12-ma`ruza. Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish Reja
Ikkilamchi axborot manbalari
Download 18.52 Kb.
|
12-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Hisobot va referatning tuzilishi va mazmuni. O`tkazilgan tadqiqotlarning bayon
- Tushuntirish yozuvida
- Тexnik iqtisodiy
Ikkilamchi axborot manbalari:
Axborotni izlashni bibliografik manbalarni tanlashdan boshlash kerak. Odatda bunday ishni tadqiqotning konkret vazifasiga mos kelishini hamda izlanish rejasini hisobga olgan holda, tizimli ravishda amalga oshiradilar. Tizimsiz, noizchil izlanish har doim ko‘p vaqtni oladi. Adabiyotni izlash qanday tartibda - xronologik yondashuv asosidami yoki boshida hozirgi dolzarb muammolarga bag‘ishlangan adabiyotlarni ko‘rib chiqib, keyin oldinroq chop etilgan materiallarni tahlil zaruriyati mavjudligiga bog‘liq. Axborot manbalari, turli katalog va bibliografik ko‘rsatkichlarni bilish ish rejasiga, konkret maqsadga to‘g‘ri keladigan adabiyotlarni izlash, ular bilan ishlash sxemasini tuzib chiqishni osonlashtiradi. 2. Hisobot va referatning tuzilishi va mazmuni. O`tkazilgan tadqiqotlarning bayon qilinishida ishning eksperimental va nazariy qismlarining to`liq mazmuni, o`tkazilgan tadqiqotlar ma`lumotlarini aniqlik bahosida qayta ishlash usuli beriladi. Nazariy qismda o`rganilayotgan jarayondagi tekshirilayotgan kattaliklarning bog`lanishlari va o`zaro aloqalari analitik usulda echilib, zaruriy nazariy xulosalar chiqariladi. Eksperimental qismda o`tkazilgan tadqiqotlarni to`liq mazmuni bayon etilib olingan natijalar keltiriladi. Bu joyda olingan natijalar matematik usullarda ishlov berilib, zaruriy xulosalar chiqariladi. Tushuntirish yozuvida o`tkazilgan tadqiqotlarni mohiyatini yanada to`liq ochish uchun ularga chizmalar, rasmlar va fotosuratlar ilova qilinishi mumkin. Ishlatilgan o`lchamlarning aniqlik darajasi, o`lchash ishlari o`tkazilgan asbob shkalasining birligi aniqligida bo`lishi kerak. O`lchamlarning hamma olingan birliklari SI sistemasida keltiriladi. Тexnik iqtisodiy hisoblar o`z ichiga texnik iqtisodiy samaradorlikni aniqlovchi hisoblarni va olingan xulosalarni baholashni tanlab oladi. Ba`zi hollarda alohida ko`rsatkichlar qiymatlari to`g`risidagi ma`lumotlar etishmasligi tufayli texnik iqtisodiy samaradorlikni taxminiy hisob-kitob qilishga ruxsat etiladi. Download 18.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling