12-ma`ruza. Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish Reja


Olingan natijalarni amaliyotda qo'llash usullarini ko'rsatuvchi xulosa va tavsiyalar bilan xulosa. Qo'shimcha materiallar ro'yxati


Download 18.52 Kb.
bet6/6
Sana18.11.2023
Hajmi18.52 Kb.
#1785597
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

Olingan natijalarni amaliyotda qo'llash usullarini ko'rsatuvchi xulosa va tavsiyalar bilan xulosa.
Qo'shimcha materiallar ro'yxati va mavzu ko'rsatkichi.
Agar ilmiy ish hammualliflikda yozilgan bo'lsa, boblardan biri to'liq bitta muallifga tegishli bo'lishi kerak.
Ilmiy maqola - mustaqil ilmiy tadqiqot bo‘lib, unda dolzarb muammo bo‘yicha natijalar bayon qilinadi. Ilmiy maqola vazifasi fan, madaniyat, texnika yutuqlarini tushuntirish, ommalashtirish o‘quvchining intellektual saviyasini oshirishdan iborat. Ilmiy maqola yozishdan oldin maqola nima uchun yoziladi, ish mazmuni nimadan iborat bo‘ladi, maqoladan qanday xulosa chiqarish kerak, degan savollarga javob o‘ylash lozim va maqola yozishdan aniq bir maqsadni ko‘zlash kerak bo‘ladi.
Demak, ilmiy maqola ilmiy usullardan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotning asosiy natijalarini o‘z ichiga olgan ishdir
Maqolaning hajmi nashrning o‘ziga xos talablariga bog‘liq. Qoidaga ko‘ra, matn hajmi kamida 5 mashinkada yozilgan varaq bo‘lishi kerak.
  • Ilmiy maqola yozishda birinchi bo‘lib, mavzuni belgilash, uning tahlili, reja tuzish kerak.
  • Maqolalar ilmiy uslubda yozilishi lozim.
  • Maqola faqat uchinchi shaxs tomonidan yozilishi shart. Maqola bayoni o‘quvchi uchun qulay bo‘lgan ketma-ketlikda olib borilishi, bu quyidagicha bo‘lishi kerak: umumiydan xususiyga, soddadan murakkabga qarab fikrlar bildiriladi.

Maqolaning mantiqiy tuzilmasi kirish, asosiy qism va xulosadan iborat bo‘ladi. Kirish qismida mavzu asoslanishi, ilmiy nazariy jihatdan uning istiqboli (perespektivligi) berilishi, bugungi kun talablari asosida ko‘rib chiqilishi kerak. Asosiy qismda dalillar, ilgari surilgan ilmiy xabarni tasdiqlaydigan faktlar bo‘lishi, bunda induksiya va deduksiyadan foydalanish, ya’ni aniqdan umumlashtirishga, umumiydan batafsil ko‘rib chiqishga o‘tish lozim bo‘ladi. Xulosada asosiy fikrni ixchamlab tezislar shaklida bayon qilinishi, ilgari surilgan tezisni tasdiqlaydigan umumlashmalar berilishi va muammoning dovomiyligini ko‘rsatish kerak.
Adabiyotlar
  • Khojiev A. Impact of Infringement of Environmental Balance on Human Health. // International Journal of Advanced Research in Science, Engineering and Technology. India. Vol. 5, Issue 5, May 2018.
  • Хожиев А. К вопросу выращивания экологически чистых сельскохозяйственных продуктов. // Ежемесячный научный журнал. Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. Москва. 2018, №05. -Стр.29-32.
  • Хожиев А.А. Пахта чанги дисперсияси. // Вестник Туринского политехнического института в городе Ташкенте. Ташкент. Выпуск 2. 2018. -Стр. 74-76.
  • Хожиев А., Кабулова Н., Игамбердиев М., Обидов О. Очиститель воздуха промышленного помещения. Халқаро илмий-амалий анжуман материаллари тўплами. Андижон. 1-шўба. 2018, 3-4.10. -Б. 893-896.

Nazorat savollari
  • Nazariy qismiga quyiladigan talablar.
  • Eksperimental qismini bayon qilinishi.
  • Texnik iqtisodiy hisoblarni keltirish.
  • Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish tartibi.
  • Hisobotni yozish tili.
  • Ilmiy texnik axborotlarni qanday turlari mavjud?
  • Monografiya nima?
  • Monografiyani qanday turlari mavjud?
  • Monografiyani yozilish tartibi qanday bo`ladi?
  • Ilmiy maqola nima?
  • Ilmiy maqola qanday qismlardan iborat bo`ladi?
  • Ilmiy maqolani rasmiylashtirishga qanday talablar qo`yiladi?

  •  

Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling