12-ma`ruza. Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirish Reja


Download 18.52 Kb.
bet3/6
Sana18.11.2023
Hajmi18.52 Kb.
#1785597
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
12-mavzu

Xulosa va takliflar quyidagilarni o`z ichiga olishi mumkin: ilmiy xulosalar; uslubiy xulosalar; hisobiy xulosalar; texnik iqtisodiy xulosalar; umumiy xulosalar.
Takliflarda o`tkazilgan tadqiqotlarni natijalaridan foydalanish bo`yicha va boshqa tavsiyalar keltirilishi mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati quyidagicha keltiriladi. Muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh harflari, adabiyot nomi, nashriyotning nomlanishi, chop etilgan yilni ko`rsatiladi.
Patentlar ko`rsatilayotganda ularning har birini qachon va qaerda chop etilganligini ko`rsatish lozim bo`ladi.
Ilmiy ish natijalarini rasmiylashtirishga quyidagicha talablar qo`yiladi:
1.O`quvchi muallif tomonidan yozilgan qo`l yozmani to`liq tushunib etishi uchun aniq bayon etilishi;
2. Materiallarning berilishi va ularning ketma-ketligini saqlash;
3. Matn ish mazmunini to`la yoritishi;
4. Fikr to`liq o`z ifodasini topishi va qaytarilmasligi kerak;
5. Olingan faktlar to`g`ri yoritilishi va ilmiy halollik bo`lishi kerak.
Ilmiy hisobot bir xilda qabul qilingan atamalarga rioya qilingan holda tushunarli tilda yozilishi zarur.
Hisobot kompyuterda ikki oraliq tashlab bosmadan chiqarilgan bo`lishi va yozuv varag`ining hamma tomonlaridan etarli joy qoldirilgan bo`lishi lozim.
Ko`rgazmalar kerakli matnlar oldidagi toza varaqlarga ixcham qilib tushurilishi, rasm osti yozuvi o`z tartib nomeriga ega bo`lishi kerak. Matndagi jadvallar ham o`z tartib nomeriga ega bo`lishi kerak.
ITI hisobotlariga quyidagi talablar qo`yiladi:
- tuzilishining aniqligi;
- materiallarni bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligi;
- dalillashning ishonchliligi;
- ifodalashning qisqa va aniqligi;
- ish natijalari bayonining aniqligi;
- xulosalarning isbotlanishi va tavsiyalarning asosliligi.
Hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari va qoidalari “ilmiy tadqiqot ishlari to`g`risidagi hisobot” bo`yicha Davlat standarti 7.32-91 da berilgan.

Download 18.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling