12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja


III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar


Download 280.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet12/21
Sana02.01.2022
Hajmi280.21 Kb.
#199163
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

III. Isbotlash usuli (demonstratsiya) bilan bog‘liq xatolar

1. 


«Yolg‘on  (soxta)  isbotlash».  Agar  tezis  uni  isbotlash  uchun  keltirilgan 

argumentlardan bevosita kelib chiqmasa, mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. Bunda tezisga aloqador 

bo‘lmagan  argumentlarga  asoslaniladi.  Masalan,  «A  shaxs  yomon  odam»,  degan  tezis  «Tunda 

yomon  odamlargina  ko‘chada  yuradi»,  «A  shaxs  ko‘chada  tunda  yuribdi»  degan  argumentlar 

bilan asoslansa, fikr yuzaki (soxta) isbotlangan bo‘ladi. 

2. 


Shartlangan  fikrdan  shartlanmagan  fikrga  o‘tish.  Muayyan  vaqt,  munosabat 

doirasida  chin  bo‘lgan  (shartlangan)  fikrni,  doimiy,  o‘zgarmas  chin  fikr  deb  qabul  qilish 

natijasida mantiqiy xatoga yo‘l qo‘yiladi. 

3. 


Xulosa chiqarish qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq bo‘lgan xatolar: 

a)   deduktiv  xulosa  chiqarishda  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  mantiqiy  xatolar.  Bu  haqda 

deduktiv xulosa chiqarish mavzusida batafsil ma’lumot berilgan

b)   induktiv  xulosa  chiqarishda  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  mantiqiy  xatolar.  Bular 

«shoshib umumlashtirish» va «undan keyin, demak, shuning uchun», deb ataluvchi xatoliklardir. 

Masalan,  bir-ikki  talabaning  darsga  mas’uliyatsizlik  bilan  munosabatda  bo‘lishini 

umumlashtirib, «hamma talabalar mas’uliyatsiz», deb ta’kidlash xatodir; 

v)   analogiyada  uchrashi  mumkin  bo‘lgan  mantiqiy  xatolar.  Bular  «yolg‘on  analogiya» 

bilan  bog‘liq  xatolardir.  Unda  tasodifiy  belgining  zaruriy  deb  olinishi,  faqat  birgina  o‘xshash 

belgiga  asoslanishi  yoki  mutlaqo  taqqoslab  bo‘lmaydigan  hodisalarning  o‘zaro  taqqoslanishi 

natijasida fikrda chalkashliklar yuzaga keladi. 

Mantiqiy xatolar tafakkur qonunlarini buzish, xulosa chiqarish qoidalariga amal qilmaslik 

natijasida  yuzaga  keladi.  Mantiq  tarixida  isbotlash  jarayonida  ataylab  (qasddan)  xatoga  yo‘l 

qo‘yuvchilar  –  sofistlar,  ularning  ta’limoti  esa  sofizm  (grek.  –  ayyorlik)  deb  ataladi.  Fikr 

yuritish  jarayonida  bilmasdan  mantiqiy  xatoga  yo‘l  qo‘yilsa,  paralogizm  deyiladi.  Chinligini 

ham, xatoligini ham birday isbotlash mumkin bo‘lgan fikrlar esa paradoks deb ataladi. 




Download 280.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling