12-mavzu. Amir Temur davlatining yirik markazlashgan saltanatga aylanishi. Reja


Download 344.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana24.04.2023
Hajmi344.78 Kb.
#1393977
1   2   3
Bog'liq
12-ma\'ruza

Mavzu bayoni 


bunga rozi bo’ldi. Bu voqealar Amir Temurni 1388-yili Xorazmga yana yurishga 
majbur etdi. Temur Urganchni ishg’ol qildi va sufiylar sulolasini tugatdi. Shu 
vaqtdan buyon Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga, keyin esa Temuriylar davlati 
tarkibiga kirgan. Shunday qilib, Yettisuvdagi va Sirdaryo etaklaridagi yerlardan 
tashqari, Turkiston yerlarining hammasi Amir Temur qo’liga o’tdi. 
Amir Temurning harbiy yurishlari tarixda "uch yillik" (1386-1388) "besh 
yillik" (1392-1396) "etti yillik" (1399-1405) urushlar deb nom olgan. Temur 1381 
yilda Hirotga yurish qiladi. Bu davrda Hirotni kurdlar sulolasi boshqarar edi. 
Ularning hukmdori G’iyosiddin Pir Ali Temurga qattiq qarshilik ko’rsatmadi. 
Lekin 1383 yilda Hirotda qo’zg’olon ko’tarildi. Qo’zg’olon bostirildi va kurdlar 
sulolasi qulashi bilan sarbadorlarning so’nggi hokimi bo’lgan Ali Muayyod 
Ixtiyoriy suratda o’z yerlari va hokimiyatini Temurga topshirdi. XIV asrning 80-
yillar o’rtasiga ketib butun Xuroson Amir Temur ixtiyoriga o’tdi. "Uch yillik" 
urush davrida Amir Temur Ozarbayjon, Tabriz, Mozandaron, G’ilonni 
bo’ysundiradi. Shundan keyin u Kavkazga yurish boshlab. Tiflis, Arzirum va Van 
qal’asini egalladi. Shunday qulay payt kelganidan, ya’ni Amir Temurning 
Erondaligidan foydalangan To’xtamish Movaraunnahrga Qamariddin etakchiligida 
qo’shin yubordi. 
1388-yil yanvarida Amir Temurning qaytishini kutgan dushman orqaga 
qayta boshladi. Amir Temur amirlari Husayn, Shayx Ali Bahodir va boshqalarga 
dushmanni daf qilishni topshirdi. Ular Sirdaryo bo’yidagi Sarisuv degan joyda 
dushmanni quvib yetib unga katta talofat yetkazdilar. To’xtamish 1388-yil oxirida 
Amir Temurga qarshi qayta hujum boshladi. Amir Temur esa urushga tayyorlanish 
uchun Sagoron (Kattaqo’rg’on)da qarorgohini tikib, qo’shinlarini jangovar holatga 
keltirdi. Amir Temur dushmanning orqa tarafidan hujum qilish uchun Qo’ng’i 
o’g’lon, Temur Qutlug’ o’g’lon, Shayx Ali Bahodir qo’mondonligidagi 
qo’shinlarni yuboradi. Hujum muvaffaqiyatli bo’ldi. Dushman tor-mor etilib, 
To’xtamish zo’rg’a qochib qutuldi. 
1393-1394-yili Amir Temur Sheki (Ozarbayjonning shimoliy qismi)da 
turgan paytda To’xtamish Kavkazorti viloyatlariga hujum qildi. Amir Temur 
Shekidan chiqib Qura daryosi bo’ylab yurdi. Oltin O’rdaliklar Amir Temur 
qo’shinlari kelayotganini eshitib chekinishga majbur bo’ldilar. 1395-yil aprelida 
Amir Temur va To’xtamish o’rtasida urush harakatlari yana boshlanib ketdi. 
Jangning asosiy qismi o’ng qanotda bo’ldi. Ushbu qanotda mushkul vaziyat paydo 
bo’lgan. Amir Temur zahira qo’shin bilan jangga kirdi va dushmanni chekinishga 
majbur qildi. To’xtamish uchinchi jangdan keyin hokimiyatdan ajratdi. 
To’xtamish qo’shinining Terek daryosi bo’yida tor-mor etilishi va 1395 
yilda Saroy Berkaning xaroba qilinishi Oltin O’rdaga juda kuchli zarba bo’ldi. 
Shundan keyin u o’zini o’nglay olmadi. Amir Temurning bir mamlakatga qilgan 


yurishlari uning boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlari bilan ketma-ket 
borganligini urush voqealari ko’rsatib turadi. Amir Temur Ozarbayjonga bir necha 
marotaba hujum qilib bordi va 1387-yilda uni bo’ysundirishga muyassar bo’ldi. 
Armaniston va Gruziyani Amir Temur 1392 yilda bo’ysundiradi. Temurning uzoq 
Hindistonga yurishi 1398-yilda tamomlandi. 
Sohibqiron Amir Temurning harbiy mahorati shunda ediki, u o’z 
dushmanlarini erkin nafas olishga qo’ymagan. 1400-yilda Amir Temur qo’shinlari 
turk sultoni Boyazid I va Misr sultoni Faraj bilan kurash olib bordilar. 1402-yilda 
Amir Temur Anqara yonida Boyazid bilan ikkinchi marta to’qnashdi va uni tor-
mor etdi. 
Amir Temur o’z qo’shinlari bilan 1404-yilning oxirida Xitoyga qarab yo’lga 
chiqqandi. O’sha yili qish O’rta Osiyo tarixida eng qahraton qish bo’lgan. 
Sirdaryoning suvi 1 metrga muzlagan, askarlardan ko’pini quloq-burunlarini, qo’l-
oyoqlarini sovuq olgan edi. Amir Temurning o’zi - ham ko’p o’tmay shamollab 
qoladi. 1405-yil yanvar oyining o’rtalarida O’trorda to’xtashga qaror qilishadi va 
bu erda 18-fevral kuni buyuk jahongir Sohibqiron Amir Temur vafot etdi. 
Amir Temur 35 yil davomida harbiy yurishlar qiladi. Bu yurishlar natijasida 
u buyuk davlat tashkil qilishga erishdi. Uning tarkibiga Movaraunnahr, Xorazm, 
Kaspiy atrofidagi viloyatlar, hozirgi Afg’oniston, Eron, Turkiya, Hindiston, Iroq, 
janubiy Rossiya, Kavkaz va G’arbiy Osiyoning bir qator mamlakatlari kiradi. Amir 
Temurning muvaffaqiyatiga avvalo uning nodir harbiy iste’dodi sabab bo’ldi. Amir 
Temur qo’shinida qat’iy tartib va intizom o’rnatilgan edi. Har bir jang rejasini va 
barcha qismlar uchun yo’l-yo’riqlarni o’zi ishlab chiqardi. Uning harbiy iste’dodi 
Anqara yaqinida Sulton Boyazidga qarshi jangda ayniqsa yorqin namoyon bo’ldi. 
Armiyaning yuragini va qo’mondonlik o’zagini barlos urug’i vakillari tashkil 
etardi. Shu davr voqealarining shohidi bo’lganlarning guvohlik berishicha barloslar 
harbiy qo’nimsizlikka nihoyatda chidamli, yoydan o’q uzishga juda usta, o’z 
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo’lganlar. Mustaqillik sharofati hamda 
Respublikamizning birinchi Prezidenti I.Karimov tashabbusi bilan sovetlar davrida 
unut bo’lgan buyuk Sohibqironning pok nomi qayta tiklandi. Tarixiy adolat qaror 
topib, 1996 yili Sohibqironning 660 yillik tavallud yoshi butun jahonda keng 
miqyosda nishonlandi. 

Download 344.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling