bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini
ochishga imkon bergani uchun ilmiy nazariyani qurish uchun hisoblanadi. Isbotlangach, bunday
gipotezalar nazariyalarga aylanadi va ilmiy tadqiqotlarning maqsadli yo‘nalishlarini belgilab
beradilar.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi,
xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Mantiqda ishchi gipotezalar ham
farq qilinadi.
Ishchi gipoteza tadqiqotning dastlabki bosqichida ilgari suriladigan taxmin bo‘lib, o‘z
oldiga o‘rganilayotgan hodisaning sababini aniqlashni maqsad qilib qo‘ymaydi; u faqat kuzatish
va eksperiment natijalarini tasvirlashga, tartibga solishga yordam beradi.
Shunday qilib, gipoteza fikrlarimizning qurilishi, bilimlarimizning mavjud bo‘lish va
rivojlanish shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: