12-ma’ruza. Suyuqliklar mexanikasi elementlari. Reja


Termodinamik sistemalar. Termodinamik parametrlar va jarayonlar


Download 0.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana19.07.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1661208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
12-MAVZU

Termodinamik sistemalar. Termodinamik parametrlar va jarayonlar 
1. Termodinamik usullar bilan ko‘rilayotgan va fikran ajratilgan makroskopik 
sistemalar termodinamik sistemalar deyiladi. O‘rganilayotgan sistema tarkibiga 
kirmagan barcha jismlar tashqi jismlar yoki tashqi muhit deyiladi. Energiya va 
modda almashinuvi sistema ichidagi uning bo‘laklari o‘rtasida va shuningdek 
sistema bilan tashqi muhit orasida sodir bo‘lishi mumkin. Sistemani tashqi muhitdan 


izolyatsiya qilishning mumkin bo‘lgan usullariga qarab bir necha termodinamik 
sistemalarni farqlaydilar. 
Tashqi muhit bilan modda almashishi mumkin bo‘lgan termodinamik 
sistemaga ochiq sistema deyiladi. Bunday sistemalarga tipik misol qilib barcha tirik 
organizmlarni, hamda bug‘lanish va qaynash tufayli massasi uzluksiz kamayadigan 
suyuqlikni olish mumkin. Yopiq sistema tashqi muhit bilan modda almasha olmaydi. 
Biz bundan keyin kimyoviy tarkibi va massasi o‘zgarmaydigan yopiq sistemalarni 
ko‘rib o‘tamiz. 
Agar sistema tashqi muhit bilan energiya ham, modda ham almasha olmasa, 
bunday sistamaga izolyatsiyalangan (yakkalangan) termodinamik sistema deyiladi. 
Mexanik nuqtai nazardan yakkalangan, ya’ni ish bajarish yo‘li bilan energiya 
almashinuvi sodir qila olmaydigan sistemalarni yopiq termodinamik sistemalar 
deyiladi. Bunday sistemaga misol tariqasida, o‘zgarmas hajmli idishga qamalgan 
gaz xizmat qila oladi. Agar termodinamik sistema boshqa sistemalar bilan issiqlik 
almashinuv orqali energiya almasha olmasa, u adiabatik sistema deyiladi. Adiabatik 
sistemaga misol qilib, issiqlik o‘tkazmaydigan qobiq bilan o‘ralgan jismni (masalan, 
Dpyuar idishiga joylashgan gaz yoki suyuqlikni) olishimiz mumkin. Agar, biror 
jarayonda sistema holatining o‘zgarishi etarlicha katta tezlikda sodir bo‘lib 
(masalan, harakatlanuvchi porshenli silindrdagi gaz birdaniga qisilganda), sistema 
tashqi muhit bilan issiqlik almashishga ulgurmasa, u holda bunday sistemani 
taxminan adiabatik sistema deb hisoblash mumkin. 
2. Termodinamik sistema holatini ifodalash uchun xizmat qiluvchi fizik 
kattaliklar, termodinamik parametrlar (holat parametrlari) deyiladi. 
Termodinamik parametrlarga misol qilib, bosim, hajm, temperatura, 
kontsentratsiya va boshqalarni olish mumkin. Termodinamik parametrlar ikki xil 
bo‘ladi: ekstensiv va intensiv. Birincxilari, berilgan termodinamik sistemadagi 
modda miqdoriga proporsional, ikkinchilari esa sistemadagi modda miqdoriga 
bog‘liq emas. Eng sodda ekstensiv parametr sifatida sistema hajm V ni olishimiz 
mumkin. Sistema hajmini uning massasiga nisbatiga teng 

kattalik sistemaning 
solishtirma hajmi deyiladi. Bosim 
p
va temperatura T eng sodda intensiv 
parametrlardir. Bosim deb,
dS
dF
p
n

formula bilan aniqlanuvchi fizik kattalikka aytiladi. Bunda 
n
dF
jism sirtining 
dS
kichik yuzasiga tik ta’sir etuvchi kuchning moduli.


3. Agar bosim va solishtirma hajm tushunarli va sodda fizik ma’noga ega 
bo‘lsa, temperatura tushunchasi esa ancha murakkab va uni aniq tasavvur qilish 
qiyin. Avvalo shuni ta’kidlash kerakki, temperatura tushunchasi qat’iy qilib 
aytganda, faqat sistemaning muvozanat holati uchungina ma’noga ega
*
.
Muvozanatli holat deganda, tashqi sharoit doimiy bo‘lganda sistema 
parametrlarini o‘zgarmasligi va sistemada hech qanday oqimlarni (masalan, 
energiya va modda oqimi) yo‘qligi bilan xarakterlanadigan termodinamik 
sistemaning holati tushuniladi. 
Bu ta’rifdan shu narsa ayon bo‘ladiki, parametrlarning doimiyligi tashqi 
muhitda kechadigan hech qanday jarayonlar bilan bog‘liq emas. Boshqacha qilib 
aytganda muvozanatli holat shunday holatki, tashqi sharoit o‘zgarmas bo‘lganda 
termodinamik sistema oxir oqibatda unga o‘tadi va shu holatda istagancha uzoq vaqt 
qoladi. Muvozanatli holatda turgan termodinamik sistemaning hamma qismlarida 
temperatura bir xil bo‘ladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling