12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Atrof-muhit va madaniy muammolar


Download 360.84 Kb.
bet11/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
1chi

Atrof-muhit va madaniy muammolar

Globalizatsiyaga qarshi shikoyatlar mehnat muammolaridan chetga chiqdi. Ko’plab tanqidchilar globalizatsiya atrof-muhit uchun salbiy ta’sir ko’rsatadi deb tortishishdi. Rivojlanayotgan mamlakatlarning eksport tarmoqlaridagi atrof-muhit me’yorlari rivojlangan mamlakatlardagi tarmoqlarga nisbatan ancha yomonligi jihatidan bu da’vo bexato aytilgan haqiqat edi. Bundan tashqari ko’plab hollarda, rivojlangan mamlakat bozorlarini mahsulot bilan ta’minlashni deb atrof-muhitga katta zarar yetkazilgan va yetkazilmoqda. Yorqin misol sifatida yog’och mahsulotlarni Yaponiya va G’arbning bozorlarida sotish uchun Janubiy Osiyodagi o’rmonlardan yog’ochlarning olib ketilganligini aytish mumkin.

Boshqa tarafdan, global iqtisodiyotga qo’shilishni istamagan mamlakatlarning “ichkariga e’tibor” siyosati ham borki, bu nom ostidagi atrof-muhitga yetayotgan zarar kamida yuqoridagi kabidir. Yorqin misol sifatida ichki hududlarning rivojlanishi uchun subsidiyalar joriy qilgan mahalliy siyosat natijasida Braziliyadagi yomg’irli o’rmonlarning katta qismi vayron qilinganini keltirish mumkin. Bu siyosat eksport uchun hech narsa qilmadi, aslida bu Braziliya ichki rivojlanishga harakat qilayotgan vaqtda boshlandi.

Mehnat standartlaridagi kabi, bu holatda ham tomonlar “savdo kelishuvi atrof-muhit standartlarni o’z ichiga olishi kerakmi, yo’qmi” savoli ustida bahs olib borishdi. Bir tomondan, bu narsa tarafdorlari bu kabi kelishuvlar atrof-muhitga oid barcha tashvishlarga biroz bo’lsa-da yordam berishini ta’kidlashdi. Boshqa tarafdan esa, qarshi tomon savdo kelishuvlariga atrof-muhit standartlarini kiritish natijasida G’arb standartlari kabi standartlarni joriy qila olmagan kambag’al mamlakatlarning eksport imkoniyatlari kamayib ketishini aytishadi.

Bundan tashqari globalizatsiyaning mahalliy va milliy madaniyatga ta’siri borasida ham ayyorona muammo bor. Bozorlar qo’shilishining o’sishi dunyodagi madaniyatningning umumlashuviga(gomogenizatsiya) olib kelishi mumkiligi jihatidan bu to’g’ri. Butun jahondagi odamlarning bir xil kiyim kiyishga, bir xil ovqat yeyishga, bir xil musiqa eshitishga hamda bir xil film va TV ko’rsatuvlarni ko’rishga moyilligi oshib bormoqda.

Bularning aksariyati faqatgina madaniyat umumlashuvi emas balki amerikalashish hamdir. Masalan, hozirda McDonaldni har yerdan topishingiz mumkin, sushini ham. Golivud jangari filmlari jahon bo’yicha yetakchilik qilmoqda, ammo Matritsa kabi Golivud blokbasterlaridagi jang sahnalari Gong Kong harbiy san’ati filmlaridagi an’analarga moslab ishlangan.

Madaniyatning umumlashuvidan biror narsa yo’qotayotganimizni rad etish qiyin. Shu sababli siyosat vakili sifatida teatrlarda ko’rsatilayotgan Amerika filmlari sonini yoki dengizorti ko’rsatuvlariga asoslangan ko’rsatuvlar qo’yiladigan vaqtlarni cheklash orqali madaniy farqlarni saqlashga urinib, bozor inqiroziga sabab bo’lishi mumkin.

Biroq tezda bir prinsip bu bahsda siljish qildi. Bu quyidagilarni o’z ichiga olardi: erkin jamiyatdagi individual shaxs huquqiga ko’ra, u o’zi istagani usulda ko’nglini ko’tarishi mumkin. Agar Amerika madaniy mustaqilligidan himoya qilinayotgan hududda sizni Rolling Stonesni eshitish yoki Jeki Chan filmlarini ko’rish huquqidan mahrum qilishsa, siz o’zingizni qanday his qilasiz?




Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling