12-ma`ruza. Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish Reja
ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o`z ich iga oladi
Download 18.52 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Analitik sharhda
ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o`z ich iga oladi:
- bosh varaq; - bajarilgan ishlarning qisqacha mazmuni; bajaruvchilar ro`yxati; - referat; - mundarija (sarlavha); - qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro`yxati, zarur holda ularga tushuntirish beriladi; -asosiy qism; -adabiyotlar ro`yxati; - ilova. Referat o`tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalashi kerak, unda hisobotning hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot yozilgan til, asosiy so`zlar ro`yxati va referat matni haqidagi ma`lumot bo`lishi lozim. Referat matni quyidagilarni o`z ichiga oladi. - bajarilgan ish mohiyatini va tadqiqot usulini ifodalovchi asosiy qism; - referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq ma`lumotlar; - olingan natijalarning o`ziga xosligi, samaradorligi, qo`llanilishi mumkin bo`lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalar. Referatning eng maqbul hajmi 1100-1200 bosma belgi. Hisobotning asosiy qismi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: - kirish; - analitik sharh (masalaning qo`yilishi); - ishning tanlangan yo`nalishini asoslash; - bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot bo`limlari; - xulosa (xulosa va takliflar). Kirish ish bag`ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning zamonaviy ahvolini, shuningdek ishni maqsadini qisqacha tavsiflashi kerak. Kirish qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan iboratligini bayon etish va uni o`tkazish zarurligini asoslash zarur. Analitik sharhda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo`yicha adabiyotlarda keltirilgan ma`lumotlar, ITI oldida turgan masalani yangicha hal etish yo`llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo`lini asoslash boshqa mumkin bo`lgan yo`nalishlarga taqqoslash bo`yicha afzalliklariga asoslanadi. ITI tanlangan yo`nalishi va ishchi gipoteza ITI o`tkazish aniq shar tlarini hisobga olgan holda analitik shar xda mavjud bo`lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak. ITIning tanlangan yo`lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo`nalishi tegishli topshiriqlar bilan asoslanmasligi lozim. Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni ifodalovchi hisobotning qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan, salbiylari bilan birgalikda to`la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak. Download 18.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling