12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja


Download 280.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/21
Sana02.01.2022
Hajmi280.21 Kb.
#199163
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari

Bevosita  (to‘g‘ri)  javob  -  savolda  ko‘rsatilgan  noma’lum  sohaga  taalluqli  mulohazalar 

to‘plamidan iborat.  



Bilvosita  javob-javobni  qidirish  sohasidan  chetga  chikib,  qo‘shimcha  ma’lumotlarga 

murojaat qilish asosida hosil qilinadigan mulohazalar to‘plamidan iborat bo‘lib, bevosita (to‘g‘ri) 

javob ulardan hulosa chiqarish yo‘li bilan hosil ilinadi.  

To‘liq  va  to‘liqsiz  javoblar  javobda  beriladigan  ma’lumotlar  miqdori  bo‘yicha  fark 

qilinadi.  To‘liq  javob  -  o‘zida  savolning  barcha  elementlari  (qismlari)  haqida  ma’lumotlarni 

mujassamlashtirgan  mulohazalar  to‘plamidir.  To‘liqsiz  javob-savolni  tashkil  etuvchi 

elementlarning bir qismi haqidagina ma’lumotni ifoda etgan mulohazalardan iborat.  

Mantiqiy  qiymati  bo‘yicha,  ya’ni  borliqqa  munosabatiga  ko‘ra  chin  va  xato  javoblar 

farq  qilinishi  mumkin.  Agar  javobda  ifodalangan  fikr-mulohazalar  borliqqa  muvofiq  kelsa,  uni 

adekvat  xolda aks  ettirsa, u chin  javob, va  aksincha, borliqqa muvofiq  kelmasa, adekvat  tarzda 

aks ettirmasa, bu xato javob bo‘ladi.  

Grammatik shakliga ko‘ra javoblar qisqa yoki  batafsil bo‘ladi. Qisqa javob  "xa"  yoki 

"yo‘q"  tarzida  beriladigan  tasdik  yoki  inkor  shaklidagi  bitta  so‘zdan  iborat.  Batafsil  javob 

savolning har bir elementi takrorlanadigan  muloxazadir.  

Javobning  aniq  yoki  noaniq  bo‘lishi  savolning  sifatiga,  uning  mantiqiy  strukturasiga 

bog‘liq.  Ma’lumki,  savol  va  javob  mantiqan  bog‘langan  bo‘ladi,  ya’ni  javobning  mazmuni 

ko‘yilgan  savolning  sifatiga  bog‘liq.  Ana  shuning  uchun  ham  muloqatda  "savoliga  yarasha 

javob" degan qoida amal qiladi. Noaniq, ko‘p ma’noli savollarga aniq javob olish kiyin. 

Aniq  javob  -  mantiqan  to‘g‘ri  qo‘yilgan  savolga  bildiriladigan  mulohazadan  iborat 

bo‘lib,  unda  ishlatilayotgan  tushunchalar,  so‘zlarning  mazmuni  va  ma’nosi  konkret  va  ravshan 

bo‘ladi.  Noaniq  javobni  ifoda  etuvchi  mulohazalar  ikki  xil  ma’noli  tushunchalar,  so‘zlarni 

ishlatish natijasida hosil bo‘ladi. Javob to‘g‘ri bo‘lishi uchun ma’lum bir metodologik talablarga 

rioya qilish zarur. Ular quyidagilardir: 

1.  Javob aniq, ravshan va iloji boricha ixcham bo‘lishi shart. 

2.  Javob mantiqan ziddiyatsiz bo‘lishi zarur. 

3.  Javob yetarli darajada asoslangan bo‘lishi kerak. 

4.  Javob savoldagi noaniqlikni kamaytirishi, iloji boricha to‘liqroq ma’lumotlarni berishi 

zarur. 


5.  Noo‘rin qo‘yilgan savolga berilgan javobda shu noo‘rinlik ko‘rsatilishi zarur. 

6.  Murakkab ayiruvchi savolga javob berganda tarkibidagi faqat bir savolga javob berish 

yetarli bo‘lsa, qo‘shuvchi savolga javob berganda tarkibidagi hamma savollarga javob 

berish zarur.  

Yuqoridagi  ko‘rsatmalar bilim olish, shaxsiy va  ijtimoiy munosabatlarni   to‘g‘ri tashkil 

qilish uchun muloqot olib borishda nihoyatda ahamiyatlidir. 




Download 280.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling