12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv
Download 360.84 Kb.
|
1chi
Bangladesh fojiasi
Bangladesh juda kambag’al mamlakat. Jahon Banki hisob-kitobiga ko’ra, 2010-yilda 77 % Bangladesh aholisi kunlik 2 $ dan kam pulga, 43 % aholisi kunlik 1.25 $dan kam pulga yashar edi. Biroq, aqlga sig’dirish qiyin bo’lsa-da, bu raqamlar yaqin o’tmishdagiga nisbatan katta rivojlanishni ifodalaydi: 1992-yilda 93 % aholi bugungi kundadi dollarga nisbatan kunlik 2 $dan kam pulga, 67 % aholi esa 1.25 $dan kam pulga kun ko’rishgan. Bu kambag’allikdagi pasayish aholi jon boshiga to’g’ri keladigan YaIMning ikki baravar ko’payishiga sabab bo’lgan 20 yillik ajoyib iqtisodiy o’sishning mahsuli edi. Bangladeshdagi o’sish o’z navbatida oshib borayotgan eksportga, ayniqsa, kiyim-kechak eksportiga qattiq suyangan edi. 11-bobda keltirib o’tilgani kabi, Bangladesh kiyim-kechak sanoati qiyosiy ustunlikning klassik holatida edi: hattoki boshqa rivojlanayotgan mamlakatlarga nisbatan mahsuldorlik past, ammo bangladeshning boshqa tarmoqlarida bundanda past nisbiy mahsuldorlik mavjud edi. Xullas, u kiyim-kechak eksporti bo’yicha quvvat markaziga aylandi. Biroq Bangladeshning kiyim-kechak tarmog’idagi raqobatbardoshliligi kam ish haqi va yomon mehnat sharoitga suyanar edi. Qanchalik yomon? 2013-yil 24-aprelda Bangladeshdagi bir qancha kiyim-kechak fabrikalaridan tashkil topgan 8 qavatli binoning qulashi va 1200dan oshiq insonning halok bo’lganligi haqidagi xabar dunyoni shok holatga tushirdi. Tekshiruvlardan shu narsa aniq bo’ldiki, yoriq bir kun avval paydo bo’lgan, ammo fabrika ishchilarga nima bo’lganida ham ishlariga qaytish buyurilgan. Yana shunisi ma’lum bo’ldiki, bino strukturasi ishlab chiqarish ishlariga mos bo’lmagan, bundan tashqari bir necha qo’shimcha qavat ruxsatsiz qo’shilgan. Va kim bu kabi xavfli holatlarda ishlab chiqarilgan kiyimni xarid qilar edi? Biz! Binodagi fabrikalar G’arbdagi mashhur kiyim-kechak brendlarini kiyim bilan ta’minlar edi. Aniqki, Bangladesh birinchi navbatda alohida bino bilan ta’minlashi va ishchi xavfsizligi uchun qonunlar chiqarib ishchilar himoyasi choralarini ko’rishi kerak edi. Ammo qanday qilib boy millatdagi iste’molchilar, ya’ni ular ularidagi biz, bu narsaga ma’sulmiz? Bizning kechiktirmasdan qiladigan instinktiv javobimiz bundayin ishchilarga yomon munosabat ko’rsatilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni xarid qilmasligimizdir. Ammo ko’rib o’rganimizday, Bangladesh kiyim eksportiga juda ham muhtoj va buni agar ishchilari G’arb standartlariga nisbayan kam haq olgandagina amalga oshirish mumkin. Haqiqatan ham, ularga kiyim-kechak sanoatida yuqoriroq mahsuldorlikka ega bo’lgan Xitoydagidan ham kamroq haq to’lash kerak. Va biz nimani xohlamaylik, kam ish haqi va yomon mehnat sharoiti birgalikda bo’lishga moyildir. Bu shikastlanishni tugatish o’rniga Bangladeshga yordam berish uchun hech qanday yordam berib bo’lmasligini anglatadimi? Yo’q. odamlar qonuniy yoki oddiy usuldagi iste’molchi bosimi orqali faqat Bangladeshga emas, uning raqobatdoshlariga ham mehnat sharoitlari uchun asosiy standartlarni talab qilishga urinishni tasavvur qilib ko’rishi kerak. Agar ular juda orzuga beriluvchan bo’lishmasa, bunday standartlar Bangladesh ishchilari hayotini mamlakat tayanadigan eksportlarni vayron qilmagan holda yaxshilash mumkin. Biroq bu oson bo’lmaydi. Va hech kim bunday choradan ko’p narsa kutmasligi kerak. Kutilayotgan kelajakda, ikkita noqulay asos kambag’al mamlakatlar bilan birgalikda savdoga kelganida haqiqatga aylanishni davom etadi: bu mamlakatlardagi ishchilar G’arbdagilar tasavvur qilganidan ko’ra yomonroq ish haqi va mehnat sharoitidan azoblanishadi, biroq bu ishchilar tayyorlagan narsalarni xarid qilishni rad etish ularni yomonroq holga tushiradi.
Download 360.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling