12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv
Globalizatsiya, o’sish va ifloslanish
Download 360.84 Kb.
|
1chi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ifloslangan hududlar” muammosi
Globalizatsiya, o’sish va ifloslanish
Odatda ishlab chiqarish ham iste’mol ham qo’shimcha ravishda atrof-muhit zarasiga olib keladi. Fabrikalar havoga zaharli gaz chiqaradi va ba’zan suvga oqindi tashlashadi; fermerlar oxirida suvga qo’shilib ketadigan o’g’itlar va pestitsidlardan foydalanishadi; iste’molchilar zahar chiqaradigan mashinalar haydashadi. Natijada, shunga teng ravishda ishlab chiqarish va iste’mol oshishi natijasida iqtisodiy o’shish yuzaga keladi, va bu atrof-muhitga ko’proq zarar keldiradi. Biroq, boshqa narsalar teng emas. Mamlakat boyigan sari, ishlab chiqarish va iste’mol tarkibini biror narsa uchun o’zgartirishadi, bu qisman atrof-muhitga ta’sirni qisqartirishga moyil bo’lgan vosida qilinadi. Masalan, AQSh iqtisodiyoti mahsulot ishlab chiqarishdan ko’ra xizmat ko’rsatishga o’tayotganida u YaIM ning har bir dollariga keladigan xomashyo va energiyadan kamroq ishlatishga moslashadi. Qo’shimcha ravishda, boylikning o’sishi atrof-muhit sifati uchun siyosiy talabning oshishiga olib keladi. Natijada AQSh yoki Yevropa bilan rivojlanayotgan mamlakatning katta shaharlariga borib, ikkala joyda ham nafas olgan har qanday odamga boy mamlakatlar kambag’al mamlakatlarga nisbatan suv va havo tozaligini ta’minlash uchun nisbatan qat’iy boshqaruv o’tkazayotganday tuyuladi. 1990-yil boshlarida, Princeton iqtisodchilari Jen Grosman va Alan Kryuger milliy daromad darajasi va sulfat dioksid kabi zaharlovchi orasidagi bog’liqlikni o’rganishdi. Va iqtisodiy o’sishning o’rnini qoplovchi ta’siri atrof-muhit borasidagi Kuznet egri chizig’i sifatida ma’lum bo’lgan, jon boshiga to’g’ri keladigan daromad va atrof-muhit zarari o’rtasidagi bog’liqlikni yaqqol ifodalovchi “to’nkarilgan U” ga sabab bo’lishini topishdi.3 Uzoq tadqiqotlar orqali tasdiqlangan bu bo’g’liqlik tushunchasi 12-3chi rasmda sxematik ifodalangan. Bundagi shundan iboratki, iqtisodiy o’sish tufayli mamlakatda jon soniga nisbatan daromadning oshishi, dastlab artof-muhidga ham zararning olib keladi. Shu sababli yaqin 10 yillikda iqtisodiyoti olg’a siljigan Xitoy A nuqtadan B nuqtaga o’tish bosqichidadir: mamlakat o’z elektr stansiyalarida ko’proq ko’mir yoqqani va fabrikalarda ko’proq mahsulot chiqargani sari, u havo ko’proq sulfat dioksidi chiqaradi va daryoga ko’proq oqindi tashlaydi. Ammo mamlakat yetarlicha boy bo’lganida, u tabiatni himoya qilish uchun harakat qilishga qurbi yetadigan bo’ladi. ASQh yaqin yillar ichida boyigani sari, u ifloslanishga cheklov qo’yishni ham boshladi. Masalan, mashinalarda tutunni kamaytiradigan katalitik konverterlar(almashtiruvchi) bo’lishi talab etiladi va hukumatning litsenziya loyihasi elektr stansiyalaridan chiqadigan sulfat dioksidlarga cheklovlar belgilaydi. 12-3 rasmga ko’ra, mahalliy havo ifloslanishi jihatidan AQSh biroz oldinroqda va C dan Dga harakatlanayapti: boy bo’la boshlagani sari tabiatga kamroq zarar yetkazmoqda. Buning xalqaro savdo bilan qanday aloqasi bor? Savdoni erkinlashtirish asosan iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradigan yerlarda amalga oshiriladi. Buni bajarishda qisman muvaffaqiyatga erishadi va jon boshiga daromadni oshiradi. Bu artof-muhitni yaxshilaydimi yo yomonlashtiradimi? Bu iqtisodiyotning Kuznets egri chizig’ida qaysi tomonda turganligiga bog’liq. Rasmiy hujjatda NAFTA kelishuvi atrof-muhit uchun zararli deb hisoblaydigan tanqidchilarga qisman javob sifatida Grossman va Kryuger Meksika egri chiziqning o’ng tomonida turganligini va NAFTAning Meksika daromadini oshirishi tabiatga yetadigan zararning kamayishiga sabab bo’lishi mumkinligini aytib o’tishadi. Biroq, har qanday holda ham atrof-muhitni ifodalovchi Kuznets egri chizig’i globalizatsiya atrof-muhit uchun ijobiy holatliga ishora qilmayapti. Ma’lumot o’rnida, jahon darajasiga ko’ra globalizatsiya hech bo’lmaganda shu paytgacha tabiatni zararlab kelganligini osongina dalil qilib olish mumkin. Bu munozara quyidagicha boradi: eksport ustun bo’lgan iqtisodiyoti 1980-yildan buyon misli ko’rilmagan o’sishga erishgan Xitoy globalizatsiyadan yagona va eng katta manfaat oluvchi bo’lib kelmoqda. Shu bilan birga, yagona va eng katta atrof-muhit muammosi iqlim o’zgarishi bo’lmoqda. Chuqur ilmiy tekshiruvlar xulosasi shu bo’ldiki, karbonat angidrid va boshqa issiqxona gazlarining havoga chiqishi yerning o’rtacha haroratining oshishiga sabab bo’lmoqda. Xitoydagi keskin o’sish karbonat angidrid chiqishining juda katta o’sishi bilan bog’lanib kelgan. 12-4 rasmda 1980-yildan 2011-yilgacha AQSh, Yevropa va Xitoydan havoga karbonat angidrid ajralishini ko’rsatgan. 1980-yilda Xitoy iqlim isishida eng kichim omil edi; 2008-yildan, ulkan foyda hisobiga dunyoning asosiy issiqxona gazlarini chiqaruvchisiga aylandi. Shuni anglash kerakki, bu yerda muammo globalizatsiyada emasligiga qaramay, bu asosan globalizatsiya natijasida kelgan Xitoyning iqtisodiy muvaffaqiyati tufaylidir. Va atrof-muhit muammosiga qaramasdan, 100 millionlab aholini o’ta qashshoqlik holatida olib chiqqan Xitoydagi o’sishni yomon narsa deb ham bo’lmaydi. “Ifloslangan hududlar” muammosi Agar kemalar faoliyatini davom etish uchun juda eskilik qilsa, ularning metal parchalari va boshqa materiallarini tuzatish uchun bo’laklarga bo’linadi. “kema buzish”ning bir ko’rinishi uni qayta ishlash shaklidir: kema buzuvchi firmalar kemalarni zanglashga mahkum qilmasdan, uni bo’laklaydi va uning qismlaridan qayta foydalanadi. Natijada, bu qutqarish shuni anglatadiki, kamroq temir rudasi, kamroq neft qazib olinadi, va hokazolar. Kema buzish artof-muhit uchun yaxshi bo’lishini umid qilish mumkin. Biroq, bu vazifa atrof-muhit uchun zararli bo’lishi mumkin: kema bakidan olingan qoldiq yoqilg’iga, ichki jihozlaridagi va stullaridadi plastikka ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’linmasa, mahalliy artof-muhitga zarar keltirishi mumkin. Natijada, rivojlangan mamlakatlardagi kemani qismlarga ajratish jarayoni atrof-muhitni tartibga solishga aloqador masalaga aylandi. Kemalar Baltimor yoki Rottemdamda qismlarga ajratilganda, atrof-muhitga zarar yetmasligi uchun juda katta ehtiyotkorlik amalga oshiriladi. Ammo shu kunlarda kemani qismlarga ajratish jarayoni kamdan kam hollarda rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilmoqda. Buning o’rniga, bu jarayon Hindistondagi Alang kabi kemani qismlarga ajratish markazlarida amalga oshirilmoqda. Bunda kemalar qirg’oq bo’yidagi sayoz yerda to’xtashadi, so’ng olov purkab kesadigan asboblari bo’lgan odamlar tomonidan qismlarga ajratiladi va ular ko’plab ifloslanishni qoldirishadi. Natijada, Alang ifloslangan hududga aylangan: xalqaro savdo sharofati bilan, ba’zi mamlakatlardagi atrof-muhitning kuchli nazoratiga qaram bo’lgan iqtisodiy faoliyat kamroq tartibga solingan boshqa mamlakatda amalga oshirilmoqda. Ba’zi faol jamoatchilardan iborat guruhlar ifloslangan hududlar muammosidan juda xavotirlanishadi. Rostdan ham, Greenpeace tabiatni muhofaza qilish guruhi Alang ustidan atrof-muhitning yuqori standartlari yuklatilishini talab qilishi tufayli bu hududni diqqat markaziga olib keldi. Haqiqatan, ifloslangan hududlar borasida ikkita savol paydo bo’ldi: (1) Ular rostdan ham muhim omilmi? Va (2) ular xalqaro muzokaralar mavzusi bo’lishga arziydimi? Birinchi savol ustida olib borilgan amaliy tajribalar isloslangan hududlarning xalqaro savdoga ta’siri juda kichik ekanlini ko’rsatdi. Bu shundayki, “iflos” sanoatning kuchsiz atrof-muhit tartibiga ega mamlakatga ko’chganligi borasidagi dalillar ko’p emas.4 Hattoki, kemani qismlarga ajratish tarmog’ida ham, Hindistondagi past ish haqi, keng atrof-muhit cheklovlaridan ko’ra ko’proq qiziqishga sabab bo’ladiganday ko’rinadi. Ikkinchidan, millatlar bir-birlarining atrof-muhit borasidagi siyosatiga qonuniy e’tibor qaratishi kerakmi? Bu atrof-muhit muammosining tabiatiga bog’liq bo’lib chiqadi. Ifloslanish salbiy tashqi ta’sirning klassik namunasidir, individuallarga boshqalar uchun chiqim yuklatiladi, ammo u to’lanmaydi. Shu sababli isloflanish hukumatning aralashuvi uchun asosli sababdir. Biroq, ifloslanishning turli shakllari turli hududiy o’lchamga ega va faqatgina milliy chegaralar bo’ylab yoyilganlarigina shak-shubhasiz xalqaro tashvishga sabab bo’lishga loyiq. Shu tufayli, Hindistondagi kemani qismlarga ajratish Alangdagi mahalliy artof-muhitni ifloslantiradigan darajada ekan, bu Hindistonning muammosidir; bu boshqa mamlakatlar uchun muammo bo’lib ko’rinishi biroz tushunarsiz. Shu kabi, Meksika shahridagi havoning ifloslanishi Meksikaning muammosidir; bu nega AQSh e’tiboriga sabab bo’lishi kerakligi tushunarsiz. Boshqa tarafdan esa, karbonat angidridning havoga tarqalishi barcha mamlakatlarning kelajakdagi iqlimiga ta’sir etadi. Bu xalqaro darajadagi tashqi ta’sirdir va xalqaro muzokaralar mavzusi bo’lishga arziydi. Shu nuqtada, darajasiga ko’ra salbiy xalqaro ta’sirlarga olib keladigan ifloslangan hududlar voqeasi sodir boladigan tarmoqlarning muhim namunalarini hal qilish qiyindir. Biroq, agar ba’zi asosiy iqtisodiyotlar iqlim o’zgarishini chegaralash borasida kuchli siyosatni amalga oshirsa bu vaziyat keskin o’zgarishi mumkin.
Download 360.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling