12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
12-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
12-MA’RUZA. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja: 1. Modda miqdori 2. Molekulyar fizika bo‘limini o‘qitishning maqsadi va asosiy vazifalari. 3. Molekulyar-kinetik nazariyaning fundamental asoslari. 4. Modda tuzilishini o‘rganishning ikki usuli. Tayanch tushunchalar: molekula, issiqlik, molekulyar-kinetik nazariya, statisti metod, termodinamik metod. Kirish. Issiqlik harakati 1. Biz fizika fanining alohida bo‘limi molekulyar fizikani o‘rganishga kirish amiz, bunda jismlarning agregat holatlari va hossalari ularning tuzilishiga, jismlarni tashkil qilgan zarralar orasidagi o‘zaro ta’sirga va zarralarning harakat xarakteriga bog‘lanishi qarab chiqiladi. Hamma jismlar uzluksiz xaotik issiqlik harakatda bo‘lgan atom, molekula yoki ionlardan tashkil topganligi bundan ancha oldin isbotlangan. Bunday tasavvurlarga asoslangan moddaning tuzilish nazariyasi molekulyar-kinetik nazariya deyiladi. Uning asosilari XVIII-asrning 40-yillarida M.V. Lomonosov tomonidan yaratilgan edi. U bu nazariyaning dastlabki qonun-qoidalarini shakllantirdi va uni turli hodisalarni tushuntirishga tadbiq etdi. Lomonosov barcha moddalar qandaydir miqdordagi “elementlarni” o‘z ichiga olgan “korpuskulalardan” tashkil topgan deb hisobladi. Yuz yil o‘tgandan keyin bu atamalarni molekula va atom deb tushunish kerakligi ma’lum bo‘ldi. Mana, misol uchun Lomonosov, R.Boyl (1611) va undan mustaqil holda E.Mariott kashf etgan Boylp-Mariott qonunining to‘g‘riligini shunday isbotlaydi. Soddalik uchun, aytaylik, gaz tomonlari a, hajmi V=a 3 bo‘lgan kub shaklidagi * idishda joylashgan va gaz zarralari idish devorlariga tik holda harakatlanayotgan bo‘lsin. Lomonosov gaz bosimi, uning * Lomonosov sferik shaklidagi idishdagi gazni olib tekshirgan . zarralarini idish devorlariga urilishlari natijasi deb hisobladi. Agar kubning tomonlari ikki marta kichiklashsa, demak, mos holda idish hajmi V 1 = a 3 /8=V/8 bo‘lib qolsa, bosim qanday o‘zgaradi? Ma’lum bo‘lishicha, u sakkiz marta ortishi kerak: ikki marta –har bir zarracha bosib o‘tadigan idish devorlari orasidagi masofa ikki marta qisqargani uchun va tщrt marta idish devorlarining yuzasi to‘rt marta kamayishi hisobiga. Shunday qilib, gazning yangi bosimi p p 8 1 bo‘ladi. Demak, 1 1 V p pV . Bu Boyl-Mariott qonunining o‘zidir. O‘tgan yuz yillikning ikkinchi yarmida modda tuzilishi va xossalarining molekulyar-kinetik nazariyasi ko‘p mashhur fiziklar (J.Joul, R.Klauzius, J.K. Maksvell, L.Bolsman va boshqalar)ning ishlarida har tomonlama rivojlantirildi va fizika, ximiyaning ko‘p sohalariga tadbiq etildi. Molekulyar-kinetik nazariya to‘g‘riligining ekspremental sinovi Broun harakati, diffuziya jarayoni, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa hodisalarni tushuntirib berilishi bo‘ldi. 2. Molekulyar-kinetik nazariyaning fizika taraqqiyotidagi beqiyos roli shundan iboratki, u jismlardagi molekulalarning harakat xarakteri bilan u yoki bu yo‘sinda bog‘liq bo‘lgan fizik hodisalarni o‘rganishga yagona yondoshish imkonini berdi. Turli agregat holatlardagi jismlarning ko‘p xossalari gazlar, suyuqlar va qattiq jismlardagi atom va molekulalar harakat xarakteridagi tafovut bilan tushuntiriladi. O‘z navbatida, moddaning uch xil agregat holatlarida issiqlik harakatining xususiyatlari, molekulalar orasida o‘zaro tortishish va itarish kuchlari ta’sir etishi bilan bog‘liqdir. Molekulalar orasidagi o‘rtacha masofa qancha kichik bo‘lsa, bu kuchlar shuncha yuqori darajada o‘zini ko‘rsatadi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling