12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja
qonunlariga bo‘ysunadi desak, bunday ko‘p sondagi molekulalar
Download 0.76 Mb. Pdf ko'rish
|
12-MAVZU
qonunlariga bo‘ysunadi desak, bunday ko‘p sondagi molekulalar
harakatining differensial tenglamalar sistemasini amalda hatto yozish mumkin emas * . Ammo, bunday tenglamalar sistemasi yozilganda ham, ularning echimi haqida hech narsa deyish mumkin emas (hatto eng mukammal EHM lari yordamida ham). Shuning uchun jismning alohida molekulasi (yoki atomi)ning hatti-harakati, masalan uning traektoriyasi, vaziyatining o‘zgarish ketma-ketligi va tezligini klassik mexanika usullari bilan o‘rganib bo‘lmaydi, chunki ular vaqt o‘tishi bilan tasodifiy ravishda o‘zgaradi. 2. Juda ko‘p zarralardan tashkil topgan makroskopik sistemalarning fizik xossalari bir-birini o‘zaro to‘ldiruvchi ikki xil - statistik va termodinamik usullar bilan o‘rganiladi. Statistik usul ehtimolliklar nazariyasidan va o‘rganilayotgan sistema tuzilishining aniq modellaridan foydalanishga asoslangan. Koordinatalari va impulslari vaqtning har qanday momentida tasodifiy bo‘lgan ko‘p sonli zarralar umumiy hatti-harakatida o‘ziga xos statistik qonuniyatlar nomoyon bo‘ladi. Masalan, gazda molekulalar issiqlik harakat tezliklari va ular energiyalarining o‘rtacha qiymatlarini gaz temperaturasiga bir qiymatli bog‘lanishda aniqlash mumkin. Shuningdek, qattiq jism zarralarining o‘rtacha tebranma harakat energiyasini temperaturaga bog‘lanishini ham topish mumkin. Çarralar makroskopik sistemasining xossalari nafaqat zarralarning individual xususiyatlari, balki ularning birgalikdagi harakatining o‘ziga xosligi va zarralar dinamik * Buning uchun Yer yuzasidagi qog’ozlarni hammasi ham etmas edi! xarakteristikalarining o‘rtacha qiymatlari(o‘rtacha tezlik, o‘rtacha energiya va boshqalar) tufayli ham kelib chiqadi. Makroskopik sistemalar fizik xossalarini statistik usul yordamida o‘rganiladigan nazariy fizikaning bo‘limiga statistik fizika deyiladi. Sistemaning alohida zarrasi harakatini ifodalovchi dinamik qonuniyatlar bilan statistik qonuniyatlar orasidagi aloqa shundan iboratki, alohida zarraning harakat qonunlari butun sistema bo‘yicha o‘rtachalashtirilgangan keyin, u statistik usul bilan ifodalanuvchi zarralar sistemalarining xossalarini aniqlaydi. 3. Fizik hodisalarni tagqiqot qilishining statistik usulidan tashqari termodinamik usuli ham bor, bunda o‘rganilayotgan jismning ichki tuzilishiga va uning alohida zarrasining harakat xarakteriga e’tibor berilmaydi. Termodinamik usul sistemada sodir bo‘luvchi energiyaning turli xil aylanishlaridagi miqdoriy munosabatlarni va shart-sharoitni tahlil qilishga asoslangan. Energiyaning turli ko‘rinishlari orasidagi munosabatlar, tekshirilayotgan sistema qatnashayotgan turli xil jarayonlarda sistemalarning fizik xossalarini o‘rganishga imkon beradi. Makroskopik sistemaning fizik xossalarini termodinamik usul bilan o‘rganadigan nazariy fizikaning bo‘limiga termodinamika deyiladi. Termodinamika tajriba orqali o‘rnatilgan ikki qonunga - termodinamikaning birinchi va ikkinchi qonunlari, hamda Nernstning issiqlik haqidagi teoremasi yoki termodinamikaning uchinchi qonuniga tayanagi. Oxirgi qonunni qo‘llash, nisbatan uncha ko‘p bo‘lmagan masalalarni echish uchun zarurdir. Termodinamika qonunlari turli sharoitlardagi makroskopik sistemalarning fizik xossalari haqida ko‘pgina ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda o‘rganilayotgan sistemaning ichki tuzilishi va sistema jismlari tashkil topgan zarralarning harakat xarakteri haqidagi aniq tasavvurlardan foydalanish kerak emas. Termodinamikaning ustunligi ham mana shundadir. U fizikaning turli bo‘limlariga (masalan, molekulyar fizika, elektrodinamika va h.k.) taalluqli bo‘lgan hodisalarni o‘rganishga qo‘llanilishi mumkin. Moddaning ichki tuzilishi asosiy rolp o‘ynaydigan hodisalarni o‘rganishda termodinamika ojizlik qiladi. Download 0.76 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling