12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv
Download 360.84 Kb.
|
1chi
Asosiy atamalar
Tilanchi qo’shning siyosati Brander-Spenser tahlili Uglerod tariflari Atrof-muhitga bog’liq Kuznets egri chizig’i Qo’shimcha qaytim Tashqi ta’sirlar Ifloslangan hududlar Strategik savdo siyosati Muammolar Mamlakatning ijtimoiy yordamini oshirishini ko’ra olgan holatda ham strategik savdo siyosatini amalga oshirishning qanday noqulay tarafi bo’lishi mumkin? Ko’pchilik yaqin kelajakda fazoni o’rganish oddiy holat bo’lib qoladi va bu sun’iy yo’ldoshdan foydalanish borasidagi katta qadam bo’ladi. Bu AQShning fazo tadqiqotlari sohasidagi liderligi ta’minlashga mo’ljallangan siyosatni amalga oshirishi kerakligini anglatadimi? Ko’plab Yevropa siyosati tanqidchilari Yevropa Ittifoqi va uning a’zo mamlakatlarini asosiy tadqiqotlar uchun juda ko’p subsidiya ajratishini tanqid qilishadi. Buning o’rniga, talab qilinayotgan tadqiqot Yevropa kompaniyalari uchun qiyosiy ustunliklarni yaratishga ruhlantirilishi kerakligini aytishadi. Tushuntiring. Brander-Spenserning Airbus va Boeing misolida strategik siyosatning ishlashishiga imkon beradigan asosiy faraz nima? Rivojlanayotgan mamlakatlardagi ba’zi sotuvchilar yuqori ish haqiga ega rivojlangan mamlakat mahsulotlarini sotadi, ammo iste’molchilarni bu mahsulotlar yuqori sifat darajalari asosida ishlab chiqilganiga ishontirishadi. Bu kabi kafolat talab qilish eksport uchun subsidiya talab qilish kabimi? Dengizortidagi iste’molchilarga yana qaysi yo’l orqali foyda keltirish mumkin? Atrof-muhit muhofaza qilish bo’yicha JSTga qarshi asosiy tanqid nima? Atrof-muhit masalalarini o’z ichiga olgan savdo bahslarida JST o’z pozitsiyasini qanday oqlaydi? Strategik savdo siyosatiga tasodifiy tez kirishiga qo’shimcha ravishda, Fransiya fransuz san’ati, musiqasi, modasi, pishiriqlari vas hu kabilarni qo’llab-quvvatlaydigan faol millatchilikka asoslangan madaniy siyosatni davom etadi. Bu balki birinchi navbatda tezlik bilan umumiylashayotgan dunyoda milliy shaxsiyatni saqlab qolishga urinish masalasidir, ammo ba’zi fransuz rasmiylari bu siyosatni iqtisodiy sohada ham himoya qilishadi. Strategik savdo siyosati sifatidagi bunday siyosatning ba’zi xususiyatlari qanday himoya qilinadi? Ko’p mamlakatlarda iste’molchilarga mo’ljallangan ammo ishlab chiqaruvchilar to’laydigan qo’shilgan qiymat solig’I mavjud. (aslida bu shunchaki savdo soliqlarini yuklashning bilvosita usulidir.) bu kabi qo’shilgan qiymat solig’lari hamisha import mahsulotlardagi bir xildagi soliq bilan birga bo’ladi. Bu kabi import soliqlari qonuniydir, chunki bu bir xil darajada xarid qilishadigan barcha iste’molchilarga belgilanadigan bilvosita soliq turidir. Bu vaziyatni uglerod tariflari bo’yicha bo’layotgan tortishuv bilan taqqoslang. Nega himoyalovchilar bunday ta’riflarni qonuniy deyishmoqda? Qanday e’tirozlarni o’ylay olasiz? Bizning savdodagi odatiy modellarimiz bir tarmoqdagi ish o’rni yo’qolishi boshqa tarmoqda erishilgan ish o’rni bilan qoplanadi deb faraz qiladi. Biroq maqola mualliflari import tufayli yo’qotilgan ishlab chiqarishdagi ish o’rinlari boshqa ishlarning ham yo’qolishiga olib keldi deb e’tirof etishdi. Bu zid fikr emasmi? Download 360.84 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling