12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari Reja
Download 280.21 Kb. Pdf ko'rish
|
12-mavzu Argumentlash va bilimlar taraqqiyotining mantiqiy shakllari
Savol va javob, ularning turlari
Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi eng asosiy vositalardan biri - savol-javob (dialog)dir. Savol-javobni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushunchalarning shakllanishiga, mulohazalarini to‘g‘ri qurishga va xulosa chiqarishga o‘rgatadi. Savol-javob, dialog erotematik (grek. Erotematikos – savol shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning o‘ziga xos alohida ko‘rinishidir. Savol berish ya’ni fikrni to‘g‘ri javobga yo‘naltirish san’ati - tafakkurlash madaniyatining zaruriy elementidir. Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik, farosatlilikning muhim belgisidir. Inson bilimi predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlardan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi. Savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun hukmni ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Hukmning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy hususiyatlarga ega: 1. Savolda ma’lum bir boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi. 2. Savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi. 3. Savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish extiyoji o‘z ifodasini topadi. Ana shundan kelib chiqib, savol bilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo‘qotish hamda aniqroq va to‘laroq bilimlar hosil qilishga bo‘lgan extiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir deb aytishimiz mumkin. Savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga, (datum questions) bazasiga ega. Savolning asosini unda mujassamlangan bilim, axborot tashkil etadi. Savol va javob insonlarning dialog ko‘rinishidagi muloqat shaklidir.Uning muhim funksiyalaridan biri kommunikativlikdir. Axborotni qidirish vositasi sifatida ham savolning ahamiyati beqiyosdir. Savol bo‘lmasa bilish ham bo‘lmaydi. Savollarni har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘lish mumkin. Noma’lum narsani aniqlash usuliga ko‘ra aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollar farqlanadi. Masalan, “Sen o‘qishni bilasanmi?”-degan savol aniqlovchi, “Sen qaysi qo‘shiqni kuylamoqchisan?”-degan savol to‘ldiruvchi savoldir. Savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri (o‘rinli) va noto‘g‘ri (o‘rinsiz) qo‘yilgan
Download 280.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling