12-Мa’ruza: Gaz ta`minoti sistemalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Reja


Gaz quvurlari shahobchalarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish


Download 60.02 Kb.
bet2/10
Sana31.01.2024
Hajmi60.02 Kb.
#1828552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
12-Maruza (1)

12.2. Gaz quvurlari shahobchalarini boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatish.
Shahar gaz ta’minoti sistemalaridan foydalanishdan asosiy maqsad istemolchilarni uzluksiz gaz bilan ta’minlash, foydalanishda xavfsiz-likni ta’minlash, gaz tarmog‘da kerakli bo‘lgan gaz bosimini ta’minlab turish o‘z vaqtida nosozlik gaz quvurlari va qurilmalarining shikast-lashganligi aniqlash va bartaraf etish, qurilgan gaz quvurini qabul qilish va foydalanishga topishrishlar kiradi.
Gaz ta’minoti sistemalaridan foydalanishni tashkil etish strukturasi bajarilayotgan ishning hajmiga va istemol qilinayotgan gazning miqdoriga bog‘liqdir. Shuning uchun ham yirik shaharlarda gazdan foydalanish boshqarma yoki trestlar orqali amalga oshirilsa kichik shaharlar va qishloq aholi punklarida - gazdan foydalanish tashkil etuvchi tuman yoki viloyat gaz boshqarmasiga qarashli tashkilotlar yoki xo‘jaligi bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Gazdan foydalanishni tashkil etuvchi bunday tashkilotlarning tarkibiga yer osti gaz quvurlaridan foydalanish xizmati bino ichki gaz jihozlari va dispetcher - avariya xizmati bo‘linmalari kiradi.
Yer osti gaz quvurlaridan foydalanish xizmatiga tarmoqlangan tashqi gaz quvurlarini tamirlash va xizmat ko‘rsatish yer osti gaz quvurlarini karroziyadan himoyalash yangi gaz quvurlarini harakatdagi gaz quvurlariga bog‘lash GBSH va GBK xizmat ko‘rsatish va ularni foydalanishga qabul qilish payvand ishlarini bajarishlar kiradi.
Bino ichki gaz jihozlaridan foydalanish xizmatiga, turar joy binolari, kommunal - maishiy va sanoat korxonalaridagi gaz jixozlariga xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash, foydalanishga topshirish; tarmoqdagi gaz miqdori hisobi; suyultirilgan uglevodorodli gaz qurilmalariga xizmat ko‘rsatish va foydalanishga qabul qilish;
Dispetcher - avariya xizmatiga, sutka davomida gaz quvurlari va qurilma-larining shikastlanganligi to‘g‘risidagi arizalar qabul qilish, avariyaga uchrashning oldini olish, profilaktik xizmatlar, tarmoqdagi gaz bosimini va ularning gidravlik ish tartibi nazorat qilish; avariya va shikastlanishni tahlil etish va hisobga olish; tarmoqlangan gaz quvurlarida bajariluv xujjatlarini saqlash, va o‘zgartirishlar kiritish, to‘ldirishlar kiradi.
Har bir xizmat ko‘rsatuvchi bo‘linma muhandis - texnik xodimlar, va malakali ishchilar bilan, ta’minlangan va moddiy bazaga ega bo‘lishi kerak.
Gaz ta’minoti sistemalaridan foydalanish ehtiyotkorlikni talab etadi, chunki gaz quvurlari va uskunalaridan gazning chiqishi, gaz havo aralashmasining hosil qilinishi portlashga olib kelish mumkin. Bundan tashqari, gazning to‘liq yonmasligi, chiqindi tutun gazlarning chiqib ketishning ta’minlanmaganligi, gaz uskunalari o‘rnatilgan binolarda havo almashtirish sistemalarining yetarli emasligi, odamlarning zaharlanishga olib kelishi mumkin. Shuning uchun har qanday gaz ta’minoti bilan aloqador binolar inshoatlarning loyihalanishi, qurilishi va ulardan foydalanish foydalanish qat’iy nazoratda me’yoriy hujjatlar asosida «gazdan xavfsiz foydalanish qoidalari» ga rioya qilingan holda amalga oshiriladi. Gaz ta’minoti sistemalariga xizmat ko‘rsatishda asosiy etibor o‘z vaqtida gazning chiqishni aniqlash va uning oldini olishga qaratiladi.
Gazning chiqishga sabab qo‘yidagi holatlardir; quvurlar payvandlangan joyining ajraluvi, quvur devorlarining karroziyalanishi, gaz boshqaruv armaturalarning zich yopilmasligi, kondensata yig‘uvchilar (sborniklar) va gidrazatvorlarda quvur qismlarga bo‘linishi va h.k.z.
Bino ichki va yer usti gaz quvurlarida gazning chiqishini aniqlashda ularning hid tarqalishi sovun eritmasini payvandlangan joylar surtish yordamida aniqlanadi. Yer osti gaz quvurlarida gazning chiqish joyini aniqlash qiyindir.
Profilaktik xizmat ko‘rsatishning asosida tarmoqlangan gaz quvurlarning holatini va ular joylashtirilgan inshoatlar vaqti-vaqti bilan gaz quvurlari trassalari quriq tekshiruvdan o‘tkaziladi. Quriq tekshiruvda gaz quvurlari quduqlarida gaz indikatorlari yordamida gazlanish holati tekshiriladi, bundan tashqari gaz tarmog‘ining har ikkala tomonidan 15 metr masofagacha bo‘lgan hududlarga, telefon, suv, issiq suv tarmoqlari va boshqa quduqlar kollektorlar, bino er to‘lalari va h.k.z. tekshiruvdan o‘tkaziladi. Agar biron bir inshoatda gazning chiqqanligi aniqlansa,gaz quvuridan 50 metr masofagacha bo‘lgan inshoatlar, yer turar joy binolari yer tulalari, yer osti inshoatlarida gazlanish holati tekshiruvdan o‘tkaziladi va tezlik bilan shu hududigi avariya - dispetcher xizmatiga va gazlanish bo‘lgan binolar, inshoatlarning egasiga xabar yetkaziladi.
Gaz bilan ta’minlovchi tashkilotlar tasdiqlangan grafik asosida vaqti - vaqti bilan, gaz quduqlari ichidagi, gaz armaturalari tekshiruvdan utkaziladi, kondensat yig‘iluvchilardan kondensat chiqarib tashlanadi, yer osti gaz quvurlarining elektr potensiallari o‘lchanadi, karroziyaga qarshi qo‘yilgan elektr himoyalanish qurilmalarining ish holati, gaz tarmoqlarining turli hil oraliqlaridan gazning nazorat ulchov bosimi tekshirilib quriladi, gazning odarizatsiyalanish darajasi gaz tarmoqlaring turli joylaridan namuna olinib tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Profilaktik xizmat ko‘rsatishning foydali hisoblanishi, yer osti gaz quvurlari vaqti - vaqti bilan qazilib tekshirilib turilishidir. Bunday qazilib tekshiriluvlar gaz chiqishi bo‘lganda yoki bo‘lmaganda ham amalga oshiriladi. Buning uchun gaz quvur devorlari payvandlangan joydan 0,5 metr oraliq masofada, gaz quvurining yuqori ustki qismigacha chuqurlik qazilib, qish paytida esa, qazish chuqurligi yerning muzlanish qobig‘idan kam bo‘lmasligi kerak.
Ko‘chalardan yotqizilgan gaz quvurlaridan quvurlarning bir-biriga ulangan joylarining tasviri mavjud bo‘lmaganda, huddi shunday hovlilar va mahallalarda joylangan gaz quvurlarda ham, har 2 metr oraliq masofalarda cho‘qurlik qaziladi. Chuqurlikdagi gazlanish holati gaz indikatori yordamida yoki ximiyaviy tahlil asosida tekshiriladi.
Burg‘ulash yordamida, quvurlar himoya qatlamlarining holati va quvurlarning tashqi yuza holati, 1,5 - 2 metr uzunlikda tarmoqlangan gaz quvurlar uchun har 1 km. masofada, hovli yoki mahallalardagi gaz quvuri ochilib uning holati tekshirilib ko‘riladi.
Burg‘ulanib ko‘rish muddati aniq sharoitda, gaz quvurlaridan foydalanish vaqtiga, himoyalanish turiga, karroziyalanish sharoitiga h.k.z. bog‘liq holatda aniqlanadi. Gaz quvurlari aholi punktlariga, tuproqning zanglanish ta’siri yuqori bo‘lgan joylarda bo‘rg‘ulanish tekshiruvlari har 5 yilda, zanglanish ta’siri kuchli bo‘lmagan, turar joy binolari qurilma-gan joylarda esa har 10 yilda tekshirilib ko‘riladi.
Suv ostidan yotqizilgan gaz quvurlarga profilaktik xizmat ko‘rsatish suv osti g‘ovvoslaridan foydalaniladi.
Suv ostida o‘tkazilgan gaz quvurlarining uzunligi 30 metrdan ortiq bo‘lganda, tekshiruv ishlari 2 yil muddat ichida, quvurning uzunligi 30 metrdan qisqa bo‘lganda 5 yil muddat ichida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Suv ostidan o‘tkazilgan gaz quvurlaring holatini tekshiruv maxsus kostruksiyali apparatlar yordamida amalga oshiriladi.
GBSH va GBQ jihozlaring ish holati doimiy ravishda to‘g‘ri ishlaetganligi tekshiriladi, bosim regulyatorlari, filtrlar va saqlagich klapanlar bir yil muddat ichida albatta tekshiruvdan o‘tkazilishi kerak. Manometrlar davlat o‘lchov tekshiriluvidan har yili o‘tkaziladi va belgi quyiladi.
Turar joy binolari, jamoa binolari va kommunal maishiy korxonalardagi gaz uskunalarini tekrishuvda asosiy e’tibor gaz uskunalari bog‘langan joylardan tekshiruvdan o‘tkaziladi. Tekshiruv va quruv natijalari uskunalardan foydalanuvchi qayd jurnaliga yoziladi, tutun gazi chiquvchi yulaklarning holati, akt qilinib qayd etiladi. Gaz jihozlari va uskunalaridan foydalanuvchi jurnaldagi ma’lumotlar asosida profilaktik va kapital ta’mirlash ishlarining grafigi to‘ziladi.

Download 60.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling