12-bob Savdo siyosatidagi tortishuv


Uglerod tarifi muhokamasi


Download 360.84 Kb.
bet16/19
Sana08.01.2022
Hajmi360.84 Kb.
#238006
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
1chi

Uglerod tarifi muhokamasi

2009-yilda AQSh Vakillar Palatasi tomonidan issiqxona gazlari uchun kapital va savdo tizimi qonun loyihasini qabul qildi. Ya’ni, bu shunday tizimki, cheklangan miqdordagi emissiya(gaz chiqarish) litsenziyalari chiqariladi va kompaniyalar o’zlari chiqarayotgan gaz miqdori qoplash uchun keraklicha litsenziya sotib olishlari kerak bo’ladi. Natijada karbonat angidrid va boshqa gazlarga narx joriy qilindi. Senat shunga o’xshash boshqa loyihalarda muvaffaqiyatsizlikka uchradi, va iqlim o’zgarishi to’g’risidagi qonun hujjatlari haligacha ko’rib chiqilmoqda. Shunga qaramay, Vakillar palatasida kerakli hujjatlar shaklini aks ettirgan asosiy savdo qoidalari bor edi. Bu qonun bunday siyosatni amalga oshira olmaydigan mamlakatlar importiga uglerod tariflarini yuklagan edi.

Bu nima degani? Iqlim o’zgarishi to’g’risadagi qonun yuzasidan bir savol paydo bo’lgan edi, ya’ni faqatgina ba’zi mamlakatlar buni bajara olsa, bu samara beradimi? AQSh dunyo bo’yicha chiqariladigan gazlarning bir qismigagina egalik qiladi va 12-4 chizmada ko’rganimizdek, u eng katta gaz chiqaruvchi emas. Shunday ekan, gaz chiqarishni qisqartirish uchun AQSh tomonidan olib borilgan bir yoqlama chora global emissiyada va kelajakdagi iqlim o’zgarishida faqatgina cheklangan samaraga olib kelishi mumkin. Qo’shimchasiga, uglerodga qo’yilgan yuqori narxlar siyosati avvalgidan ko’ra ko’proq ifloslangan hududlar yaralishiga ta’sir etishi mumkin. Ya’ni bu ko’p gaz chiqaradigan tarmoqlarning iqlim o’zgarishiga qarshi kuchli siyosat yuritmaydigan mamlakatlarga joylashishi va “uglerod oqishi”ga sabab bo’lishi mumkin.

Bu vaziyat uchun aniq javob bu global miqyosda mulohaza olib borish va asosiy iqtisodiyotlarning bir xil siyosatni amalga oshirishidir. Ammo bu kelishuv kutilganidek bo’lishiga kafolat yo’q. chunki Xitoy kabi ba’zi mamlakatlar boy mamlakatlar kabi yuqori yashash standartlariga ega bo’lmaganliklari sababli atrof-muhit borasida kuchsizroq siyosat yuritish huquqiga ega bo’lishni istashlari mumkin.

Unda javob qanday? Ugrerod tariflari ortida turgan g’oya iqlim o’zgarishi borasida siyosatni amalga oshirmaydigan mamlakat mahsulotlari importchilaridan bu mahsulotlarni ishlab chiqarishga ajratilgan karbonat angidridga proporsional tarzda pul undirishdir. Har bir tonna gaz uchun to’lov mahalliy bozordagi emissiya litsenziyasi narxiga teng. Bu siyosat dengizorti mamlakatlariga uglerod emissiyasini cheklashga va ishlab chiqarishni kuchsiz tartibga solingan mamlakatlarga ko’chirishga rag’bat beradi. Qo’shimcha ravishda, bu kuchsiz tartibga solingan mamlakatlarga o’zlarining iqlim o’zgarishi siyosatini amalga oshirishida rag’batlantiruvchi omil bo’lishi mumkin.

Uglerod tarifi tanqidchilari bu proteksionizm va mahalliy va xorijiy mahsulot o’rtasidagi farqni cheklash orqali xalqaro savdo qoidalarini buzish deb e’tirof etishadi. Buni qo’llab-quvvatlovchilar esa shunchaki mahsulotlarni import qiluvchilar va mahalliy ishlab chiqaruvchilarga mahalliy iste’molchilarga sotishda issiqxona gazlarini chiqarganliklari uchun kerakli to’lovni to’lash orqali teng sharoit yaratishmoqda deb ta’kidlashadi. Va uglerod tariflari teng sharoitlar yaratar ekan, ular mavjud savdo shartlariga ham mos tushishi keraklini talab qilishadi.

Bu paytda uglerod tariflari masalasi nazariydir, chunki hech qaysi yirik iqtisodiyot issiqxona gazlari emissiyasi uchun kerakli narxni qo’yganicha yo’q. Mos ravishda, JST bu kabi tarifning qonuniyligi yuzasidan hech qanday qaror chiqargani yo’q va balki aniq holatlar paydo bo’lmagunicha chiqarmasa ham kerak. Ammo ertami kechmi shu narsa aniqki, agar iqlim o’zgarishi to’g’risida qonun chiqarish yana mashhur bo’lsa, bu savdo siyosatida yangi muhim muammolarga sabab bo’ladi.


Download 360.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling