12-Мa’ruza: Gaz ta`minoti sistemalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi Reja
Gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari
Download 60.02 Kb.
|
12-Maruza (1)
Gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari.Gaz quvurlarida ta’mirlash ishlari qo‘yidagi ikki guruhga bo‘linadi. Profilaktik (doimiy) va kapital tamirlashga .
Avariya holati bu asosan gazning chiqishni tuzatish bilan bog‘likdir, shuning uchun ham doimiy olib boriladigan ishdir. Profilaktik gaz quvurlarning tamirlash ishlari, tarmoq qurilmalari va gaz jihozlardagi shikastlanishlarni tuzatish, yer osti gaz quvurlarni burg‘ulash va qazib ko‘rish ishlarini bajarish kiradi. Unchalik qiyin bo‘lmagan tuzatish sozlash ishlari, masalan rezbali va flyansli bog‘lanishlar orqali gazning chiqishini tuzatish ishlari, kranlarni moylash, turmushda ishlatiladigan gaz gorelkalarining mayda detallarni almashtirish va shunga o‘xshash ishlar, chilang‘ir gazchi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Qiyinroq bajariluvchi tuzatish ishlari (gaz quvurlarining qisman yoki to‘liq shikastlangan quvurlarni almashtirish, kondensatasborniklarga ketuvchi yangi quvurlarni payvandlash, eskisining o‘rniga, oraliqlarida zanglab chirigan gaz quvurlarini almashtirish, quvurlar ichida muz qoplami, yoki turli hil chiqindilar to‘plangan holda ularni almashtirish, sozlash va h.k.z.) ishlar brigadalar tomonidan kamida ikkita ishchi ishtirokida, muhandis - texnik xodimlarning rahbarligida bajariladigan ishlardir. Agarda bajarilayotgan ishlar tamirlanayotgan oraliqdagi gaz quvurida gazning to‘liq to‘xtatilishi talab etilganda, tamirlangandan so‘ng, qayta gazni yuborishdan oldin tamirlangan oraliq havo yordamida sinovdan o‘tkazilishi kerak va undan so‘ng gaz tarmog‘iga ulanadi. Rejali kapital tamirlash ishlarini gaz quvurlarida bajarilishga qo‘yidagilar kiradi. Oraliq gaz quvurlarining ko‘p qismini almashtirish, zanglashdan shikastlangan oraliqlarni almashtirish, oraliqdagi gaz quvurlari boshqa diametri quvurga almashtirish shikastlangan himoyalanishni qayta tiklash, armaturalarni tamirlash va almashtirish gaz quduqlarini tamirlash yoki qayta jixozlash, gaz quvurlarni elektrli ximoyala-nishni tamirlash yoki almashtirish kapital tamirlangan oraliqdagi gaz quvurlari qaytadan mustahkamligi va zichligi sinovlaridan o‘tkaziladi. Amalga oshirilgan ishlar aktlashtirilib qayd etiladi. GBSH va GBQ ning profilaktik tamirlashga qo‘yidagi ishlar amalga oshiriladi. Alohida jihozlarning qismlari moylanadi, tamirlanadi yoki ish holatidan chiqqan detallar almashtiriladi, qaytadan echib olinib tekshiruvdan o‘kaziladi. Uskunalar va jihozlar tamirlangandan so‘ng tekshiruvdan o‘tadi va foydalanish talabi tartibiga moslash, tirilib tovlanadi. GBSH joylashgan binodagi havodan namuna olinib gazning tarkibi tahlil etiladi Gazning chiqishi bo‘lganda, izlab topiladi va gaz chiqishi bartaraf etiladi. GBSH va GBQ ning kapital tamirlash ishlariga quyidagilar kiradi, eski jihozlarni yangisiga almashtirish joylashgan binoni kapital tamirlash, binolarda isitish sistemalarni payvandlash qayta tamirlash texnologiya aylanma (obvyazka) quvurlarni qayta tiklash ishlari kiradi. GBSH va GBQ larda kapital tamirlash ishlari to‘gagandan so‘ng texnologik aylanma quvurlar mustahkamlik va zichlik sinovlaridan o‘tkaziladi. Bajarilagan ishlar va bajarilgan ishlarning loyiha chizmalari aktga ko‘shilib qayd etiladi. Suyultirilgan uglevodorodli gazlar. (SUG) bilan ishlaydigan qurilmalarga profilaktik xizmat ko‘rsatishga, vaqti - vaqti bilan tekshiruvlar, va gaz balonlari suyultirilgan gaz joylangan sigimli idishlar gidravlik sinovdan o‘tkaziladi. Ko‘p sonli sig‘imli idishlar qo‘rilmalarning holati vaqti - vaqti bilan tekshiruv kurigidan nazorat qiluvchi inspektorlar tomonidan 10 yil ichida o‘tish kerak, gidravlik sinovlar esa har 2 yil ichida gidravlik sinovdan o‘tish yaroqligi to‘g‘risida belgi (kleymo) sinov o‘tkazilgan kun va keyingi sinovgacha muddati belgida ko‘rsatilgan bo‘lishi, yoki katta sig‘imli idishlar qurilmalarining pasportida ko‘rsatilishi kerak. Download 60.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling