12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja
Download 280.21 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
savollarga bo‘linadi. Asosi chin va ziddiyatsiz bilimdan iborat bo‘lgan savol to‘g‘ri bo‘ladi.
Noto‘g‘ri (o‘rinsiz) savolning asosi yolg‘on, zidddiyatli yoki ma’nosiz hukmdan iborat bo‘ladi. Bunday savollarga javob berib bo‘lmaydi. Strukturasiga ko‘ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida boshqa savol bo‘lmasa, oddiy savol, bo‘lsa – murakkab savol deb yuritiladi. Masala – savolning alohida bir turi bO‘lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o‘zgartirishni, yetishmayotgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishni muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo‘lmaganlarini chiqarib tashlashni taqoza etadi. Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma’lum bir qoidalarga rioya etish zarur: 1. Savol o‘rinli bo‘lishi va til talablariga javob berishi kerak. 2. Savol qisqa va ravshan holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak.Uzun va chalkash savollar tushunish va javob berishda qiyinchilik tug‘diradi. 3. Savol aniq bo‘lishi, ya’ni unda javob berish uchun zarur bo‘lgan vaqt, xolat va kontekst ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. 4. Savol imkon darajada oddiy tuzilishga ega bo‘lishi, murakkab tuzilgan savollar bir necha oddiy savollarga ajratilishi zarur. 5. Murakkab ayiruvchi savollarda muqobil xolatlar to‘liq ko‘rsatilishi javobning aniq bo‘lishi uchun muhimdir. 6. Savolning asosi (bazisi) chin hukmlardan iborat bo‘lishi kerak. Javob – predmet haqidagi avvalgi bilimni qo‘yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan yangi hukmdan iborat. U savolning asosini tashkil etuvchi
bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Javobning mohiyatini savolda mavjud bO‘lgan noaniqlikni kamaytirish tashkil etadi. Savolga javob qidirish davomida, odatda bilimlarning konkret sohalariga murojaat qilinadi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha turlari: bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita javoblar, to‘liq va to‘liqsiz javoblar, chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi. Download 280.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling