mehnatning bunday bo’la olmasligidir. Bu oson harakat esa kapitalistga savdolashish ustunligini beradi. Biroq, 4-bobda ko’rganimiz kabi, xalqaro harakatlanish omili ta’siri jihatidan xalqaro savdoga o’xshashdir.
Download 360.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling